Botqoqliklarning to’yinishida yuza suvlar, jumladan, atmosfera yog’inlari, daryo suvlari hamda yer osti suvlari ishtirok etadi. Botqoqliklarning to’yinishida ishtirok etadigan ushbu gidrologik omillarning hissalari ularning joylashish o’rni, relef sharoiti va iqlimiy omillarga bog’liq.
Botqoqliklarda grunt suvlar sathining tebranishi iqlimiy omillar (atmosfera yog’inlari, bug’lanish), yer sirti relefi va botqoqlikdagi o’simlik turiga bog’liq. Barcha turdagi botqoqliklar uchun yil davomida suv sathining ikki marta maksimumga va ikki marta minimumga erishishi xosdir. Maksimumlar bahorda va kuzda, minimumlar esa yozda va qishda kuzatiladi.
Botqoqliklardan bug’lanish jarayoni va uning jadalligi grunt suvlari sathining balandligiga, botqoqlik massivlari yuza qatlamlarining tuzilishiga, o’simliklar turiga va boshqa omillarga bog’liq. Shu tufayli bug’lanish rejimi turli botqoqliklarda turlicha bo’ladi.
Botqoqliqlarda suvning harakati vertikal va nishab tomon yo’nalishdagi sizib o’tish - filtratsiya ko’rinishida bo’ladi. Torf qatlamlarining turlicha qalinlikda va turlicha zichlikda bo’lishi tufayli ularning suv o’tkazuvchanligi ham bir-biridan farq qiladi.
Botqoqlikning muzlashi va erishi ko’p jihatdan torf qatlamining issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq. Ma’lumki, torfning issiqlik o’tkazuvchanligi boshqa jinslarga nisbatan juda kichikdir. Shu tufayli botqoqliklarning muzlashi barqaror manfiy harorat kuzatilishi bilan 12-17 kun o’tgach boshlanadi. Shu vaqt oralig’ida botqoqlik yuzasini qor qoplami egallasa, u butunlay muzlamasligi ham mumkin.
Botqoqliklarning suv balansi. Botqoqliklarni to’yintiruvchi va undan sarflanuvchi elementlarni hisobga olib, suv balansi tenglamasini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
bu yerda: X - atmosfera yog’inlari; U1 - botqoqliklarga daryolar va ularning tarmoqlaridan qo’shiladigan suvlar; U2 - botqoqlikka atrofdan qo’shiladigan yuza va grunt suvlari; U3 - botqoqlikdan oqib chiqadigan daryo suvlari; U4 - botqoqlikdan yon atrofdagi quruqlikka sizib o’tadigan suvlar; Ye - botqoqlikdan yalpi bug’lanish; W - botqoqlikda namlik zahirasining o’zgarishi.
Yuqorida keltirilgan tenglamadagi atmosfera yog’inlarini, daryo suvlarini va bug’lanishni bevosita o’lchashlar yordamida baholash mumkin. Suv balansi tenglamasining qolgan elementlari maxsus hisoblash usullari bilan baholanadi.
K.Ye.Ivanovning olib borgan ko’p yillik tadqiqotlari natijasiga ko’ra botqoqliklarda yilning issiq yarim yilligida (may-oktyabr) suv balansining chiqim qismi – oqimga 20 %, bug’lanishga 80 % sarflanadi. Bug’lanish asosan may – iyul oylarida kuzatiladi. Bu davrda bug’lanish atmosfera yog’iniga nisbatan biroz oshadi. Bu esa botqoqliklarda namlikning biroz kamayishiga sabab bo’ladi. Botqoqlikdan bo’ladigan yuza oqim yoz davrida (iyun-avgust) juda kam, bug’lanishga nisbatan bor yo’g’i 5 % ni tashkil etadi.
Botqoqliklarda oqim qishki–bahorgi yarim yillikda ortadi va yillik yig’indiga nisbatan 75 % ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda botqoqliklar yuzasidan bo’ladigan bug’lanish miqdorini hisoblashda Davlat Gidrologiya instituti (DGI) ishlab chiqqan quyidagi ifodadan keng foydalaniladi:
bu yerda: Z – oylik bug’lanish miqdori, mm/oy, Rb – radiatsiya balansi, kal/sm2, - botqoqlik mikrolandshafti va vegetatsiya davrini hisobga oladigan koeffitsient.
Do'stlaringiz bilan baham: |