Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


O’rta Osiyo ko’llarining harorat rejimi



Download 4,44 Mb.
bet66/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

O’rta Osiyo ko’llarining harorat rejimi. O’rta Osiyo ko’llari harorat rejimining yillik siklida quyidagi davrlarni ajratish mumkin: bahorgi-yozgi isish; yozgi-kuzgi sovish; kuzgi-qishki eng past harorat.
Qayd etilgan davrlarni ajratishda quyidagi mezonlar e’tiborga olinadi. Jumladan, bahorgi davr-yillik minimumdan + 40 S haroratdagi eng katta zichlikka erishguncha yoki gomotermiya holatigacha bo’lgan oraliqdir. Issiqlik almashinishi yillik siklining yozgi davri haroratning to’g’ri stratifikatsiyasi hamda issiqlik muvozanati kirim va chiqim qismi elementlari barqarorlashgan vaqti bilan chegaralanadi.
Yozgi-kuzgi sovish davrining boshlanishi ko’ldagi suv massalari issiqlik zahirasining ortishi to’xtagan vaqtdan boshlanadi. Bunda ko’lda mavjud bo’lgan issiqlikning butun suv massalari orasida qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Bu holat haroratning to’g’ri stratifikatsiyasi sharoitida kuzgi gomotermiyagacha davom etadi.
Kuzgi-qishki davr esa kuzgi gomotermiya holatidan, teskari stratifikatsiya sharoitida, ko’ldagi suv haroratining eng kichik qiymatga erishgunga qadar va so’ngra issiqlik balansida musbat holatga o’tgunga qadar davom etadi. Umuman olganda, O’rta Osiyo ko’llaridagi suv harorati bilan havo harorati orasida aniq bog’lanish mavjud.

12.4 - rasm. Ko’llarda haroratning chuqurlik bo’yicha taqsimlanishi (A.M.Nikitin ma’lumotlari).
Ko’llar: a - Arnasoy (Aydar), b - Biyliko’l, v - Sarichelak, g - Sarez.
1-yanvar, 2- aprel, 3-noyabr, 4-iyul.


Ko’llar gidrokimyosi va gidrobiologiyasi
Ko’llar gidrokimyosi va gidrobiologiyasini o’rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko’ldagi suvning sifati uning gidrokimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lsa, ko’lning mahsuldorligi uning gidrobiologik rejimi bilan bog’liqdir.
Ko’llarning gidrokimyoviy rejimi ular suvi tarkibida erigan moddalar miqdorining davriy o’zgarishlarida aks etadi. Ko’llar suvi o’zida erigan tuzlar miqdori hamda ularning tarkibi bilan Dunyo okeani va daryolar suvidan keskin farq qiladi. O’z navbatida har bir ko’l suvi ham boshqasidan minerallashuv darajasi hamda erigan tuzlar tarkibi va miqdori bilan farqlanadi. Shu o’rinda ko’llar suvining minerallashuv darajasi 14 mg/l dan 300 g/l gacha oraliqda o’zgarishini qayd etib o’tish kifoyadir.
Ko’llar suvida erigan moddalar va tuzlarning to’planishi ko’p jihatdan ulardagi suv almashinuv jadalligi bilan aniqlanadi. Ma’lumki, oqar ko’llardagi tuz miqdori berk ko’llarga nisbatan juda kam bo’ladi. O.A.Alyokin ko’llar suvini ulardagi erigan tuz miqdoriga bog’liq holda quyidagi turlarga ajratadi:
- chuchuk ko’llar (erigan tuzlar miqdori 1‰gacha);
- nimsho’r ko’llar (1-24,7‰);
- sho’r ko’llar (24,7-47‰);
- o’ta sho’r ko’llar (47‰ dan katta).
Ko’llar suvini sho’rligi bo’yicha qayd etilgan guruhlarga ajratish shartli bo’lmasdan, balki ularning har biri suvning ma’lum bir tabiiy-kimyoviy doimiylari bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham amaliyotda ulardan foydalanish samarali natijalar beradi.
Ko’llar suvida mavjud bo’lgan erigan moddalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish