Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja



Download 4,44 Mb.
bet71/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Suv omborlari

Hisob
davri

HCO

SO

Cl

ionlar
yig’indisi

sinflar

Chorbog’

1971­80

138,2

22,6

7,8

223,1

S ­ S

Kosonsoy

1958­61

158,8

43,2

15,5

291,8

S ­ S

Tuyabo’g’iz

1968­80

134,4

74,6

15,3

304,8

S

Kattaqo’rg’on

1970­80

156,8

129,7

22,7

417,4

C ­ S

Jizzax

1969­70

219,7

149,8

19,0

527,2

S

Jan. Surxon

1970­80

151,9

217,1

30,5

551,2

S

Chimqo’rg’on

1974­80

173,7

210,8

43,4

581,2

S

Pachkamar

1969­70

139,7

414,7

62,0

866,2

S

Uchqizil

1972­80

134,2

422,7

88,0

908,8

S

Qayroqqum

1968­80

162,3

492,8

105,7

1062,5

S

Tuyamo’yin

1983

114,6

417,3

205,7

1069,5

S

Quyimozor

1973­80

143,4

491,0

158,9

1135,6

S

Chordara

1966­76

181,6

524,6

157,0

1202,0

S

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Qayroqqum, Tuyamo’yin, Quyimozor, Chordara suv omborlari o’rtacha ko’p yillik minerallashuv darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ularda o’rtacha yillik ionlar yig’indisi 1000 mg/l dan katta.


Suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi. Suv omborlarida suv almashinuvining tez borishi ularning boshqa suv havzalari - okeanlar, dengizlar, ko’llarga nisbatan kam darajada minerallashuviga sabab bo’ladi. Suv omborlarining minerallashuv darajasi ular suvida eri­gan moddalar miqdori bilan aniqlanadi. Suv ombori suvining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar-NSO3­, SO3­ , SO4­, Cl­ anionlari va Sa+, Na+, Mg+, K+ kationlari miqdori bilan xarakterlanadi. Demak, suv ombori suvining minerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud bo’lgan gramm yoki milligrammlarda ifodalangan erigan moddalar miqdoriga aytiladi.
O.A.Alyokin barcha tabiiy suvlarni, shu jumladan daryo suvlarini ham ular tarkibidagi anionlar miqdoriga bog’liq holda quyidagi uchta sinfga bo’ladi:
- gidrokarbonatli (karbonatli) suvlar, ularda NSO3­ va SO3­ anionlari boshqa anionlarga nisbatan ko’p bo’ladi;
- sulfatli suvlar-SO4­ anionlari ko’p;
- xloridli suvlarda Cl­ anionlari ko’p bo’ladi.
O’rta Osiyodagi ba’zi suv omborlari suvining gidrokimyoviy tarkibi 12.1-jadvalda ko’rsatilgan. Jadvaldagi S-gidrokarbonatli suvlar sinfini, S-sulfatli suvlar sinfini, S­S-gidrokarbonatli-sulfatli suvlar sinfini ifodalaydi.
O.A.Alyokin tasnifi bo’yicha Tuyamo’yin suv ombori suvining gidrokimyoviy tarkibi sulfatli sinf, II tip, natriyli guruhga mansubdir.
Jadval ma’lumotlari yana shundan dalolat beradiki, tog’li hududlardagi suv omborlarida minerallashuv darajasi tekislikdagilarga nisbatan ancha kam. Masalan, Chorbog’, O’rtato’qay, Tuyabo’g’iz suv omborlarida ionlar yig’indisi 200­300 mg/l oralig’ida o’zgaradi. Tekislikda joylashgan Quyimozor suv omborida esa uning qiymati 1150 mg/l gacha ortadi. Shu bilan birga tog’ suv omborlarining suvi O.A.Alyokin tasnifi bo’yicha gidrokarbonatli sinfga mansub bo’lsa, tekislik suv omborlari esa aksariyat hollarda sulfatli sinfga kiradi.


Orol dengizi sathining pasayishi va uning sabablari
Prezident Islom Karimov "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida Orol fojiasiga alohida e’tibor berib, jumladan shunday yozadi: "Orol dengizining qurib borishi xavfli, g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo’lib qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi. Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo’qolib borishiga guvoh bo’lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko’z o’ngida butun bir dengiz halok bo’lgani holi hali ro’y bergan emas edi".
Haqiqatan ham Yer kurrasidagi ko’pchilik ko’llarning tabiiy gidrologik rejimi insonning xo’jalik faoliyati, ya’ni antropogen omillar ta’sirida keskin o’zgarishga uchramoqda. Bu holat Orol dengizida yaqqol ko’rinadi.
Bu fojianing asosiy sababi quyidagilardan iborat. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab Orol dengizi havzasida joylashgan barcha davlatlar - O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston hududida, asosan, paxta yakkahokimligini ko’zlab, sug’oriladigan ekin maydonlarini kengaytirish avj oldi. Shu maqsadda havzada suv omborlari, kanallar qurilishi ishlari keng miqyosda boshlab yuborildi. Ayni bir vaqtda Orol havzasi mamlakatlarida sanoat tarmoqlarining, ayniqsa uning suvni ko’p ishlatadigan sohalari-ximiya, rangli metallurgiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi hamda aholi sonining o’sib borishi natijasida suvga bo’lgan talab yildan-yilga orta boshladi. Natijada havzada mavjud bo’lgan barcha suv resurslari inson izmiga to’la bo’ysundirildi. Oqibatda dengizga Amudaryo va Sirdaryo keltirib quyadigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Bu esa o’z navbatida dengiz sathining jadal sur’atlarda pasayishiga olib keldi.
Orol dengizi O’rta Osiyoning yog’in eng kam yog’adigan Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt, Katta Bo’rsiq, Kichik Bo’rsiq cho’llari tutashgan qismida joylashgan. U 20-asrning 60-yillarigacha suv yuzasi maydonining kattaligi jihatdan O’rta Osiyoda birinchi, dunyo bo’yicha esa Kaspiy dengizi, Shimoliy Amerikadagi Yuqoriko’l, Afrikadagi Viktoriya ko’llaridan so’ng to’rtinchi o’rinda turgan.
Orol dengizi suv rejimini doimiy kuzatish ishlari 1911 yildan boshlab olib borilmoqda. Shu yildan 1961 yilgacha bo’lgan 50 yillik davr ichida dengizning o’rtacha ko’p yillik suv sathining mutlaq (absolyut) balandligi 53,04 metrga teng bo’lgan. Shu muddat davomida suv eng ko’p bo’lgan 1936 yilda o’rtacha yillik suv sathi 53,59 metrgacha ko’tarilgan bo’lsa, suv eng kam bo’lgan 1919 yilda esa 52,61 metrgacha pasaygan. Demak, 1911-1961 yillarda dengizning o’rtacha yillik suv sathi 0,5 metr atrofida o’zgarib turgan.
Quyida keltirilgan ma’lumotlar suv sathining o’rtacha ko’p yillik qiymati (53,04 metr)ga asoslangan. Orol dengizining o’sha vaqtdagi maydoni (orollari yuzasi bilan birga) 68321 km2, uzunligi 414 km, eng keng joyi 292 km bo’lgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orol bo’lib, ularning umumiy maydoni 2235 kv.km ni tashkil etgan. Yirik orollar sifatida Ko’korol (173 km2), Vozrojdenie (261 km2), Borsa-kelmas (133 km2) kabilarni ko’rsatish mumkin.
Orol dengizi sayoz ko’ldir. O’sha davrda uning o’rtacha chuqurligi 16 metr, eng chuqur joyi esa 69 metr bo’lgan. Sayoz bo’lgani uchun Orol dengizining suv hajmi uncha katta emas, ya’ni 1063 km3 dan iborat bo’lgan. Bu raqamni Issiqko’lning suv hajmi bilan solishtirsak, unga nisbatan 1,6 marta kam demakdir.
Orol dengizi dastlab uncha sho’r bo’lmagan, uning har litr suvida o’rta hisobda 10-11 gramm erigan tuzlar bo’lgan. Demak, Orol dengizi suvining sho’rligi okean suvining o’rtacha sho’rligidan uch marta kam bo’lgan (14.2 -jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 90­yillarning o’rtalarida dengizda suv sathi pasayishi barqarorlashgan. Lekin, oxirgi yillarda dengiz uch bo’lakka ajralgan bo’lib, ulardagi suv sathlari turli qiymatlarga ega. Masalan, 1997 yilda dengizning katta (sayoz) qismida suv sathi 36,6 m bo’lsa, kichik (chuqur) qismida 40,0 m ga teng bo’lgan.
12.2-jadval
Orol sathini pasayishining suv yuzasi maydoni
hamda hajmiga ta’siri

Y i l l a r

1960

1970

1980

1990

1995

2000

2005

2009

Suv sathi, m

53,50

51,44

45,76

38,24

36,50

33,22

30,33

27,53

Suv yuzasi maydoni, km2

67478

60692

51743

35420

31800

24800

19600

13500

Hajmi, km3

1093

971,7

648,7

310

220

165

125

105

Izoh: ma’lumotlar “Aralskoe more i vodoxozyaystvennaya politika v respublikax Sentralnoy Azii” (Ye. Kurbanbaev i dr., Nukus, 2011) kitobidan olindi.
Orol muammosini hal etish uchun quyidagi ikki asosiy masalaga e’tibor berish kerak:
1) Orol bo’yida vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyatni bartaraf qilish;
2) dengiz sathini qulay bo’lgan ma’lum balandlikda saqlab qolish.
Har ikki masala ham bir-biri bilan uzviy bog’langan. Lekin birinchi masalani tezroq hal qilish muhim ahamiyatga ega.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish