Darg’a, dorug’a - qo’mondon, boshliq (mo’g’ulcha). Dorg’a mansabi Chingizxon davrida paydo bo’lgan va dastlab daruxachi (daru-gachin) deb atalgan. Dorg’a mo’g’ullar, temuriylar va shayboniylar davrida (XIV-XVl asrlarda) viloyat, shahar hokimi hisoblangan. Buxoro, Qo’qon xoniiklarida esa dorg’a oliq-soliq ishlari bilan shug’ullangan. Qo’qon xonligida dorg’aboshi xonning boshqa mam-lakatlarga mol olib chiqadigan sarbonlariga (tuyakashlariga) boshchilik qilardi.
Xiva xonligida dorg’alar saroyda amaldorlik vazifasini ado etgan, kishi va yuklami Amudaryodan o’tkazib qo’yish ishlari ham dorg’alar zimmasida bo’lgan, Xorazmda kema kapitani ham dorg’a deyiladi. Abdullatifdorg’a, Bobodorg’a, Yoqubdorg’a kabi qishloqlar bo’lgan.
Suv darg’ast — suv taqsimlovchi mirob darg’ob (dorg’ai ob) deb atalgan. Ba'zan mirshab (politsiya), bozor hokimi, xon kutubxona-sining mudiri ham dorg’a (dorug’a) deyilgan.
Darg’at, darg’ot — suv taqsimlagich inshooti bo’lgan to’g’on. Jiz-zax, Jomboy, Zangiota tumantarida Darg’at (Darg’ot) qishloqlari bor.
Dasht - dala, tckislik, toshloq cboi, suvsiz cho'l, keng yassi maydon deb atalgan). o’rta Osiyo,
Kavkaz, Afg’oniston (Dashti Marso, Dashti Ziyorat cho’llari) va Eronda (Dashti Kavir, Dashti Lut cho’Hari) bir qancha joy nomlari hosil qilgan. o’zbekistonda Dashtakibolo, Dashtiso’xta (Samarqand tumani), Dashtig’oz (Boysun tumani), Dashtmahalla (Izboskan tu-mani) kabi toponimlar bor.
Janubda Sirdaryoning Cjuyi oqimi, sharqda Balxash ko’li va g’arbda Dnepr daryosining quyi oqimiarigacha bo’lgan ulkan hudud Xl-XVI asrlarda Dashti Qipchoq deb atalgan.
Daha - shahar, tumanning bir qismi, ma'muriy-hududiy bo’limi. Sovet davrida «selsovet» — qishloq kengashi ma'nosida ham ishlatilgan, O4n kishilik harbiy qism ham daha deyilgan. Dehho «qishloqlar» so’zi daha boiib ketgan degan fikr bor. Yangiariq tumanida Daha toponimi qayd qilingan.
Dahana - daraga kiraverish, dara, daryoning quyilish joyi, bo(g’oz, tg’on-ariq yoki kanal boshlanadigan joy, ko’chaning og’zi (dahna shakli ham bor). Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Bo’zrabotdahana, Gumdahana, Dahanajom, Kattadahana, Nandaha-na, Oqdahana, Koradahana kabi joy nomlari (aksari daralar) uchray-di. Bu atatna o’zbekistondan boshqa Tojikiston (Dahana, Dahansoy soylari, Daxanai Kiyik darasi), Ozarbayjonda (Dahnachay soyi), Eronda (Daxanayi-Shirin, Dahanasar, Dahnashur soylari) ham uchraydi, Da-hana asli dahan «og’iz» so’zidan kelib chiqqan.
Dahyak (forscha-tqjikcha «o'ndan bir») - Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa muliavachchalariga va mudar-rislariga beriladigan qismi (nafaqa). Uychi tumanida Dahyakota, Shahri-sabz tumanida Dayak, Dahayak qishloqlari bor.
Degrez (forscha-tojikcha deg - qozon, rez - rextan - «quymoq» so’zlaridan) - qozon quyuvcbi, cho’yan, jez, - bronzadan qozon, asbob va buyumlar yasaydigan usta. Oltinsoy, Navbahor, Kogon, Sherobod tumanlarida Degrez, yirik shaharlarda Degrezlik, Degrezi, Degrezxona kabi mahallalar bo’lgan.
Deh, de - qishloq, shahardan kichik aholi punkti. Dexiston dash-ti-biyobondan farqli o’laroq xalq yashaydigan joy, qishloqlar bor obod joy; dehoi - qishloq joy, serqishloq joy. o’zbekistonda Denav, Denov, Dehimirzoyi, Desuxta kabi yuzlab toponimlar shu atamadan yasalgan. Deh so’zi diz atamasi bilan o’zakdosh deyishadi (q. Diz).
Dehqon - ekin ekish bilan shug’ullanadigan kishi. o’rta asrlarda yirik yer egasi, zamindor dehqon deyilgan. Bnndan tashqari, bu so’zning «ajam», ya'ni fors-tojikcha, «qissago'y» ma'nolari ham bor. Dehqon so’zidan tarkib topgan aksari toponimiar, xususan, ko’plab Dehqonobodlar mehnatkash dehqonlar sha'niga qo’yilgan.
Diz (sug’dcha) — qal'a, qo’rg’on. Mahmud Koshg’ariy fikricha forslar «ba]and yer» ma'nosidagi turkiy tayiz so’zini o’zgartirib sha-harlarni diz deb atagan («Devonu lug’otit turk», III tom, 135-b.). Bu so’z tojik tiliga dij shaklida kirgan. Jizzax, Jizza kabi toponimlar diz atamaidan hosil bo’lgan. Masalan Jizzax shahri nomi tarixiy man-balarda Dizak shaklida qayd qilgan (o’rta Osiyoda bir necha Dizak bo’lgan. Xususan, Turkmanistonda Murg’ob daryosi bo’yida, Samar-qand shahri yaqinida, Usnishonada, ya'ni hozirgi Jizzax shahri).
Dovon (mo’g’ulcha daban) - tog’ning oshib o’tish qulay bo’lgan joyi, art (qadimiy turk so’zi), aqba (arabcha), bel (turkiy), ko’tal (forscha) so’zlari ma'nodosh.
Dodxoh - Buxoro xonligida XIX asrgacha bo’lgan yuksak har-biy unvon, ma'nosi «adolat talab qiluvchi, adolatparvatb demak-dir. Dodxoh Buxoro xonligida alamzada (ranjigan) kishilarning arz-larini mamlakat hokimiga va uning javoblarini arz qilganlarga yetkazib turgan, Qo’qon xonligida esa qozilarning faoliyati ustidan nazorat qilib turgan. Dodxoh katta hurmat-e'tiborga ega bo’Igan. Bu atama toponimlar shaklida uchraydi (Qo’slirabot tumanida Dodxo qishlog’i bor).
Dolon - darvozadan boshlangan usti yopiq yo'l, yo’Iak, geog-rafiyada — tog’ yo’li. Tojikiston va Eronda keyingi ma'noda toponimlar hosil qilgan. Masalan, Eronda Doloni Darradiz, Doloni Mashxad-Bojmurd darbandlari bor. QirgMz tilida do'h'n — «ulkan, katta» degan ma'noni anglatadi. Norin vodiysida Do'lo'n nomli dovon bor.
Duglat, duvlat, dulat - etnonim. Dastlab mo’g’ul qabilasining nomi bo’lgan. Duglatlar Duklan degan kishidan tarqalgan ekan. Dnklan (dugulan) mo’g’ul tilida «cho'loq» degani, duglat esa bu so’zning ko’pligi.
o’zbek, qozoq, qirg’izlar tarkibida duglat (duvlat, dulat) dcgan urug' qayd qiiingan. Baxmal tumanida Duvlat degan qishloq bor.
Duob, duoba, duvoba, dug’oba - tog’Uk hududlarda ikki suv bir-
biriga qo’shilgan joy. Dehqonobod, Shahrisabz, Narpay tumanlarida Duob, Dehqonobod tumanida Dug’ob, Zomin, Boysun, Oltinsoy tumanlarida Dug’oba qishloqlari bor.
Do’lta, do’ltabo’ri - adabiy tilda sirtlon deb ataladigan o’limtikxo’r
yirtqich hayvon. Samarqand tumanida Do’lta, g’uzor, Qamashi tu-
manlarida Doitali, Shahrisabz, Dehqonobod, Denov 1 a
Do’ltaxona degan toponimlar bor. T. Nafasov do’lta ^vnumv, «o'ydim~chuqur», «past-balandlik» ma'nosini bildiradi deydi. Biroq do’ltaxonani «ertoia» deyish to’g’ri emas, chunki xona qo’shimchasi tabiiy obyektlar nomlaridan toponim yasamaydi.
Do’rman (do’rmon) - XVI-XVIII asrlarda Dashtiqipchoqdan kelgan o’zbek qabilalaridan birining nomi. Do’rmonlar Zarafshon vodiysida, Surxondaryo va Toshkent vohalarida, qisman Xorazmda yashagan. Qabila qo’yli, uchurug’, ko’kchelak, sakson, no’g’oy, gurdak, oytamg’ali kabi urugiarga bo’lingan. Qiziltepa, Samarqand, Narpay, Romitan, Asaka, Kitob, Kasbi, Qamashi, Qibray, Jomboy, Qorako’l, Ishtixon, Jondor tumanlarida Do’rman, Do’rmoncha, Do’rmonon qishloqlari bor.
Yetim - tabiiy geografik obyektlarning yakka-yolg’iz, kichikroq ekanligini bildirgan atama: Yetimtog’, Yetimcho’qqi, Yetimsoy, Yetim-qir, Yetimko'1, Yetimtepa.
Yob (yop), yap - Xorazmda o’rta va kichik kanallar, ba'zan ariq-lar yop deyiiadi; V.V. Radlov yop so’ziga «qazilgan ariq» deb izoh bergan. V.V. Bartold bu ataniani xivaliklar va turkmanlardan boshqalar bilmasalar kerak deb taxmin qilgan. Lekin bu so’z boshqa yeriarda ham uchraydi. Masalan, g’arbiy Qozog’istonda, Qoraqalpog’istonda jab, jap deyishadi. Toponimist E.M. Murzayev ma'lumotlariga ko’ra Tojikistonda ba'zan daryo yob deb ataladi. Yob (yop) elementidan tuzilgan toponimlar o’zbekistonda ko’p: Bo’zyob, Kaltaminoryob, Oltiyob, Otayob, Polvonyob, Sakkizyob, Saribiyyob, Xonyob, Yangi-yob va b.; Turkmanistonda: Oqyop, Qorayop, Qodiryop, Ajiyop, Amudaryo deltasidagi kanallar - Qorayob, Permetyob, Chermenyob va b. E.M.Murzayev yob atamai ob so’zidan kefib chiqqan deydi.
Yobon, yovon - dasht, dala, sayxonlik. Yoboni «sahroyi’, «dala-chi», «yowoyi» degani. Ko’proq yovon shaklida toponimlar hosil qilgan: Yezyovon (o’zbekiston), Yovon, Yovonsuv, Yovonuru, Yovon-
dashti (Tojikiston). Zarafshon daryosi vodiysida (Samarqand viloyati) dashtda bunyod bo’lgan qishloq yovon deyiigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |