Mavzu 5. Shaxar transporti,uning texnik - iktisodiy xususiyatlari. Shaxar transportini yanada
rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari.Kuvur (truboprovod) transporti
Ma’ruza rejasi
1. Shaxar transporti .
2 Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari..
3. Kuvur (truboprovod) transporti
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Shahar transporti texnik jixozlari asosiy elementlariga yo’l tarmoklari, transport vositalari va
ularni saklash, tozalash, elektr ta’minoti kurilmalari, transport vositalari xarakatini tartibga solish va
uni ekspluatatsiya kilishni boshkaruvchi maxsus jixozlari kiradi.
Shaxar yul tarmoklari ko’chalarda joylashishiga ko’ra ko’cha yo’llari, va ko’chadan tashkari
yo’llarga, ular esa, o’z navbatida, izli va izsiz yo’llarga bo’linadi. Shaxar yo’llarini yana umum shaxar,
xudud mikiyosidagi, shaxardan tashkariga chikuvchi va tranzit yo’llarga ajratish xam mumkin.
Yo’l tarmoklari sxemasi shaxarning joylashishga, relьyefiga, territoriyasini bo’lib turuvchi
anxor, daryo, temir yo’l izlari va boshka bir kancha to’siklar borligiga boglikdir.
Shaxar axolisiga kulaylik yaratish maksadida uning umum foydalanish passajir transporti
to’xtatish joylarigacha piyoda yurib kelish uchun zarur vakt me’yorlashtirilgan bo’lib, bu vakt 4-6
minutdan oshmasligi lozim. Bunday me’yorni bajarish uchun shaxar passajir transporti tarmoklari
zichligi xar bir kvadrat kilometr shaxar territoriyasi maydoniga nisbatan 2-3 km bulishi kerak.
Transport tarmoklari zichligi deyilganda kilometrda ulchanuvchi umum foydalanish passajir transporti
tarmoklari uzunligining kvadrat kilometrlarda ulchanuvchi shaxar territoriyasi maydoniga nisbatan
uzunligi tushuniladi. Xozirgi zamon shaxar trasnporti tarmoklarini rivojlantirishda kuyidagilarni
xisobga olish zarur; ayrim shaxar magistral yullarini iloji boricha tez va me’yorli yuruvchi passajir
yoki yuk transporti xarakati uchun bir tomonlama yoki ikki tomonlama yurishga muljallangan
yullarga va boshka talablariga binoan ixtisoslatirish va moslashtirish; xozirgi zamon yul xarakatini
tartibga solishni boshkaruvchi maxsus jixozlar urnatish; transport birliklari okimi kun joylarda
xarakatni kesishmaydigan ikki kavatli etish; xarakatini tezlashtirish maksadida kuchalardan tashkari
yullarni tashkil kilish; shaxar ichi va tashkarisi yullarini yaxlit kilib birlashtirish va boshkalar.
Ko’cha deb, barcha turdagi vositalarini xarakati, yogin suvlarini yuborish, yul osti injinerlik
inshoatlarni yotkizish, yashash punkti yoki shaxar territoriyasining bir kismiga aytiladi.
Shaxar territoriyasidagi kuchalar va yullar kuyidagi klassifikatsiyaga bulinadi;
Tez yurishga muljallangan yullar;
Umum shaxar axamiyatidagi magistral kuchalar;
Xudud axamiyatidagi magistral kuchalar;
Maxaliy axamiyatdagi yul va kuchallar;
Uy va joy xududlari ichidagi kuva va yullar;
Sanoat va katta baza xududlari ichidagi yullar;
Tor kuchalar;
Piyoda xarakati yullari.
Tez yurishga muljallangan yo’llar uchun 80-120 km/soat, magistral ko’chalar uchun 80-100
km/soat, maxaliy axamiyatdagi kuchalar uchun 40-60 km soat, xisobida xarakat tezligi kabul kilingan.
Axolisi 1 mln. kishigacha bo’lgan yirik shaxarlarning asosiy transport vositasi tramvaydir.
Tramvay yordamida mamlakat umumiy shaxar passajirlarining 16,94 protsenti tashilayotir.
Odatda tramvay yullari va barkaror passajir okimi bor (1 soat 5-15 ming pass.) marshrutlar uchun
kuriladi.
Xozir ayrim katta shaxarlar markaziy xududlaridan tramvay chekka xududlarga chikarib
yuborilgan. Ba’zi juda katta shaxarlardan (Parij, London) esa tramvaylar umuman chikarilib
yuborilgan. Ammo shuni eslatmok zarurki, kucha yullari passajir transportlari orasida eng kup passajir
tashiy olish kobiliyatiga ega bulgan eng arxon transport tramvaydir. Tramvayda tashish tannarxi xar
pass. km uchun 30-35 sum atrofidadir. Kelajakda juda kata shaxarlarda tez yuruvchi tramvaylarni
rivojlantirish maksadga muvofikdir.
So’nggi yillarda ko’pchilik shaxar axolisiga trolleybuslar xizmat kilayotir. Xozir trolleyobus
yordamida mamlakat umumiy shaxar passajirlarining 18,75 foizi tashilayotir. Tramvayga nisbatan
trolleybusning yaxshi tomoni shunndaki, passajirlarni chikarish va tushirish joylari tratuarlar
yonidadir. Vaxolanki, tramvaylarga chikish - tashish joylari kuchalar urtasida bulib, passajirlarga
ancha nokulayliklar tugdiradi. Shaxar kucha transportlari ichida eng kup tarkalgani avtobus
transportidir.
Yangi avtobus marshrutlarini ochish kup kapital mablag talab kilinmaydi, u xar kanday yul
sharoitlarida xam shilashi mumkin. Avtobus juda magistral bulib, xech kanday kurilmalarga muxtoj
emas, 100 ming kishilik axolisi bulgan shaxarlarning asosiy passajir transporti avtobusdir. Xozir
avtobuslar yordamida mamlakat umumiy shaxar passajirlarning 56 protsenti tashilayotir. Avtobus
transportning asosiy kamchiliklari ishlatilgan gazlar sostavida zaxarli moddalarning kupligi, kup
shavkin bilan ishlashi, yonilgi va tashish tannarxining kimmatlidir. Xarakat tezligi keksin oshirish
maksadida katta shaxarlarda metropoliten, yer osti tramvay, monorelьye tranportidan foydalanmokda.
Metropoliten inshoatlarni kurish juda katta kapital mablag talab etadi. Shuning uchun
metropoliten axolisi 1 mlndan ortik shaxarlarda va bir soatdagi passajirlar okimi 25-30 ming kishi
bulgan yunalishlardagina kuriladi. Asosan yullar yer ostida kuriladi. Izlar koleyasi temir yullardagi
kabi 1520 km buladi. Shaxar passajir transportlarida ayniksa avtobus transportiga katta axamiyat
berilmokda. Chunki avtobus marshrutlari ochish boshlangich kapital mablaglarni juda kam talab etadi.
Shuning uchun kichik va kishlok sharoitiga avtobus yagona passajir transporti xisoblanadi. Avtobus
transporti ulushiga xozir shaxar axolisini marshrutli transportlarda tashishning yarmidan ortigi tugri
keladi va bu mikdor kelajakda yana usib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |