Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja



Download 4,44 Mb.
bet18/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Vadoz yer osti suvlari, ya’ni yerning ustki qatlami- po’stidagi suvlar o’z navbatida uch turga bo’linadi:
- infiltratsion yer osti suvlari;
- inflyuatsion yer osti suvlari;
- kondensatsion yer osti suvlari.
Infiltratsion yer osti suvlariga donador tog’ jinslari orasidan shimilib, yer ostiga o’tgan suvlar kiradi.
Inflyuatsion suvlarga esa tog’ jinslaridagi yoriqlar va bo’shliqlar orqali yer ostiga o’tadigan suvlar kiradi.
Yer osti yoriqlari va bo’shliqlarida uchraydigan bug’ ko’rinishidagi nam havoning kondensatsiyalanishi natijasida kondensatsion yer osti suvlari hosil bo’ladi.
Vadoz suvlar Yer kurrasida suvning umumiy aylanishida faol ishtirok etadi, aniqrog’i ular Yer yuzasidagi suv havzalari hamda atmosferadagi namlik bilan chambarchas bog’langan.
Yuvenil yer osti suvlarining kelib chiqishi magmatik va metamorfik jarayonlar bilan bog’liqdir. Bu guruhdagi yer osti suvlari vodorod (N) va kislorod (O2) molekulalarining qo’shilishidan hosil bo’lgach, tabiatda suvning aylanishida birinchi marta ishtirok etadi.
Sedimentatsion yer osti suvlari yuqorida qayd etilganidek, uzoq vaqt davomida suvning tabiiy aylanishida qatnashmasligi mumkin.
Yer osti suvlarining turlari, tasniflari
Tabiatda, kelib chiqish sharoitiga ko’ra, bir turli bo’lgan yer osti suvlarini ajratish mushkul. Chunki bir geologik strukturaning geologik tarixi mobaynida yer osti suvlarining to’yinishida yuqorida qayd etilgan har uch guruh suvlari ham qatnashishi mumkin.
Yer osti suvlari joylashish sharoitiga qarab:
- tuproq suvlari;
- grunt suvlari;
- qatlamlar orasidagi (bosimli) suvlarga bo’linadi.
Qayd etish lozimki, tuproq suvlari ham, grunt suvlari ham, qatlamlar orasidagi suvlar ham tog’ jinslarining g’ovaklari, yoriqlari hamda karst bo’shliqlarida bo’lishi mumkin.
Yer qobig’ining yuza qismi yer osti suvlarining joylashishiga qarab ikki zonaga - aeratsiya va to’yinish zonalariga bo’linadi. Aeratsiya zonasida tog’ jinslari g’ovaklari suv bilan to’la qoplanmagan bo’lib, u yerda atmosfera havosi ham mavjud bo’ladi. To’yinish zonasida esa tuproq va tog’ jinslari bo’shliqlari suv bilan to’lgan bo’ladi.
Yer yuzasiga yaqin bo’lgan tuproq qatlamida joylashgan va odatda, mavsumiy ravishda bo’ladigan suvlar tuproq suvlari deb ataladi. Bunday suvlarning asosiy manbai yog’in-sochin hamda atmosferadagi namlikdir. Shuning uchun ham ular yilning namlik ko’p bo’lgan mavsumlaridagina hosil bo’ladi. Tuproq suvlari boshqa yer osti suvlariga qaraganda anchagina yuqorida joylashgan va ulardan suvsiz yoki sal nam qatlam - aeratsiya zonasi bilan ajralgan bo’ladi.
Aeratsiya zonasi yer osti suvlarini yer yuzasidan pastki qatlamlarga va pastki qatlamlardan yer yuzasiga bug’ shaklida o’tkazib turadi.
Tuproq suvlaridan pastda joylashgan suv qatlami grunt suvlari deb nomlanadi. Grunt suvlari suv o’tkazmaydigan qatlamning ustida yig’iladi va odatda qum hamda shag’al qatlami orasida sizib yuradi. Bu yerga yer yuzasidan yomg’ir, qor va daryo suvlari sizib o’tadi. Chunki grunt suvlarining ustida suv o’tkazmaydigan qatlam bo’lmaydi. Grunt suvlari faqat og’irlik kuchi ta’siri ostida sizib, harakatga keladi, ular bosim kuchiga ega emas.
Odatda, quduq suvi grunt suvlari qatlamidan hosil bo’ladi. Tabiiy sharoitda, Yer po’sti qatlamlarining geologik tuzilishiga bog’liq holda, bunday yer osti suvlari grunt suvlari oqimini yoki grunt suvlari havzasini hosil qilishi mumkin (6.1-rasm).


Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish