Ma’ruzalar matni


Mavzu 10. Yagona transport  tizimida  xar-xil  transport uzellarining axamiyati - 2 soat



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana10.08.2021
Hajmi0,74 Mb.
#144354
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
yagona transport tizimi va xar xil transportlar uzaro yondoshuvi

Mavzu 10. Yagona transport  tizimida  xar-xil  transport uzellarining axamiyati - 2 soat. 

 

Ma’ruza rejasi 

1. Xaar xil  transport uzellarining axamiyati. 

2. Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari 

Adabiyotlar 

1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti 

sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi 

prezidenti  I.A. Karimovning ma’ruzalari,  xukumat qarorlari,  yetuk olim  va mutaxassislarning  fikrlari, 

chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha. 

    2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984 

  Umuman  olganda  transport  uzeli  deyilganda  yuk  va  passajirlar  tashish    jarayonida  turli  xil 

(kamida  ikki  turli  magistral)    transportlar  tutashadigan  joy  tushiniladi.  Bunday  transport  turlari 

tutashadigan joylar va katta shaxarlar, axoli yashaydigan  punktlar, sanoat va kurort markazlari xamda  

dengiz,  daryo    portlari,  avtomobil  va  temir    yul    bekatlarida  buladi.  Mamlakat  yagona    transport 

tizimida transport uzellarining asosiy vazifasi magistral, sanoat va shaxar transportlari tashish  ishlarini 

uzaro    muvofiklashtirishdan  iborat  bulib,    ularning  bu  faoliyati  xujalik  ishlarini  yuritish  uchun  juda 

katta ijtimoiy axamityaga egadir. 

  Transport uzellarida kuyidagi  asosiy ishlar boshkariladi: tranzit  yuk va  passajirlar okimini bir 

yunalishdan yoki  transport turidan ikkinchisiga utkazish; mazkur uzelda sanoat korxonalari va axoliga 

turli  transportlar  bilan  xizmat  kursatish;  magistral  transportlarda  keltirilgan  yuklarni  temir  yul  va 

avtomobil  yuk  bekatlari,  portlar,  ta’minot  bazalari  va  yirik  korxonalarning  yuklash-tushirish  

punktlariga yoki  aksincha bunday punktlardan junatiluvchi yuklarni magistral transportigacha keltirish; 

yuklarni is’temolchilarga yetkazib berish uchun transportning tashki  turlaridan ichki yuk transportiga 

(yoki aksincha)  utkazish; turli xil transport vositalarini kabul kilish, junatish, sortirovka kilish, texnik 

ta’minlash  va  ularga    texnik  xizmat  kursatish  va  boshkalar.  Transport  uzellari  sostaviga  kuyidagilar 

kiradi: temir yul uzeli, ayrim xollarda esa bitta  rivojlangan bekat;  daryo porti yoki necha port, ayrim 

tumanlar  va  prichalar,  kema  yuradigan  kanallardan  iborat  butun  bir  suv  uzeli;  mazkur  axoli  punktiga  

xizmat  kiluvchi  avtomobil    yullari  uzeli;    truboprovod  transporti  tarmogi;  aeroportlar    va  xavo 

transportining  boshka  jixozlari;  sanoat    korxonalarining  shoxobcha  yullari  va  bekatlari;  umum 

foydalanadigan  shaxar  transporti  jixozlari.  Transport    uzellari  tarkibiga    kiradigan  inshoatlar  uz  

vazifalariga    kura    ishlarni  mazkur  transport  turi  doirasidagi  bajaradigan  jixoz  -  kurilmalarga    xamda 

yuk va  passajirlar okimlari bir  transport turidan boshkasiga utkaziladigan tutash  punktlarga bulinishi  

mumkin. 


  Birinchi  guruxdagi  inshoatlarga  asosan  tutashtiruvchi  temir  yullar,  raz’yezdlar,  uchastka, 

sortirovka va passajir bekatlari, ta’minlash punktlari xamda  boshka temir  yul  transporti uskunalari, 

magistral avtomobil yullari,  uchish-kunish  yullariga ega bulgan aeroportlar, magistral truboprovodlar 

va  xokazolar kiradi.  

  Transport  uzellarining    barcha  inshoatlari  shaxar  kurilishi  talablari,  xar  xil    transport  uzelini  

okilona  tashkil etish extiyojlari  xisobga olingan xolda  joylashtiriladi. 

  Axolisi  ikki  milliondan  kup  bulgan yirik  shaxarlar transport  uzellari  kompleksini passajir va 

yuk  okimlari  uchun ayrim -ayrim  xolda  rivojlantirishni  takozo etadi, bunda  shaxar atrofi-shaxar ichi  

yullari temir  yullardan foydalanish yoki  ularni barno etish, metropoliten  izlarini shaxar atrofi  temir  

yullarigacha  chikarish, tez  yurar  tramvaylarni ishlatish  yoki barno etish, bir necha aeroportlar kurish, 

va boshka  turdagi  transportlarni rivojlantirish,  shaxarlararo  va shaxar  atrofi  avtomobil  transporti  

bekatlarini  barno etish xisobga  olinishi zarur. 

  Transport  uzellarida      tashishlarni    ta’minlanmok    uchun  vazifalari  turlicha    bulgan    saralash  

(sortirovka)  va yuk  bekatlari kuriladi: Uzelning yangi  kurilayotgan  yoki  rivojlantirilayotgan  temir 




yul  bekatlari  soni,  ularning    ixtisoslashishi,  tipi    va  kuvvati    mazkur  uzel    xamda    aloka    yullarning  

loyxalanayotgan va mavjud  bekatlari orasida  ishni  eng  rejalari  taksimlash, yuk  okimlarining  xajmi  

va yunalishi, ichki  uzel  yullari utkazish  kobiliyatining  tulishi xisobga  olingan  xolda  belgilanadi. 

  Yuk    bekatlari    urnashadigan  joy  shaxar  planirovkasi  bilan  boglangan    bulishi  kerak,  ular  

konkret sharoitga karab, ichki  uzel  yullarida, atrof yullarida, tutashtiruvchi yullarda yoki  bir kancha 

korxonalarga xizmat  kursatuvchi   maxsus    yullarda  joylashtirilishi  mumkin.  Yuk  xovlilarini  ularni 

uzel  sortirovka  va yuk  bekatlari xamda shaxar tumanlari bilan kulay tarzda boglanish ta’minlaydigan 

joylarda      bulgani  ma’kul.  Passajir  bekatlarini    shaxar    planirovkasi  sharoitiga,  passajirlar  uchun 

kulaylik  yaratishga,  passajir  poyezlarining  uzel    doirasida  eng    kiska    katnovga    asoslangan  xolda  

shaxar  kurilishi  chegarasida  joylashtirish  maksadga  muvofikdir.  Bunday  vokzal    shaxar  

planirovkasining umumiy arxitertura ansambliga kushilib  ketadi. 

  Kichik  va  urta    shaxarlarda  bitta  passajir  avtomobil  bekati    tashkil  etilib,  odatda    temir  yul 

vokzal yonida  joylashtiriladi. 

  Xavo    transporti  bilan  tashishlarni  ta’minlash  uchun  transport  uzellarida  aeroportlar,  shaxar 

agentliklari va  shaxar  aerovokzallari   xam joylashtirishda  transportini ng boshka  turlari  bilan yakin  

boglishish, shuningdek  yakin  orada joylashgan axoli  punktlari  va dam  olish zonalarini  shovkindan - 

saklash asosiy talablar  xisoblanadi. Shaxar ichki  territoriyasida aerovokzallar  xamda  xavo  transport 

agentliklarining binolarini  joylashtirish mumkin. 

  Transport  uzellarida    truboprovod    transportining    truboprovod    shoxobchalari,  bosh  va  oralik   

kuchlanish  bekatlari  va  kuyish    punktlaridan  iborat  kurilmalari  bulishi    mumkin.  Bu    kurilmalarning  

transport  uzellarida  joylashtirilishi,  ularning mikdori  va vazifasi,   neftь  va  neftь    maxsulotlarning 

yirik  is’temolchilari  (neftь  kayta    ishlash  va    kimyo  zavodlari,    temir  yul,  suv,  avtomobil,  xavo 

transporti  kurilmalari),  shuningdek  yonilgi    xavfsizligi    talablari  uzel  bosh    sxemasida    belgilab  

kuyilishi kerak. 

  Transport  inshoatlarning    birlashtirib  joylashtirilishi  suv    ta’minoti,    kanalizatsiya,  energiya   

ta’minoti, shoxobcha  yullar  yagona   tarmoklaridan, shuningdek  xar xil  transport  turlari  trassasi va 

kuprikli  utish  joylaridan  foydalanish katta axamiyatga egadir. 

  Transport  uzellariga    xar  xil    transport    turlarining    birlashtirilgan  bekatlari  va  vokzallari, 

shuningdek    chiptalar  sotish  buyicha    birlashtirilgan  shaxar    agentliklari  tashkil  kilish  maksadga  

muvofikdir. 

  Birlashgan vokzallarda kassa zallari, kutish zallari va boshka xonalar umumiy bulib,  bu tranzit  

passajirlarga    xizmat    kursatishi    yaxshilash    imkoniyatigina    emas,    balki    kapital  mablag  sarfi  va  

ekspluatatsion  xarajatlarni kamaytirish  imkonini  xam beradi. 




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish