3. Yurtimizdagi neft va gaz konlari.
O‘zbekistonning yer osti qatlami neftgazlilik uchun katta potensialga ega: uning umumiy maydoni 447,4 ming km2 bo‘lgan hududining 60 % neft va gazga istiqbolli. Hozirgi vaqtda Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubiy–G‘arb– Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona regionlarida 162 ta neft va gaz konlari ochilgan, ulardan 92 tasidan mahsulot olinmoqda
Ustyurt va Hisor oldi neft va gazli hududlar.
Ustyurt platosida juda katta geologik, gidrogeologik va geofizik izlanishlar olib borilmoqda, mezakaynozoy, pyerm–trias va qisman keyingi paleozoy cho‘kindilarining kesimini o‘rganilmoqda.
Neft–gazlilik ko‘lami dastlabki yura davri cho‘kindilaridan paleozoy davri cho‘kindilarigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi, bu davrlarning mah-suldorligi taxminan karbon yoshidagi ohaktoshlar bilan bog‘liq. Bu jins-larning litologiyasi va kollektorlik xossalari haqidagi ma’lumotlar hozircha cheklangan, ammo Qorachaloq va Chibin maydonlaridagi ochiq gaz favvoralari bu jinslarning istiqbolli ekanligidan dalolat byeradi.
Yura davridagi cho‘kindilarda uglevodorodlar uyumi antiklinal ko‘tarilmalarning gumbaz va qanot qismlaridan qumli jinslar bilan bog‘-liq. Mahsuldori gorizontlarning yotish chuqurligi 2300–3550 m dan iborat. Jinslarning ochiq g‘ovakligi 20–25% gacha boradi, gazli quduqlarning ishchi mahsul miqdori kuniga bir necha yuz ming kub metrga teng. Gaz tarkibidagi kondensat miqdori dastlabki yura davri yotqiziqlarida 20 g/m3 bo‘lsa keyingi Yura davri yotqiziqlarida 200 g/m3 gacha hatto undan ko‘pga ham ortadi.
Hududda 6 ta uglevodorod konlari ochilgan bo‘lib, ulardagi gazning jami geologik zahirasi 50 mlrd.m3 ortiq, suyuq uglevodorodlarniki esa 6,6 mln.t. gaz va neftning sanoat miqyosidagi oqimlari qidiruvdagi 8ta maydonda aniqlangan.
Regionning asosiy istiqbollari yura davridagi chaqiq jinslardagi qidiruv ishlari, ularda an’anaviy va noantiklinal qopqoqlarni izlash bilan bog‘liq. Ayniqsa, Orol zonasi ajralib turadi, u yerda Urga gazkondensat koni ochilgan va ishga tushirilgan.
Kuanish–Koskalin zonasida ham mahsuldorlik Yura davridagi, hamda dastlabki paleozoy davridagi karbonatli cho‘kindilar bilan bog‘liq. U yerda chuqur burg‘ilashga 13 ta tutqich tayyorlab qo‘yilgan va 16 nafar neft va gazga istiqbolli tutqichlar topilgan.
Hisor xududi chegarasi shimoliy–g‘arbda Karail–Lyangar fleksurali – o’zilmali zonadan, janubiy– g‘arbda Turkmaniston Respublikasining davlat chegarasidan, shimoliy sharqdan–hisor tog‘ tizmalaridan o‘tadi. Uning chegarasida uglevodorodlarning 13 koni ochilgan, bu konlar yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bog‘liq. Bu hudud qo‘shni hududlardan o‘zining murakkab tektonik faolligi natijasida vujudga kelgan relyefning bo‘lib tashlanganligi bilan farq qiladi.
Hududning asosiy to’zilmali elemetlari surilmali zonalar hisoblanadi, bu zonalar ko‘proq janubiy–g‘arbga yo‘nalgan tektonik cho’ziq plastinkalardan iborat bo‘lib, qator ko‘ndalang bo’zilishlar natijasida turli o‘lchamdagi bloklarga bo‘lingan.
Neftgazlilik nuqtai nazaridan eng imkoniyati kattasi yuqori davridagi tuz osti cho‘kindilaridir, bu cho‘kindilar ohaktoshlar va dolomitlardan, yuqori qismi angidrid qatlamchalaridan to’zilgan. Kollek-torlik g‘ovak–yoriq kovak (bo‘shliq)–g‘ovak, yoriq–kovak shakllarida bo‘ladi. Ochiq g‘ovakligi 3–18 %, o‘tkazuvchanligi 0,1–1000 mD. Uyumlar massiv, tektonik to‘siqli turlarga tegishli. Uglevodorodlarning tarkibiga ko‘ra bu yerda gazkondensatli, neftgazkondensatli va neft konlari ochilgan. Ularning eng yiriklari SHo‘rton, Janubiy Tandircha, Jarquduq, Janubiy Qazilbayroq konlari va davomi Turkmanistonga ketadigan to‘siqsimon riflar sistemasi bilan bog‘liq. Mahsuldor gorizontlarning yotish chuqur-ligi 1200 m dan 3500 m gacha o‘zgaradi. Hisor hududida chuqur burg‘ulashga 9 ta tutqich tayyorlangan va istiqbolli 29 ta maydon ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |