Bo’gajil (bo’g’ajili) - etnonim bo’lib, achamayli, vahtamg’ali, kenagas, g’ozoyoqli qabilalar tarkibidagi urug’. Oqdaryo, Kitob, Boysun tumanlarida Bo’gajili qishloqlari bor.
Bo’ktar - tog’ etagi, tog’ oldi. «Devonu lug’otit turk»da «bo'ktir - tog’lardagi baland-pastlik yer». Qirg’iz tilida bo’kto’r - «tog’ ol-didagi tepaliklar». Zomin tumanida Bo’ktaryul («Tog’ etagidan o’tgan yo'l») degan toponim bor. Qozoq tilidagi bo’kter ham o’sha ma'noda. Bunga qozoq olimi g’. Qo’nqashpayev Omonbo’kter degan topon-imni misol qilib keltiradi.
Bo’m, boVm — dara, daradan o’tgan yo'l, darband. Bu so’z asli mo’g’ulcha bo’lib, bofo’ «yo'lni to’sib qo'ymoq», «qarshilik qilmoq» fe'Iidan kelib chiqqan. Sibirda toponimlar tarkibida ayniqsa keng tarqal-gan bu atama turii ma'nolarda o’rta Osiyoda, xususan, Qirg’izistonda, shuningdek, o’zbekiston, hatto Eronda ham qayd qilingan. Sibirda, xustisan, Togii Oltoy avtonom oblasti hududida uchraydigan Ar-Boom, Ak-Boom, Bert-Boom, Kok-Boom, Koo-Boom, Uzun-Boom kabi toponimlar tarkibidagi boom (bo’o’m) komponentini oltoyshunoslar «qoya» deb izohlagan. Demak, bo’m (bo’o’m) so’zining asosiy ma'nosi «tor tog’ darasi» bo’Isa ham, u yana «tik tumshuq», «tor vodiy», «baland qoya» degan tushunchalarni anglatadi.
Qirg’izstondagi To’qmoq shahri bilan Issiqkoi orasida, Chuy daryosi oqib o’tadigan tor Bo’o’m darasi ayniqsa mashhur. Qashqa-daryo viloyatida Bo’m nomli mikroobyektlar, tik qoyali tor daralar uchraydi. Eronda bo’m atamasi tog’li hududlarda «chegara», «hudud», «zamiiTb, «aholi punkti» ma'nolarini anglatadi.
Bo’ri — etnonim (totem — qabila-urug’ning muqaddas jonivori). Zarafshon vodiysidagi qipchoqlarning bo (ri degan urug’i bo’lgan. Qirg’izlarning adigine va aziq qabilalari tarkibida ham bo’ri urug’i qayd qilingan. Bo’ri so’zidan tarkib topgan toponimlarning etnoto-ponim yoki zootoponim ekanini aniqlash oson emas. Bo’risoy bo’lsa zootoponim, Bo’rlqishloq bo’lsa etnotoponim sanaladi.
Bo’ston (bog’i-bo’ston) - gullab-yashnagan bog’. Uning «poliz» ma'nosi ham bor. Asli forscha-tojikcha boYiston «hidlar maskani^, «muattar o'lka» degani. Bu atamadan tarkib topgan toponimlar Sharqiy Turkistondan Eron va Hindistongacha, Kavkazdan Ozarbayjon va Gruziyagacha tarqalgan,
Biroq Farg’ona vodiysida qirg’izning bo’sto’n unig’i nomi bilan atal-gan toponimlar anchagina uchraydi. Bo’sto’n-bo’ston (bo’z to’nli) umumturkiy etnonim sanaladi. Qozoq, ozarbayjon va o’zbeklar orasida toponimga aylangan. Toshkent viloyatidagi Bo’stonliq toponimi ham bo 'ston urug’i nomi bilan atalgan bo’lishi mumkin: bunda -lik suffiksi etnonimga qo’shilib toponim yasaydi: Chimboylik, Boltalik. Bobur ming qabilasi vakilini minglig’ deb atagan. Bo’stonliq tumanida qozoqlar ham yashaydi. Bo’stonliqni qozoqlar Bo’standiq deyishadi. Qozog’istonning Jambil va Ko’kchatov oblastlarida Bostando’k degan toponimlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |