Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet73/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Band — o’zbekiston va Tojikistonda joy nomlari tarkibida uchray-digan atama. Bir necha ma'noda keladi: 1) bandi ob — to’g’on (Abdullaxon bandi, Xonbandi); 2) bandi reg — qum to’sig’i, ko’chma qum yo’lidagi har xil to’siqlar; 3) bandi mufsidon ~ fitnachilar, qo’zg’oIonchilardan saqlanish uchun qurilgan g’ov, devor.
Band, awalo, irrigatsion atama; tog’ daralariga qurilgan qadimiy gidrotexnik inshoot band deyilgan. Masalan, X asrda hozirgi Forish tumanida Pasttog’ darasiga toshdan qurilgan to’g’on Xonbandi. Jom qishlog’i yaqinidagi suv omborining to’g’oni (XII asr) g’ishtband. Qo’shrabot tumanida bunyod etilgan (1557-1598) Abdullaxon bandi ana shular jumlasidan. Daryolarga qurilgan har qanday to’g’on ham band deyilgan.
Navoiy shahri yaqinida Zarafshon bo’yida Band nomli qishloq bor.
Baraq ~ o’zbeklarning qatag’on, qo’ng’irot, turkman qabilalari tarkibidagi urug’. Qozoqlarning jaloyir, jetiruv, alimuli qabilalari, turkmanlarning go’klen, yo’mut qabilalari, qirg’izlarning adigine, sayaq qabilalari tarkibida ham baraq urug’i qayd qilingan,
Nurota, Xatirchi tumanlarida Baraq, Ishtixon tumanida Baraq-qishloq qishloqlari bor.
Barlos — o’zbek qabilalaridan biri. Barloslar Respublika hududida ko’chmanchi o’zbeklardan (XV-XVI asrlardan) oldin yashab kelgan qabilalardan biridir. Hozirgi paytda barloslarning avlodlari Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida yashay-di. Barios so’zi Xiva xoni Abulg’ozi Bahodirxon fikricha «qo'mondon», Alisher Navoiy asarlariga yozilgan «Badoye ul-lug’at»ga ko’ra «ba-hodir» degan ma'noni bildiradi.
Bulung’ur, Baxmal, Sariosiyo tumanlarida Barlos, Sariosiyo tu-manida Barlosguzar, Kasbi, Chiroqchi tumanlarida Barlosto’p nomli
qishloqlar mavjud.
Baroz, baraz - qirlarning yassi tepasi. Eroncha so’z. Eroniy tillar tarkibiga kiradigan osetin tilida ham barz so’zining bir ma'nosi «ba-landlik’ degani. Eronshunoslar ban so’zini sug’diycha deb biladi. Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi Varziminor toponimini «ba-land minora’ deb izohlaydilar. Qadimgi arman tilida yassi togiik barzarvandan deyilgan (arman tili leksikasida eroniy so’zlar ko’p). Baroz soczining «dovon» ma'nosi ham bo’lishi mumkin. Zomin tu-manida To’pchiboybaraz, Kattabaraz, Kichikbaraz kabi toponimlar bor. Eroniy tillardan bo’lgan shug’non tilida bar — «tog’ yonbag’ri» ma'nosini anglatadi. Tog’li Badaxshon muxtor viloyatidagi Yuqori Xorug’ toponimini shug’nonlar Bar-Harag deyishadi. Eronda Baroz-ar-ruz degan kanal bor.
Batash, batosh — o’zbek qabilalaridan biri. Ular Qashqadaryo viloyatining Qarshi, g’uzot, Surxondaryo viloyatining Sho’rchi, Qltinsoy tumanlarida, shuningdek, Buxoro viloyatining ayrim hudud-
larida yashagan.
Yakkabog’, Qarshi, Sho’rchi, g’uzor tumanlarida Batash (Ba-tosh), Odokbatash, Bevabatash, Bo’ribatash, Sariqbatosh, Yakkaog’ochbatash nomli qishloqlar, Qamashi tumanida Batasbariq
d egan ariq bor. o’zbeklar tarkibiga kirgan manlarda batash urug’i qayd qilingan.
Baxshi - 1) badihago’y oqin, shoir; 2) 3) Buxoro xonligida qurilish uchun belgilangan kitobini yurituvchi lavozim egasi.
Baxshi so’zi sanskritcha bxikshu «budda qalandari» so’zidan kelib chiqqan. Mo’g’uIlar davrida baxshi deganda «mirzo, kotib, katta amaldor» tushunilgan. 1920 yilda Kalkuttada bosilgan chig’atoycha lug’atda baxshi so’ziga «noib, jarroh, nozir, ovchi» deb izoh berilgan. Qo’ng’irot qabilasining bir bo’g’ini, taka turkmanlarning bir urugM baxshi deb ataladi.
Demak, bu so’zdan tarkib topgan toponimlar qaysi davrda nima uchun shunday atalganiga qarab turli ma'nolarni anglatgan. Xoja Ahror-ning vaqf hujjatlarida Samarqand yaqinida Baxshikent degan kanal tilga olingan. Sho’rchi tumanida Baxshitepa qishlog’i bor.
Bashat - suvi uzoqqa oqib bormasdan yerga singib ketadigan kichik buloq. Bunday buloq tosh bashat ham deyiladi. Namangan viloyatida, ayniqsa Qirg’iziston Respublikasi o’sh vUoyatida bunday mikrotoponimlar ko’p uchraydi. Ba'zi bir joylarda, masalan, Janu-biy Qozog’istonda bunday kichik buloqlar mashat deyiladi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish