Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Qorning gletcher muziga va muzlikka aylanishi



Download 4,44 Mb.
bet74/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Qorning gletcher muziga va muzlikka aylanishi
Qor chizig’idan yuqorida, ya’ni musbat balansli qismda qor qoplami vaqt o’tishi bilan firn-qotgan qorga aylanadi. "Firn" nemischa "Firnschnee" so’zidan olingan bo’lib, "o’tgan yilgi" degan ma’noni beradi. Qorning firnga aylanish jarayoni firnlashuv deb ataladi. Bu hodisaga birinchi sabab qor qoplami yuqori qatlamining uning pastki qismiga ko’rsatadigan bosimidir. Shu bilan bir qatorda qor qoplamining yuqori qismida erigan qor suvlarining uning pastki qismiga o’tishi va u yerda muzlashi ham firnlashuvga sabab bo’ladi.
Demak, firnlashuv jarayoni ikki xil sharoitda kechadi: a) manfiy haroratda, bosim ta’sirida firnlashuv, bunday sharoitda rekristallizatsiyalashgan firn hosil bo’ladi; b) erish va qaytadan muzlash sharoitida hosil bo’lgan firn, u rejelyatsion firn deyiladi. Firnning zichligi 0,35-0,80 g/sm3 ga teng bo’ladi.
Firnlashuv jarayoni iqlim sharoitiga bog’liq holda turli hududlarda turlicha vaqtni talab etadi. Masalan, bu jarayonning to’la kechishi uchun And tog’larining Chili qismida 4 oy, Alp va Iliorti Olatovida 1 yil, Janubiy Alyaskada 4 yil zarur bo’lsa, Grenlandiyada 20 yilgacha cho’ziladi.
Firnning zichlashib borishi gletcher muzligining hosil bo’lishiga olib keladi (zichligi 0,90 g/sm3 gacha). Uning yanada zichlashishi natijasida esa haqiqiy muzlik hosil bo’ladi.
Ma’lum sharoitlarda muzlik elastiklik xususiyatiga ega bo’ladi, U qanchalik katta bosim ostida bo’lsa va harorati erish haroratiga qancha yaqin bo’lsa, uning elastikligi shuncha katta bo’ladi.
Muzliklar doimiy harakatda bo’ladi. Harakat tezligi yonbag’ir nishabligi va muzlik qoplami qalinligiga bog’liq. Nisbatan yuqori haroratlarda ham tezlik ortadi. Lekin ko’p hollarda muzlikning harakat tezligi 1 kunda 0,5 m dan oshmaydi, eng katta tezlik (10-40 m/kun) Grenlandiya muzliklarida o’lchangan. Muzlik yuzasining o’rta qismi uning chekkalariga nisbatan, yuza qismi chuqur qismlariga nisbatan tezroq harakatlanadi. Yoz oylarida qishdagiga nisbatan, kunduz kunlari esa tungi soatlarga nisbatan tez harakatlanadi. Agarda muzlik tubi relefi va yuzasi qirqimida (profilida) keskin o’zgarishlar bo’lsa, unga muzlikning elastikligi bardosh bera olmaydi va natijada muzlikda chuqur yoriqlar hosil bo’lishi mumkin. O’rta Osiyo muzliklarida bunday yoriqlar juda ko’p va ular muzshunos-glyatsiolog tadqiqotchilar hamda tog’ sayohatchilari hayoti uchun juda xavflidir.
Muzlik qatlamlardan iborat bo’ladi, chunki u yil davomida turli mavsumlarda turlicha qiymatlarda to’yinadi. Ular bir-biridan zichligi va rangi bilan ajralib turadi va me’yordagi atmosfera bosimida (760 mm) 00 S haroratda eriydi. Bosim 1 atmosferaga ortishi bilan uning erish harorati 0,0073 0S ga pasayadi. Bu holat muzlik suvlari hisobiga to’yinuvchi daryolarda doim suv oqib turishini ta’minlaydigan omillardan biri hisoblanadi.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish