Masafalari raajmuidan bahs etadi


Gum — chuqurlik, jarlik. Gumbuloq



Download 4,7 Mb.
bet79/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Gum chuqurlik, jarlik. Gumbuloq (Dehqonobod tumani), Gnm-soy (g’allaorol, Zomin tumanlari) toponimlari tarkibidagi gum so’zi «chuqurlik», «tevarak-atrofga nisbatan pastroq» ma'nosini bildiradi.
Guiubaz, Gunbaz, Gunbad (Eronda Gumbez, Gumbed) — qub-bali bino, sag’ana, ibodatxona, sardoba (toza suv saqlanadigan sar-dobalar ustiga gumbaz qurilgani uchun gumbaz deb ham atalgan). Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqalpoqlarning bir urug’i gum-baz deb atalgan. Gumbaz degan toponimlar o’rta Osiyoda, Eron va Afg’onistonda ko’p uchraydi.
Dalvarzin — qadimiy shaharning xarobalari. Professor K.K. Yudaxin Qirg’izistondagi Do’Ibo’rjun qishlog’i nomini Choldevor degan joy nomi va to’rtkul so’zi bilan ma'nodosh degan. Chindan ham o’zbekistondagi Dalvarzin cho’li, shuningdek OItinko'1, Bekobod, Jalaquduq, Sho’rchi, Qo’rg’ontepa tumanlaridagi Dalvarzin qishloq-lari, Andijon viloyatidagi Dafvarzintepa arxeologik yodgorligi Afg’onistonning Balx viloyatidagi Dilberjin toponimi, Qirg’izistondagi Do’Ibo’ijun mo’g’ulcha do’rbo’ljin «to'rtburchak» so’zidan kelib chiqqan (mo’g’ullar qadimiy shaharlarning harobalarini ham dorvoljin — «choldevor» deyishgan). Do’rbo’ljin o’zgarib dilbarjin, dilvarzin va nihoyat Dalvarzin shaklini olgan (Dalvarzin cho’lini tojiklar Dilvar-zin deyishadi).
Dam suv ravon oqmasdan, to’planib qoladigan joy. Suvi yax-shi oqmaydigan, damlanib turadigan ariq damariq deyiladi. Dam so’zining «to'g’on», «ko'l», «ariq» ma'nolari ham bor. Toshkent shahri biqinida Damashi ko’li bo’Igan (qozoqcha ashshi «achchiq», «sho'r»). Damiarab, Damisaroy, Damichuyut, Damiqirg’iz ariqlari etnotopo-nimlar sanaladi («saroy urug’ining arig’i», «chuyut urug’ining arig’i»). Damcha toponimi esa dam atamasi hamda toponim yasovchi -cha qo’shimchasidan hosil bo’lgan.
Dapsan (depsan) — tog’ etagidagi kichik bir tekis joy. Qirg’iz tilida depsen togMardagi tekisroq maydon. Qozoq tilida tepsen - past-roq qirning yonbag’ri, g’arbiy Qozog’istonda tekis joy. Qozoq
geografi G’. Qo’nqashpayev Qozog’istonda Oqtepsen degan joyni tilga olgan. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Dapsan degan qishloq bor. Zominlik Bibiniso baxshining «Eshik oldi dapsanimdir, dapsanga gul ekanimdir» degan qo’shig’idan ham qir-adirdagi tekis maydonchaning dapsan ekanligini bilsa bo’ladi. Taqqoslang: Xitoy bilan Hindiston hududidagi Qoraqo’rum tog’larining eng baland cho’qqisi Depsan (Depsang) deb ham ataladi.
Dara - tog’lik o’lkalardagi tik yonbag’irli soylik. Bu atama dara, dere shakllarida o’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Eron, Afg’oniston, Pokistonda «kambar vodiy», «jar», «soylik», «o'zan» ma'nolarda ko’plab toponimlar hosil qilgan; q. Tangi.
Darband - tog’ yo’li, dara, tangi, ozarbayjon va tojik tillarida yana «qal'a», «dovon» (dar — eshik, kirish, band — «to'g’on», «bo'g(ov»). Kbvkazda (Derbent Dog’istonda, Derbend Armanistonda va Ozarbay-jonda), o’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida (Derbent - Turkiya va Iroqda), o’rta Osiyoda (Darband — Surxondaryo viloyati Boysun tumani) bir qancha toponimlar hosil qilgan.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish