Mavzu 8 . Transportning asosiy turlari urtasida yuk va
passajirlarni okilona taksimlash. Transport ayrim turlari urtasida
yuk oborotini taksimlash - 2 soat.
Ma’ruza rejasi
1. Transportning asosiy turlari .
2 Transport ayrim turlari urtasida yuk oborotini
taksimlash..
3. Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Yuk tashish xajmining tobora usib borishi barcha transport turlari urtasida tashish ishlarini
maksadga muvofik taksimlashni va shu munosabat bilan transportning ayrim turlarini yanada
rivojlantirishi tugri belgilashni takozo etadi.
Barcha transport turlarini kompleks rivojlantirish va ular urtasidagi yuk tashishning okliona
taksimlash transportga sarflanadigan mablaglarning samaradorligini oshiradi va yuk tashish bilan
boglik bulgan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
U yoki bu transport turida yuk tashishning iktisodiy jixatdan maksadga muvofik xar bir
transport turining texnik iktisodiy kursatgichlari va yuk tashishdagi ishlab chikarish shart- sharoitlari
xisobga olingan xolda xal kilinadi.
Temir yul transporti bilan avtomobil transporti urtasida yuk tashishini okilona taksimlashning
asosiy tamoyili ijtimoiy mexnat sarfini iloji boricha kiskartirishdir. Ijtimoiy mexnat sarfi iktisodiy
kursatgichlar tizimi buyicha aniklanadi va unga fakat yukorida kursatilgan xarajatlar kiymatigina kirib
kolmay natural kursatgichlar kiymatini (masalan, amortizatsiya xarajati) xam kiradi. Lekin kiymat
kursatgichlar muximrok xisoblanadi, chunki ular anik xisobga olishadi va muayyan ishlab chikarish
(yuk tashish) sharoitida transportning kaysi bir turini ishlatish afzalrok ekanligini aniklash imkonini
beradi.
Ba’zan ma’lum bir transport turida foydalanishni baxolashda kiymat kursatkichlar yetarli
bulmay koladi. Bunday xollarda kushimcha ravishda natural kursatkichlardan foydalaniladi. Bularga,
masalan, sarflangan yonilgi mikdori, tashishda band bulgan ishchilar mikdorlari kabilar kiradi.
Takkoslanadigan kiymat kursatkichlari yetarli bulmay kolganda natural kursatkichlar transportning u
yoki bu turini tashlanda yordam berishi mumkin.
Avtomobil va temir yul transportning okilona tashish masofasini yuk tashishning kiymat
kursatkichi buyicha aniklashda yuk tashish bilan boglik bulgan barcha xarajatlarni, ya’ni yukni
magistral transport vositalarigacha olib kelish va undan tashib chikish xamda ortish-tushirish ishlarini
xisobga olish zarur. Yukni tugri avtomobil transportida tashish xarajatlariga tashish xarajatlarining uzi,
ortish tushirish ishlari bilan boglik bulgan xarajatlar; ombor ishlari xarajatlari; shuningdek tashish
tannarxi xisoblashda ishtirok etuvchi yul xarajatlari (bunday xarajatlar yul tipiga va undagi xarakat
tezligiga boglik) kiradi.
Tez buziladigan yuklarni tashishda ularni yetkazib berish tezligi boshkacha axamiyat kasb
etadi. Yuk tashish masofasi osha borishi bilan tez buziladigan yuklar sifati pasayadi; undan kuriladigan
ziyon orta boradi. Shu sababli transportning u yoki bu turini tashlashda tashalayotgan yuk sifatining
pasayishi va undan kuriladigan ziyon nazarda tutilishi lozim.
Eng samarali transport turini tashlashda yuk tashish tarif xarajatlari kursatkichi bilan birga yuk
tashish tezligi kursatkichi xam katta axamiyatga ega.
Yuk tashish tezligini oshirishdan olinadigan iktisodiy samara yuklarni yetkazib berish tezligi
oshishi xisobga transport jarayonidan xoli bulgan kiymati bilan aniklanadi:
E. i.sq Q (t1-t2)* C ; sum
365
bunda: E. i.s - iktisodiy samara, sum
Q - yul davomida tashilgan yuk mikdori
t 1- temir yul bilan tashilgan vakt, kunlar
t 2- avtomobillarda tashilgan vakt, kunlar
C-1 t tashilgan yukning urtacha kiymati, sum.
Yuk tashish tezligini oshirishdan olinadigan iktisodiy samarani asosan kimmatbaxo va
omborlarda uzok vakt saklab buyicha aniklash kerak.
Ayrim tadkikotchilar tomonidan utkazilgan tadkikotlar natijasida avtomobil transporti va temir
yul transportning xozirgi shart-sharoitida barcha turdagi yuklarni 100 km masofagacha avtomobil
transporti bilan tashishga utkazish maksadga muvofikligi aniklanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun
bu masofa yanada kattadir. Chunonchi:
Kum, shagal, tosh, kumir, ruda 125-130 km;
Fisht, sement, metall, un, don, kand lavlagi 165-175 km;
Gazmol, poyabzal, konditer maxsulotlari 230-240 km;
Meva, sabzavot, tirik koramol, sut va sut maxsulotlari 350-400 km;
Paxta xam ashyosi (kon-kanakarsiz)
500-550 km.
Passajir tashishda transport turlari ishini muvofiklashtirish va xarakat tezligini oshirish.
Passajir tashishda xam yuk tashishni tashkil etishdan kabi trasnport turlari ishini
muvofiklashtirish va passajirlar tashishda zaruriyatiga karab aralash transport tizimini kullanish juda
katta axamiyatga ega. Passajirlarni aralash transport tizimi bilan tashishni tashkil kilishdan asosiy
mezon passajirlarning safardagi vaktini tejash va kira xakini arzonlashtirishdir. Bunga xarakat
tezligini oshirish, transport vositasini takomillashtirish va yul sharoitini yaxshilash, xarkat
muntazimligini ta’minlash, passajirlar uchun maksimal kulaylik va shinamliklar yaratish bilan
erishiladi. Passajirlarning safardagi vaktini tejash maksadida poyezd va samaletlar xarakat grafiklariga
avtobuslar grafiklari moslashtirib tuziladi. Uz navbatida, poyezdlar xarakat grafiklariga samalyotlar
xarakat grafiklari moslanib tuzilgan bulishi kerak. Turli xil transport vositalarida pasajirlarini aralash
tashishda yul kira tariflari kelishilib belgilanadi. Passajir tashish tezligini oshirish samaradorligini
aniklash ancha murakkabdir. Shuning uchun kup xollarda passajirlar tashish tezligini oshirish passajir -
soat xisobidagi tejamini xisoblash bilan tugallanadi.
Kup xollarda xarakatni tezlatish, ayrim kulaylik va shinamliklarini oshirish tashish
tannarxlarning oshishiga sabab buladi va bu tashish tarifi oshirilishini takazo etadi. Agar xarakat
tezligini oshirish va shinamlikni yaxshilash bilan birga transport vositalari sigimini xam keskin
kupaytirib bulsa, tashish tannarxlari oshmasligi xam mumkin.
Xar bir transport turida xam passajilar tashishining muxim iktisodiy xususiyatlaridan biri
kullaniladigan tashish tariflarining kun xollarda tashish mikdoriga, transport vositasi foydalanish va
rentabellik darajalariga boglikdir. Bir xil shart-sharoitlarda tashish tariflarning bir muncha arzon
bulishi shu transport turiga kushimcha passajirlarni jalb kilib, tashish tannarxi kamaytirishga olib
keladi va aksincha tashish tarifining kimmat bulishi passajirlar kamayishiga sabab bulib, tashish
tannarxi kimatlashishga olib keladi. Demak, passajir transportlarida tashish tariflarning optimal
darajasini belgilash kilingan xarajatlar samaradorligini xisoblashning muxim tomonlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |