Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet78/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Var, vara — «qal'a», «istehkom», «mustahkamlangan shahar, qishloq», «devor bilan o’ralgan joy» ma'nosida toponimlar tarkibida nchraydigan atama (sug’dcha). Eronshunos M.N. Bogolytibov Xorazm toponimining ma'nosini «yaxshi mustahkamlangan istehkomlari, sha-harlari bo’Igan va atrofi devorlar bilan o’ralgan mamlakat» deb izohlay-di (hu — yaxshi, vara - istehkom, zam - o’lka).
Vaqf — joy nomlari tarkibida uchraydigan yoki mustaqil ravishda toponim hosil qiladigan ijtimoiy atama. Vaqf so’zi arabcha bo’lib «vasiyat qilingan, inoyat qilingan, bag’ishlangan» ma'nosini anglata-di. o’rta asrlarda va undan keyin ham katta-katta yerlar, do’konlar, hunarmandchilik rastalari, tegirmonlar, hammomlar, objuvozlar va
boshqa mulklar masjid-madrasalarga, musofirxona-shifoxonlarga (xona-qohlarga) vasiyat qilib berilgan, ya'ni vaqf qilingan, ulardan olingan daromadlar shu muassasalarning ehtiyojlariga sarflangan. Respublika-miz toponimiyasini o’rganishda vaqf hujjatlarining ahamiyati katta. Bunday hujjatlarda vaqf qilingan yerlarning chegaralari aniq ko’rsatilgan va qo’shni qishloqlar va ariq-kanallar sanab o’tilgan.
o’zbekistonda, xususan, Zarafshon vodiysida Burqut Vaqf, Vaqf, Vaqbi Gijbak, Vaqfi Qo’rg’on, Eski Vaqf, Vaxim, Voxim, Voqim kabi toponimiar bor; Qo’qon shahridagi Vaqmchorsi mahallasi nomi ham vaqf so’zidan kelib chiqqan.
Vodiy — «togiar orasidan oqadigan soylik», «obod voha» ma'nolaridagi geografik atama. Bu atama asli arabcha (vad, vodiy) bo’lib, Shimoliy Afrikada «vaqt-bavaqt suv bo’ladigan yoki umuman suvsiz qaqrab yotgan o'zan», «uzunasiga cho’zilgan soylik», «mavsumiy oqqan suv», ba'zan «daryo» ma'nolarini anglatadi.
Gaza — tog’ tepasi, tog’ qirrasi (to'g gaza — «togk tepasi», och gaza — tog’ qirrasining pastroq, kemtik joyi, adir-gazalar — «tog’-adirlar’). Bu atama o’zbekistonda bir qancha toponimlar tarkibida uchraydi: Gazoi Kalon — Turkiston tizmasidagi cho’qqilardan biri (Zomin tumani); Janubiy o’zbekistonda Gaza degan qishloq, Ko’kgaza, Qizilgaza, Qoraqulgaza degan dovonlar bor. Movarrounnahrda lskandar Zulqarnaynga qattiq qarshilik ko’rsatgan yettita qal'aning biri Gaza deb atalgan (Tojikistonning Xo’jand viloyatida Nov va Shahris-ton qishloqlari orasidagi tog’lik joy).
Bundan tashqari, ilgarilari baland tog’ tepalarida ovchi qushlar ushlash «gaza tutish» deyilgan. Tojikcha koza ~ «ehayla, kapa» so’zi o’zbekchada gaza bo’lib ketgan. Gaza so’zidan tarkib topgan toponim-larning ayrimlari shunday ov jarayonini bildirgan so’zdan tarkib topgan bo’lishi mumkin.
Samarqand vilotida bir dovon Turpagaza deb, Ohangaron havza-sida soy (Namangan viloyati Pop tumani) Gazaxona. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi qishloq Gazaqishloq deb ataladi (gaza — dafalar o’rtasidagi qirlar, tepaliklar. B. Jurayev, «Ynqori Qashqadaryo», Toshkent, 1964, 127-bet). (Gaza — ovchilarning, xu-susan ov qushlari tutadigan ovchilarning yashirinadigan joyi, chay-la, «Badoi al-lug’at». M., 1961, 229-bet).
Guzar — tog’ yo’li, daryodan kechib o’tiladigan joy (kechik), ko’cha, Samarqand va Buxoro shaharlarida «mahalla», boshqa joylarda shahar-qishloqning «gavjum qismi» (tojikcha guzashtan «o'tmoq», «kesib o'tmoq», «kechib o’tmoq» fe'lidan). o’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg’onistonda mustaqil holda yoki boshqa so’zIar bilan birga toponimlar hosil qilgan.
Gul — chechak. Har bir so’z o’z oldiga bir dunyo. So’z ham har qanday mavjudot singari tug’iladi, kamol va fano topadi, goho bir necha ming yillik umr kechirib bir o’lkadan boshqa yurtga, bir tildan boshqa tilga ko’chib, uzoq yo’lni bosib o’tadi. Zamon gardishi bilan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar ta'sirida hamda o’zga tillar muhitida o’z qiyofasini shu qadar o’zgartiradiki, awalgi shakli kishi-lar xotirasidan o’chib, unutilib ketadi.
Gul ana shunday so’zlardan biri.
Otashparastlarning muqaddas kitobi «Avesto»da qizil atirgul varedzha, qadimgi hind tili — sanskritda esa vardhate deb atalgan. Bu so’zning birinchi qismi, ya'ni vard tojik va o’zbek mumtoz adabiyo-tida, jumladan, Alisher Navoiy asarlarida vard shaklida (atirgul ma'nOsida) uchraydi.
Endi vard so’zining gul shaklini olishi haqida. Eski eroniy tillar mutaxassisi adib Muhsin Umarzoda fikricha dastlab r tovushi 1 to-vushiga aylangan va milodning ilk asrlarida vard so’zi val shaklini olgan (d tovushi tushib qolgan). Keyinchalik vel, nihoyat vul deb talaffuz qilinadigan bo’lgan. Vul so’zidagi v tovushining g tovushiga aylanishi ham o’sha davrlarda ro’y bergan. Shunday qilib vard so’zi gul bo’lib ketgan va turkiy tillardagi chechak so’zini surib chiqargan.
Ruscha roza (atirgul) so’zi ham o’sha Avestodagi «varedzha» so’zining lotin tilidagi talaffuzi oqibati. Dastlab «va» qismi tushib qolib «rodzha» shaklini olgan, keyinchalik «roza» deb talaffuz qilina-digan bo’lgan. Arabcha «ravza» (guliston) so’zi ham o’sha «rodzha’ kalimasidan kelib chiqqan. Buyuk kishilarning qabrlari ham «ravza» (gulzor, guliston) deb ataladi.
Gul so’zining ibtidoiy shakli toponimlarda mixlanib qolgan. Ma-salan, qadimda podsholarning qarorgohi «vardani», «vardona», «var-donzi» (gulxona, gulzor) deb atalgan. Shofirkon tumanidagi Vardon-zi xarobasi shu kishvarning oxirgi hokimi Vardonxudotning qarorgohi,
(Vard - qizil atirgul, — «on» ko’plik qo’shichasi, ze, zi — yer, zamin).
Gul toponimlar tarkibida eng ko’p uchraydigan so’zlardandir (Gulzor, Guliston, Gulbog’, Chamangul va hokazo).

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish