Madaniy va musiqiy xayot XX - asr boshlarida.
(1900-1917 yillarda)
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhit: 1904-1905 yy. rus-yapon urushi, 1905 y. Rossiyada inqilobiy harakat, 1914-1917 yy. Birinchi jahon urushlarni iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga salbiy ta’siri. Rossiyada turli siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi va ularning faoliyati. O’rta Osiyoga ham ta’siri.
2. O’rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasi mustamlakachilik changalidan ozod bo’lishda jadidchilik harakatining paydo bo’lishi va mohiyati. Jadidchilik harakatlari ulug’ namoyondalarining ijodiy faoliyatlari. Jadidchilar va Qadimiylarning g’oyaviy kurashlari. Jadidchilarning matbuot va ma’rufchilik faoliyatlari. Milliy uyg’onish davridagi o’zbek adabiyoti va san’ati. Ovropa uslubidagi milliy teatrning bunyodga kelishida jadidlarning o’rni. O’zbek xalqining musiqiy merosi va uning XX-asr boshlarida yashagan namoyondalari. Hofizlar: Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Mulla To’ychi Toshmuhamedov, SHorahim SHoumarov, Erka Qori, Qurbon ota, Otajon Abdullaev (Xevon bobo), Onabibi Qori Otajonova, SHojalil, Nabixo’ja, Ilxom Rustamxon, Sodirxon va Hofizlar. Sozandalar: SHobarat-tanburchi, Abdusoat, Solixon, Karimbek-dutorchilar, Mirqosim tanburchi, Abduqodir Ismoilov-naychi, Ahmadjon Umurzoqov, Usta Ro’zmatxon, Qurbon g’ijjakchi, Sultonxon Xalimov-tanburchi, Matyoqub Xarrat (Xarrat Devon bobo nomi bilan mashhur), Madrahim SHeroziy Orif Toshmatov (Orif garmon va boshkalar.).
O’zbekistonning musiqiy madaniyati 20-40 yillar
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot muhiti: 1917-1940 yy. Badiiy havaskorlar jamoalarining tashkil topishi, faoliyati va professional san’atlarning rivojlanish jarayoniga tashkil topishining quyidagi mohiyati . Respublikada maxsus musiqa o’kuv maskanlarning ochilishi, faoliyati va muhiti. Milliy professional zamonaviy teatrlarning bunyodga kelishi. O’zbekiston radio eshittirish komitetining 1927y. Tashkil topishi va musiqiy targ’iboti. O’zbek radio va va O’zbek filarmoniya qoshidagi ijrochi jamoalarning tashkil topishi, faoliyati va mohiyati. Bastakorlik san’atning namoyondalari: Hoji Abdulaziz Rasulov, Yu.Rajabiy, T.Jalilov, F.Sodiqov, N.Xasanov, K.Jabborov, P.Raximov, S.Kolonov, M.Murtazoev, M.Niyozov, M.Xarratov, J.SHomurodovlarning hayoti va ijodiy faoliyatlari. O’zbekiston Kompoztorlari uyushmasining tashkil topishi, faoliyati va mohiyati.
2. Madaniy va musiqiy hayot 1941-1945yy ikkinchi jahon urush yillarida. Kontsert tashkilotlari va teatrlar faoliyati. Front kontsert brigadalarining tashkil topishi va faoliyatlari. SHu yillarda bastakor va kompozitorlarni ijodiy faoliyati. Urush yillarida bunyodga kelgan musiqali drama va operalar. Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |