Ma’ruzalar matni mavzu: O’zbek xalq musiqasi janrlari



Download 1,15 Mb.
bet16/32
Sana02.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#478475
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
MA’ruzalar matni mavzu O’zbek xalq musiqasi janrlari

4. Urma cholg’u asboblari.


Doira (dap, childirma) – O’zbekistonda keng tarqalgan cholg’u asbobi hisoblanadi. Doira turli tuman tembr, ritmik va dinamik tuslarga ega. U ikki qo’llab chalinadi. Kaft bilan barmoqlarni siqiq tutgan holda doira o’rtasiga urilganda (katta bum), bukilgan o’rta barmoq bilan doira o’rtasiga urilganda (kichik bum) hosil bo’ladi. Barmoqlarni yozib, kaft bilan doiraning chetiga va o’rtasiga bir yo’la qattiq urish katta bak deb ataladi. Yon barmoq bilan doira chetiga urish kichik bak deb ataladi.
Nog’ora – yog’och parchinlardan yasalgan uchta “xum” dan iborat bo’lib, yuqori keng qismiga teri qoplanadi. Har qaysisining vint mexanizmi bor. Nog’orani sozlash uchun shu mexanizm yordamida terining tarangligi rostlanadi. Nog’oralarning turlari sifatida do’l nog’ora, rez nog’ora va juda keng ishlatiladigan qo’sh nog’orani ko’rsatish mumkin.
Qayroqlar – o’ziga xos bir–biriga urilib chalinadigan urma asbob bo’lib, Xorazm viloyatida, ayniqsa, keng tarqalgan.
Safoil – jaranglaydigan urma asbob ikkita yog’och tayoqchadan iborat. Bu tayoqchalarning har qaysinisida 16 ta halqachalar o’rnatilib, ikkita temir halqaga mahkamlab qo’yilgan. Katta va kichik halqalar bir–biriga va yog’ochga urilib, jaranglagan shiqildoq tovush chiqaradi.


5. Kamonchali cholg’u asboblari.


G’ijjak – tovush kengligi, ya’ni diapazonning juda kattaligi bilan ajralib turadi. G’ijjak o’tirib chalinadi. G’ijjak qobiqchasining pastki qirrasi tizzaga o’rnatiladi, kamon esa ko’ndalangiga ushlanadi. G’ijjakda torlar soni 4 ta bo’ladi. Kvintaga sozlanadi. G’ijjakning birinchi tori “mi”, ikkinchi tori “lya”, uchichi tori “re”, to’rtinchi tori “solь” tovushiga sozlanadi. Diapazoni: “Solь” kichik oktavadan “lya” uchinchi oktavagacha. Uch oktavani o’z ichiga oladi.
Sato – kamoncha torli asbob bo’lib, tanburga o’xshaydi, uning to’rtta tori bor. Bularning sozi tanbur sozlarining sozidan farq qilmaydi. Sato birmuncha serohang, mayin va yoqimli tovush chiqaradi. Sato uchun notalar tanburdagi singari skripka kalitida yoziladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish