Xviii –xix asrda O‘rta va yaqin sharq mamlakatlarida davriy matbuotning tashkil topishi



Download 14,75 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi14,75 Kb.
#21567

Aim.uz

XVIII –XIX asrda O‘rta va yaqin sharq mamlakatlarida davriy matbuotning tashkil topishi

(Eron matbuoti tarixi misolida)

Reja:

A) O‘sha davrdagi iqtisodiy- ijtimoiy-siyosiy vaziyat.

B) Birinchi nashrlar.

V)G‘arb nashrlarining ta’siri.

Eron kabi davri matbuot ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotida bu qadar rol o‘ynagan mamlakatlar yer yuzida kam topiladi. Eron matbuoti qariyb bir yarim asrlik tarixga ega. U mamlakat tarixi bilan, unda yorqin iz qoldirgan kishilar bilan chambarchas bog‘langan. Ma’rifatparvar adib Ziyn ul- obidin Marog‘am va eron ziyolilarining ilg‘or ro‘znomasi «Axtar”,Eronning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiuchun tolmas kurashchi Melkumxon va radikul, aksilfeodal «Qonun ” ro‘znomasi, taniqli qomuschi-olim Mirza Ali Akbarxon Dehxudo va birinchi eron inqilobi davri adabiy harakatining jarchisi “Suri Isrofil”haftalik jaridasi, taniqli yozuvchi va publitsist Jamol Ali Axmat va “Mohnoma-ye Mardo‘m” oynomasi shular jumlasidandir. Sovet sharqshunos- eronshunos olimi K.Chaykin o‘z vaqtida ta’kidlaganidek. Davriy matbuot fors inqilobi davrining eng muhim voqeligi edi.

Eronda dastlabki ro‘znomalar X1X asrning birinchi yarmida, Fath Alishoh davrida paydo bo‘lgan. Ular feodal karaxtlikdan uyg‘ongan Eron o‘sha davr madaniyati sari qo‘yilgan dastlabki qadamlar 1951 yilda birinchi dunyoviy oliy o‘quv muassosasi – dorulfununning ochilishi, mamlakatda pochta va telegraf aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, bosmaxona usulida kitob chop etilishi aks etgan. Ro‘znomalar hozir kulgili ko‘rinadigan o‘sha davrning talablariham yoritilgan.Jumladan, shoh harami ojizalariga davrdan ortda qolmaslik uchun Yevropa klassik baleti raqqosalarining liboslariga o‘xshash kiyim-kechaklarni kiyib yurish tavsiya qilingan.

X1X asrning oxiriga kelib, mamlakat aholisining siyosiy faolligi o‘sishi munosabati bilan Eronda ommaviy axborot vositalari gurkirab rivojlana boshladi. 1905- 1911 yillarda birinchi Eron inqilobi yillari u o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. O‘sha vaqtda mamlakatda chop etilayotgan nashrlar soni 200 taga yetdi. «Suri Isrofil”, “Erone nav”, “Nohid”, “Chaytaye Pobaraxne”, “Nasime Shimol”, “Bahlul” va boshqa nashrlar davrning eng ommaviy nashrlari edi. 1907 yil 30 mayda Tehronda chiqa boshlagan “Suri Isrofil” jaridasi o‘sha yillarda ayniqsa katta muvafaqqiyatga erishdi. Jarida Eron xalqining jarchisi sifatida majlis noiblarining faoliyatsizligini tanqid qilar, ma’murlarning zo‘ravonligini, shoh tizimining xalqqa zid mohiyatini fosh etardi. Uning tiraji esa vaqtlar uchun mislsiz daraja – 5,5 ming nusxaga yetdi. Eron inqilobining mag‘lubiyati ko‘pgina jaridalar va ro‘znomalarning yopilishiga olib keldi.

Eron davriy matbuoti gurkirab rivojlangan yangi bosqich ikkinchi jahon urushi yillarida demakratik harakatning kuchayishi bilan bog‘liq.. Mamlakat statistikasi quyidagi raqamlarni keltiradi: Tehronda 103 ta ro‘znoma va 29 ta jarida, Isfahonda 11 ta ro‘znoma, Sherozda 9 ta , Tabrizda 4 ta ro‘znoma chiqib turgan. Kam sonli millat tilida - ozarboyjon, fors, arman, oshuriy tillarida chop etiluvchi matbuot ma’lum darajada rivojlandi. Ilg‘or Eron matbuoti Ozodlik fronti doirasida birlashgan edi.



1953 yilda davlat to‘ntarishi yuz berib, shoh Rizo Pahlaviy Eronga qaytganidan keyin matbuotga doir qattiq qonunlar joriy etdi. Bu qonunlar 1979 yilning fevral inqilobiga qadar amal qildi. Ro‘znoma- noshirlik faoliyati bilan bog‘liq yumushlar ichki ishlar vazirligiga topshirildi. Vaqt o‘tishi bilan markaziy nashrlarning eng kam tiraji ro‘znomalar uchun – 3 ming nusxa, jaridalar uchun 5 ming nusxa qilib belgilandi.

Inqilob arafasida Eronda 200 dan ziyodroq davriy nashrlar, shu jumladan 111 ro‘znoma va 82 jarida chop etilardi. Ularning aksariyati mamlakat poytaxti Tehronda chiqardi. Viloyatlarda chiqadigan nashrlar soni bir xil emasdi. Masalan Xurosonda 15 nashr chop etilsa, Muristonda bittagina ro‘znoma chiqardi. Matbuotning talaygina qismi G‘arbiy Yevropa tillarida (ingliz tilida – 10, fransuz tilida 2 ta, nemis tilida – 1ta, arman tilida -1 ta ) chop etilardi.
Download 14,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish