Zag’orkash — zovur, oqova suv tushadigan ariq. Bu atama va toponim XIV asr Buxoro hujjatlarida ko’p uchraydi. Buxoro yaqi-nida, Qorako'1 vohasida Zag’orkash degan qishloqlar hozir ham bor. Zag;or deb dastlab selni aytishgan. o’rta asr fors tilida sernam tuproq zag’or deyilgan. Keyingi asrlarda zag’or (zag’orkash) o’rniga zaxkash atamasi qo’Ilanila boshlaydi.
Zov — tik qoya. Toponimlar. Zovetak, Ko’kzov, Qizilzov (Zomin
tumanida), Qirg’izistonda zoo (zo'o’) shaklida ko’plab toponimlar
hosil qiigan; Andijon viloyatida zovlin "tik jarlik"; fors tilida zov
"dara": Surxzov, Sarezov, Gerezov, Qulezov (Eron).
Zovur (tojikcha zah - "zax", bur - buridan "kesmoq") -
zaxob yerlarni quritish, zaxni qochirish uchun qazilgan chuqur ariq,
zakan. Ko’plab toponimlar hosil qilgan.
Zok ~ temir kuporosi, temir sulfat, suvda oson eriydigan och
yashil kristal modda. Qadimda temir kuporosidan bo’yoq olingan.
Nurota tog’larining shimoliy yonbag’rida Konizok degan joy bor. llonli - o’zbek qavmlaridan biri. Honni, jilonni, jilontamg’ali deb
ham atalgan. Tamg’asi ilon shaklida bo’lgani uchun shunday nom -olgan. Forish, Urgut, Baxmal, Narpay tumanlarida Ilonli, Ilonchi,
Nurota tumanida Jilontamg’ali qishloqSari bor. Ilon ko’p joylar esa
HonliqalX Ilonsoy deb ataladi. :- Irnioq — katta daryo yoki soyga kelib qo’shiladigan kichik soy,
jilg’a. Usmonli turk tilida irmaq (daryo) deyiladi. Bu so’zning «oqar ' suv», «jilg’a», «qo'ltiq», chuvash tilida «jar» ma'nolari bor. Alama : yirmoq «kuch bilan orasini ochmoq», «ikki yoqqa ajratmoq’ fe'li
negizi (yir-, yo'r)ga -moq qo’shimchasi bog’lanib yasalgan degan
fikr bor. Bu atama Turkiyada bir qancha gidronimlar hosil qilgan: f Kaltatoy'>Irmaq, Yeshilirmaq, Qizilirmaq,
Kaltatoy - o’zbeklar tarkibidagi turk deb atalgan etnik guruhning
bo’linmalaridan biri. Kaltatoy, o’z navbatida muazzaniini, maxatori, : mirzakaltatoy, qanglikaltatoy, kaltatoymoshat kabi kichik urug’larga
bo’lingan. Farg’ona vodiysi, Nurota va Molguzar tog’larining shimoliy
yonbag’irlarida, Zarafshon daryosining o’rta oqimida, Surxon vohasida : yashashgan. Baxmal, Qamashi, Uchko’prik tumanlarida Kaltatoy " qishloqlari bor. Yoli, dumi kesib qo’yilgan ikki yashar toychoq kal-
tatoy deyiladi. Toy ushbu urug’ning muqaddas jonzodi (totem) bo’lgan. Kam - qir, tog’ qirrasidagi pastroq, kamtik (kemtik) joy. Zomin
tumanida tog’dan oshib o’tadigan Sarikam degan joy bor. Samarqand
viloyatida Darvozakam, Darvozkam degan toponimlar qayd qilingan.
Toshkent-Farg’ona avtomobil yoMining Qurarna tog’laridan oshib ' o’tiladigan qismidagi Kamchik nomli dovon ham shu so’zdan hosil
bo’lgan («Kichikroq kam»). Uni Qamchiq deb atash to’g’ri emas.
Kamar — bir necha ma'noni anglatadigan geografik atama; 1) o’zbekistonda: suv qirg’og’ida, jarlikda, tepalik yoki tog’ bag’rida o’pirilish, yuvilish natijasida hosil bo’lgan g’orsimon o’yiq joy: Kat-takamar, Yerkamar, Oqchepkankamar (Zomin tumani); Davkamar, Otkamar, Qorakamar, Qo’shkamar; 2) adirda tevarak-atrofdan past-roq, chuqurroq joy: Sari(k)kamar, Mulla Qoraning kamari; 3) Kamar (kemer) - tog’, tog’ yonbag’ri, tepalik (Eron va Ozarbay-jon), atrofi baland qirlar bilan o’ralgan pastlik (Ozarbayjon, Qozog’iston), qiyalik (Afg’oniston), jarlik, daryo o’ygan g’orsimon o’yiq, dara: Qizilkamar, Zarkaraar, Qorakamar (Tojikiston), Ke-merli, Kemervan (Ozarbayjon), Kemertuz ko’Ii (Qozog’iston Pavlo-dar oblasti). Rossiya Federatsiyasidagi oblast markazi Kemerovo shahri nomi ham shu atamadan kelib chiqqan. Eronda Siyohkamar, Kamar Xarpushte, Kamar Charx degan tog’lar bor.
Eronshunos V.I. Savina fikriga ko’ra, kamar geografik atamasi "belbog’", "qayish" ma'nosidagi kamar so’zi bilan sinonim bo’lib, "biron narsaning o’rtasi, markazi" degani.
Kapa - chayla hamda urug’ nomi (masalan, kapasaroy). Kapa komponentli toponimlar Farg’ona vodiysida ko’p uchraydi. Xatirchi, Payariq, Jalaquduq, Beshariq tumanlarida Kapa, Yangiqo’rg’on, Urgut, Beshariq, Uchqo’rg’on, Asaka tumanlarida Beshkapa ^iloq-lari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |