Masafalari raajmuidan bahs etadi


Belas — qirsimon balandlik. Zomin tumanida Belasadir, Belasmo-



Download 4,7 Mb.
bet75/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Belas — qirsimon balandlik. Zomin tumanida Belasadir, Belasmo-zor, Dehqonobod tumanida Belassirt degan joylar bor (sirt - be-lasdan ko4ra yirikroq balandlik, Qirg’izistonda tog’lardagi usti yassi
qirlar).
Beshkub! — xitoyyuzi (xitoyizi) urug’ining bir tarmog’i. Zomin, Pastdarg’om, Bulung’ur tumanlarida Beshkubi degan qishloqlar bor.
173
Biyobon ~ suvsiz cho'1, sahro. Forscha-tojikcha be- (old qo’shimcha) biron narsaning mavjud emasligini bildiradi, ob — suv, -on toponim hosil qiluvchi qo’shimcha; biyobon (beobon) «suvsiz (joy)» degani. Bu atamadan tarkib topgan toponimlar o’bekistonda, Tojikistonda, Eronda, Hindistonda, Afg’onistonda va Kavkazda uchraydi.
Bomrchi — Chingizxon davrida ta'sis qilingan saroy amallaridan biri, aniqrog’i oziq-ovqat va ichimlik mutasaddisi. Keyinchalik u (oziq-ovqat tayyorlash, tatib ko’rish va tortish uchun mas'ul amaldor) bakovul deb atalgan. Qarshi tumanida Bovurchi qishlog’i qayd qilin-gan. Bu so'z etnonimga ham aylangan.
Bodiya (arabcha) — cho'l, sahro, dasht. Alisher Navoiy asarla-rida, "Boburnoma"da va boshqa tarixiy asarlarda ko’p uchraydi. Na-voiy viloyatidagi Karmana shahrining qadimiy nomlarida biri Bodiyai Xurdak bo’Igan. Narshaxiyning "Buxoro tarixi"da, V.V. Bartold asar-Iarida bu nom «ko'zacha’ deb izohlangan. Haqiqatan ham bodiya so’zining bir ma'nosi "ko’za", "qumg’on" demakdir. Aslida Bodiyai Xurdak "kichik cho'l", "kichkina dasht" ma'nosini anglatadi. Joy nomlari uy-ro’zg’or asboblari nomlaridan ko’ra ko’proq tabiiy ge-ografik atamalar bilan ataladi. Eronda Sarobbodiya degan cho’l bor.
Bedav (uchqur ot) so’zi bodiya atamasidan yasalgan badaviy "sahroyi" sifatidan kdib chiqqan.
Bektemir — kenagas qabilasining kichik bir urug’i. Toshkent shahrining bir qismi, tuman markazi, o’rta Chirchiq, Kitob tuman-iaridagi bir necha qishloq Bektemir deb ataladi. Turkmanlarning chovdur qabilasi tarkibida ham bektemir degan urug’ bor.
Bel — ko’pgina turkiy tillarda «past tog'», ‘tog' tizmasining pasaygan joyi’, «dovon» ma'nolarida joy nomlari tarkibida uchraydi.
Aslida bet (turkiy), dovon (mo’g’uIcha), aqba (arabcha), koial (forscha-tojikcha), oshuv (turkiy) atamalari ma'nodosh bo’lib, «tog’dan oshib o’tiladigan qulay yo'I» ma'nosini anglatadi.
Beshbola — o’zbeklarning qovchin, kenagas, qo’ng’irot, yuz qa-bilalari tarkibiga kirgan urug’. Bulung’ur, Pastdarg^om, Farg’ona tu-manlarida Besbbola degan qtshloqlar bor.
Qirg’izlarning kesek, tinimseyit qabilaiari tarkibida, shuningdek, qoraqalpoqlar tarkibida ham beshbola urug’i qayd qilingan.
Efeshog’och — o’zbeklaming qo4ng’irot qabilasi taiicibiga kirgan
urug’. Toshkentning 4 dahasidan biri Beshog’och deb yuritilgan. Qashqadaryo viloyatida Beshog’och degan qishloq bor.
Boyovut — Respublikamiz hududida qadimdan yashab kelgan urug’lardan biri. Rashid ad-dinning «Jome ut-tavorix», Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida Chingizxon qo’shinlari bilan birga kelgan qabilalar orasida ham boyovut urug’i tilga olingan. Bo-yovut «boy», to’g’rirog’i «boylar» demak. Qozoqlaming arg’in qabi-lasi tarkibida ham bayaut urug’i qayd qilingan. Ba'zi bir olimlar (masalan, boshqird olimi R.G. Kuzeyev) boyovut bilan bayot aslida bir qabila deb hisoblaydi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish