Hammasi
|
114147
|
Yangi Yer
|
23900
|
Sh i m o l i y A m ye r i k a
|
FrantsIosif Yeri
|
14360
|
Alyaska
|
103700
|
Shimoliy Yer
|
16908
|
Kanada
|
15000
|
Arktikadagi boshqa orollar
|
758
|
AQSh va Meksika
|
661
|
Hammasi
|
2083438
|
Hammasi
|
67661
|
Ye v r o p a
|
Janubiy Amerika
|
25000
|
Piriney
|
30
|
Afrika
|
23
|
Alp
|
3600
|
O k ye a n i ya
|
Skandinaviya
|
3060
|
Yangi Gvineya
|
15
|
Ural
|
25
|
Yangi Zelandiya
|
1000
|
Hammasi
|
8656
|
Hammasi
|
1015
|
O s i yo
|
A n t a r k t i d a
|
Kavkaz
|
1800
|
Antarktida
|
13 979 000
|
|
|
Antarktida
|
13 975 000
|
|
|
muz qoplami
|
13 779 000
|
shundan:
er sirtida
|
12 150 000
|
suzuvchi
|
1 460 000
|
orollar
|
169 000
|
vaho muzliklari va .....
|
196 000
|
|
|
Antarktika orollari atrofida
|
4 000
|
|
|
Hammasi
|
13 979 000
|
Sibir
|
477
|
|
|
Koryak tog’ligi
|
180
|
|
|
Kamchatka
|
866
|
Yer yuzasi bo’yicha
|
15503939
|
Muzliklarning gidrologik ahamiyati
Tog’ muzliklarining erishidan hosil bo’lgan suv daryolar to’yinishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Muzlik hisobiga to’yinish undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida muzlikning bo’lishi oqim rejimining o’ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Jumladan, yillik oqimning o’zgaruvchanligi kamayadi.
Muzliklar suvlaridan to’yinadigan daryolar yozgi to’linsuv davrining davomliligi va suv sathi hamda sarfining nisbatan katta bo’lmagan tebranishi bilan ajralib turadi. To’linsuv davri boshida daryolar to’yinishida mavsumiy qorlar qatnashadi. Muzlikning yuza qismidagi qorlar eriy boshlashi bilan daryodagi suv miqdori ham orta boradi. Ba’zan haroratning keskin ko’tarilishi natijasida toshqinlar ham kuzatiladi. Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, muzlik tanasida yoki muzlikdan quyida hosil bo’lgan ko’llarda to’plangan suvning daryo oqimiga qo’shilishi sabab bo’ladi. Ana shunday ko’llarda to’plangan suvning to’g’onni yorib o’tishi (to’g’onning buzilishi) hollari Himolay, Tyanshan, Pomir-Oloy tog’larida tez-tez kuzatiladi. Ayrim hollarda ular falokatli sel toshqinlariga sabab bo’ladi. Masalan, 1973 yil iyul oyida Almati shahri yaqinida, 1998 yil 8 iyunda Shohirmardonda kuzatilgan sel toshqinlari muzliklar faoliyati bilan bog’liq.
Yirik muzliklardan to’yinadigan daryolar suv rejimini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yozning birinchi yarmida muzlik tanasida va uning yuzasidagi botiqliklarda va ko’llarda suvning to’planishi-akkumulyatsiyasi ro’y beradi. Yozning ikkinchi yarmida esa bu suvlar daryo o’zaniga oqib tushadi (13.4 - rasm).
13.4 - rasm. Seldara daryosi (Mug’suv daryosi irmog’i) o’rtacha dekadali
suv sarflarining Oltinmozor meteorologik stantsiyasida kuzatilgan
havo harorati bilan bog’liqligi
Daryo havzasidagi muzliklar egallagan maydonning o’lchami oqimning yil ichida taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Havzada muzlik maydonining ortishi bilan yozning ikkinchi yarmidagi (iyul-sentyabr) oqim hajmi mart-iyun davri oqimiga nisbatan katta bo’ladi. Buning asosiy sababi daryoning to’yinishida muzlik suvi hissasining ortishidir. Bu qonuniyat V.L.Shults parametri
bilan havzadagi muzlik egallagan maydonni taqqoslaganda aniq namoyon bo’ladi.
Yoz faslida, muzlikdan to’yinadigan daryolarda suv sathi va sarfining kunlik tebranishi kuzatiladi, ya’ni ular havo haroratiga bog’liq holda ortadi yoki kamayadi (13.5 - rasm).
13.5 - rasm. Zarafshon daryosining muzlikka yaqin qismida havo harorati (t)
va suv sathi (N) ning tebranishi (L.K.Davidov ma’lumoti)
Tog’ muzliklarining rejimini va ulardan oqib chiqadigan daryolarni har tomonlama o’rganish qishloq xo’jaligi sug’orma dehqonchilikka asoslangan O’rta Osiyo sharoitida katta amaliy ahamiyatga ega.
O’zbekiston muzliklari
O’zbekiston tog’larida muzliklar Chirchiq, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarining yuqori-suvayirg’ichlarga yaqin qismlarida joylashgan. Ularning "Muzliklar katalogi" bo’yicha aniqlangan soni 550 ga yaqin bo’lib, umumiy maydoni 232,2 km2 ni tashkil etadi (13.2 - jadval).
13.2 - jadval
O’zbekiston muzliklari haqida ayrim ma’lumotlar
Daryo havzasi
|
Muzliklar soni
|
Maydoni, km2
|
Eng katta muzlikning nomi
|
Umumiy
|
Eng katta muzlik
|
Piskom
|
250
|
127,8
|
3,8
|
Ayutor3
|
Qashqadaryo
|
58
|
20,8
|
2,6
|
Ko’l
|
Surxondaryo
|
239
|
83,6
|
1,9
|
Chap Qaznoq
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |