12.5 - rasm. Suv omborlarida suv sathining yil davomida o’zgarishi.
1-Kattaqo’rg’on suv ombori (1958 y.), 2- Qayroqqum suv ombori (1961 y.)
Suv omborlarining suv balansi. Suv omborlarida suv hajmi doim bir xil miqdorga ega bo’lmaydi. U turli yo’llar (suv omborlarida suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanish, suv ombori kosasi tubiga shimilish) bilan kamayib tursa, bu kamayishni suv omboriga qo’shiladigan suvlar-daryolar keltirib quyadigan suvlar, atmosfera yog’inlari to’ldirib turadi. Ana shu sarflanuvchi va to’ldiruvchi elementlarni hisobga olish bilan suv omborlarining suv balansi tenglamasi tuziladi. Demak, mazkur tenglamalarda qatnashuvchi elementlarni ko’llardagi kabi quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin:
1) to’yintiruvchi elementlar guruhi. Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- suv ombori yuzasiga tushadigan yog’inlar - X;
- suv omboriga daryolardan kelib qo’shiladigan suvlar - Uk;
- suv omboriga qo’shiladigan yer osti suvlari - Uer;
- suv ombori yuzasida suv bug’larining kondensatsiyasi – K.
2) sarflanuvchi elementlar guruhi, quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
- suv ombori yuzasidan bo’ladigan bug’lanish - Z;
- suv omboridan oqib chiqadigan suvlar - Uch;
- suv ombori tubiga shimiladigan suvlar - Ush;
- suv omboridan xalq xo’jaligi maqsadlarida foydalanish uchun olinadigan suv - q.
Yuqoridagilarni bilgan holda suv balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
X + Uk + Uer + K = Z + Uch + Ush + q ΔW ,
tenglamadagi ΔW-o’rganilayotgan vaqt (oy, yil, ko’p yil) davomida suv omboridagi suv hajmining me’yorga nisbatan o’zgarishini ifodalaydi. Tenglamadagi barcha ifodalarni hajm birligida (m3, km3) ifodalagan ma’qul.
Suv omborlarining harorat rejimini ikki qismga bo’lib, ya’ni suv yuzasi va chuqurlik bo’yicha o’rganish ancha qulaydir. Dastlab suv yuzasi harorati ustida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun O’zbekistondagi ayrim suv omborlari harorat rejimining yil davomida o’zgarishini tahlil qilaylik (12.6 - rasm).
Suv omborlarining harorat rejimini chuqurlik bo’yicha o’zgarishini o’rganish ham juda muhimdir. Suv omborlarining ko’plarida yil davomida turli qatlamlardagi suv massalari yaxshi aralashib turadi. Shu sababli ularning harorati suv ombori tubiga tomon juda kam o’zgarib boradi. Faqatgina bahorning oxiri-yozning boshlarida, ya’ni suv sathi eng baland bo’lgan vaqtlardagina O’zbekiston tog’li hududlaridagi deyarli barcha suv omborlarida haroratning chuqurlik bo’yicha o’zgarishini kuzatish mumkin. Qish oylarida esa tog’li hududlardagi suv omborlari harorati chuqurlik bo’yicha ortib boradi, biroq bu ortish uncha katta bo’lmaydi.
12.6 - rasm. Suv omborlarida suv haroratining yil davomida o’zgarishi (A.M.Nikitin bo’yicha). Suv ombolari: 1-Qayroqqum (Qayroqqum shahri yonida), 2-Chimqo’rg’on, 3-Kattaqo’rg’on, 4-Chorbog’, 5-O’rtato’qay.
Suv omboriga quyilayotgan daryo suvlari harorati undagi suv haroratiga nisbatan ancha sovuq bo’ladi. Shu sababli ham suv omboriga daryolar keltirib quyadigan suv uning tubiga tushadi. Shuning uchun ham bahoryoz oylarida suv omborlari tubidagi suv harorati ularning yuza qismidagidan 80-100 S farq qiladi. Kuz-qish oylarida esa, aksincha, suv omboriga quyiladigan daryolar suvi keskin kamayadi. Natijada suv ombori yuzasidan tubiga qarab suv harorati ko’tarilib boradi. Bunga misol qilib Chorbog’ suv omborini keltirish mumkin (12.1 - jadval).
12.1-jadval
O’rta Osiyodagi ayrim suv omborlarining ko’p yillik
gidrokimyoviy tarkibi, mg/l
Do'stlaringiz bilan baham: |