Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Botqoqliklarning daryolar suv rejimiga ta’siri



Download 4,44 Mb.
bet83/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Botqoqliklarning daryolar suv rejimiga ta’siri
Botqoqliklarning daryo oqimiga va uning yil davomida taqsimlanishiga ta’siri birinchi navbatda ularning turlari, geografik o’rni va iqlim sharoiti bilan aniqlanadi.
Daryo havzasida pastqamliklardagi, ya’ni yevtrof botqoqliklarning bo’lishi ularning oqimini kamaytiradi. Buning sababini botqoqlikda mavjud bo’lgan suvning katta qismining bug’lanishga va transpiratsiyaga sarflanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu holat namlanish barqaror bo’lmagan va yetishmaydigan hududlarda, ayniqsa, sezilarli bo’ladi.
Do’ngliklardagi, ya’ni oligotrof botqoqliklarda bahorda yuza oqim kuzatilmaydi, erigan qor suvlari to’laligicha botqoqlikka shimiladi. Shu tufayli bahorda ulardan oqib chiqadigan jilg’alarda suv sathi keskin ko’tarilib, ularning suvliligi ortadi. Bu jarayon botqoqlikda to’plangan erkin suvlar zahirasi tugaguncha davom etadi. Demak, bunday botqoqliklar daryolarning mejen davridagi oqimini ko’paytirmaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, botqoqlik daryo oqimiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Boqoqliklar namlik yetarli va ortiqcha bo’lgan hududlarda daryolarning o’rtacha ko’p yillik oqimiga deyarli ta’sir etmaydi. Biroq, ularning maksimal oqimini kamaytiradi, minimal oqimini esa, aksincha, qisman ko’paytiradi.
Yirik botqoqlik massivlarida ulardagi erkin suvlarning to’planishidan hosil bo’lgan ko’llar ham uchraydi. Bu ko’llar ma’lum darajada daryo oqimini boshqarib turadi.
O’rta Osiyoda botqoqliklarning taqsimlanishi
O’rta Osiyoda botqoqlik asosan daryolar vodiylarida, ularning konus yoyilmalarining tevarak-atroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Ko’pchilik hollarda, ayniqsa, tekisliklarda ko’llar bilan botqoqliklarni bir-biridan ajratish ancha murakkab. Buning sababi shundan iboratki, yilning ma’lum davrlarida, to’yinish sharoitiga bog’liq holda, ayrim ko’llar botqoqliklarga va, aksincha, botqoqliklar ko’llarga aylanib turadi.
O’rta Osiyo botqoqliklaridagi o’simliklar asosan qo’g’a, qamishdan iborat. Torf qatlamlari kamdan kam botqoqiklarda uchraydi va ular juda yupqa.
Tekisliklarda sho’r bosgan botqoqliklar ko’p uchraydi. Ular asosan pastqam joylarda, ayniqsa, sho’r ko’llarda, qadimiy daryo vodiylarida va ko’llarning sohillarida tarqalgan. Sho’r bosgan botqoqliklarning suv rejimi ancha murakkabdir. Ular sho’r ko’llarning qurib borishi natijasida hosil bo’ladi. Umuman olganda O’rta Osiyo botqoqliklari yaxshi o’rganilmagan.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish