Mavzu 11.Konteyner va paketlarda yuklarni kayta ortish - tushirish
operatsiyalarsiz tashish - 2 soat.
Ma’ruza rejasi
1. Konteyner va paketlarda yuklarni tashish.
2. Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Yuklarni konteyner va tagliklarda paketlab tashish. Sunggi yillarda yuklarni konteyner va
tagliklarda paketlab tashish tobora keng rivojlanmokda. Transport yuk oborotining usishi bilan
bunday yuk tashishlar mikdori xam orta boradi. Yuklarni konteyner va tagliklarda tashishdan
olinadigan foyda juda kattadir, chunki ular yuk ortish va yuk tushirish ishlarida mexnat va tara sarfini
ancha kiskatiradi. Garchi konteyner va tagliklarda tashish maksadga muvofik bulgan yuklar umumiy
yuk tashish xajmining 10 foizidan kamini tashkil kilsa xam, lekin yuklarni tushirish va ortishda xamda
yuk ortuvchi ishlarining 45-50 foizi band buladi. Konteyner va tagliklarning kullash yuk ortish va
tushirish ishlariga sarflanadigan mexnatni 8-10 marta va undan ortikrok kamaytirish imkonini beradi.
Xisoblarga kura, xar xil tara uchun 40-45 mlrd. sum xarajat kilinib, uni tayyorlashga esa bir
necha ming kub metrga yakin yogoch, urash- chirmash matosi, metal sarflanadi. Buning ustiga
taralarningkuyidan fakat bir martagina foydalaniladi. Konteyner va tagliklarda yuk tashish tashkil
kilishdan bu xarajatlar keskin kamayadi, chunki kup yuklar tarasiz yoki is’temolchi tarasida
tashilishi mumkin, yuklarning bir kismi esa soddalashtirilgan taralarda tashiladi. Bu taralarning
kiymati yashiklarga nisbatan urtacha 3-4 marta kam buladi. Bundan tashkari, konteyner va tagliklarda
tashish yuklarni tukilishidan va buzilishidan saklaydi (masalan, deraza oynasining sinishi oddiy yuk
tashishda 10 foizga yakin. Uyilab gisht tashishdagi sinishdan keladigan umumiy zarar bir yilda 10
mln. sumga yetadi). Maxsulotlarni konteynerlarda yoki tagliklarda tashishni tashkil kilish bunday
yukotishlarni minimal darajaga olib keladi.
Konteynerlarni, bir kancha xollarda tagliklarni kullanilishning kamchiligi ularning uzini
tashishga kilinadigan xarajatlarning kupligi xisoblanadi, chunki konteynerlarning uz ogirligi tara yoki
urash-boglash materiallari ogirligidan goxo bir necha bor oshib ketishi mumkin. Konteynerlarning
bush kaytishi bilan boglik bulgan kushimcha xarajatlar xam bu usulning kamchiligidir. Lekin yuk
tashishdan olinadigan tejam xajmiga nisbatan bunday xarajatlar xajmi ancha kamdir. Masalan,
olovbardosh gishtlarni bevosita vagonlarda tashilganda umumiy xarajatlar (sinish xam xisobga
olinganda) 1 tonnasi uchun 550 ming sumni tashkil kiladi. Konteynerlarda tashilganda esa tashish
xarajati deyarli 1,5 marta kupayadi. Ortish va tushirishga sarflanadigan mexnat xajmi yuk tashish
davomida 3,5-4 marta kiskaradi. Natijada moddiy resurslarni tejash xam katta samara beradi.
Masalan, 2,5 mln.tonna yuk tashish uchun konteynerlar va tagliklar yasashga 8 ming tonnaga yakin
pulat va 0,5 mln. kub metr yogoch material kerak buladi. Metalldan yasalgan konteyner 8-10 yil xizmat
kiladi.
Metall sarfining deyarli 3 marta kiskarishiga, yogoch materiallar tejami 1,1-1,2 mln. kub
metrga yetadi. Sarf xarajatlar 3 yil mobaynida uz urnini koplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |