MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
145
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston
Respublikasi qonunlari, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va
Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga
kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini,
ularning iqtisodiy, moliyaviy va
huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat
qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilabquwatlaydi va bolalarni maktabga
tayyorlashning muqobil
shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim
muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari
monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar,
moliya, ishlab chiqarishxo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.
Maktabgacha ta‟lim tuman (shahar)bo'limlarining huquqlari va javobgarligi
Maktabgacha ta'lim
tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar]
bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim muassasalaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish
uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;
davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha
ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik
qilish;bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta'lim muassasalari bilan
o'zaro hamkorlik qilish;
o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim
boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat
hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari:
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va
o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim
boshqarmalariva Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar
loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari
tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;