MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 153
6. Maktabgacha ta‘lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishini
amalga oshirish;
7. Ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning turli shakl va usullarini muhokama qilish, amaliyotga
tadbiq etish;
8. Maktabgacha ta‘lim muassasasi ta‘lim-tarbiya jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati
doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
9.Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga, ularni ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha
o‘z takliflarini berish;
10.
Bolalarning bilim darajasini aniqlashda diagnostik mezonlarni tahlil, uni o‘tkazish shakli,
vaqtini belgilash;
11.Ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish hamda maktabgacha ta‘lim muassasasini rivojlantirishga
doir masalalar bo‘yicha rahbariyatning hisobotlarini tinglash;
Ta‘lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlarini
rag‘batlantirishga tavsiya qilishdan iborat.
Pedagogik kengash quyidagilarga mas‘ul
1.Ta‘lim- tarbiya jarayoniga nisbatan ishlab chiqilgan yondashuvni asoslab berishga;
2. Pedagogik jamoa natijalarini to‘g‘ri baholashga;
3.Pedagogik kengashda hal qilinadigan masalalarning dolzarbligiga;
4. Pedagogik jamoa a‘zolarining faoliyatini to‘g‘ri baholashga;
5. Pedagogik kengash qarorlarini o‘z vaqtida amalga oshirishga mas‘ul
Pedagogik kengash tashkillashtirish bo‘yicha:
1.An‘anaviy
2.Noan‘anaviy
Maqsadiga ko‘ra:
1.Mavzuli pedagogik kengash
2.Yakuniy pedagogik kengash
3.Navbatdan tashqari.
4. Maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash va uni tashkil qilishga rahbarlik Pedagogik kengash- maktabgacha ta‘lim muassasalari pedagoglarining pedagogik mahorat
maktabidir.
Pedagogik kengash-boshqarishning jamoaviy shaklidir.
Pedagogik kengash maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim-tarbiya jarayonidagi barcha
muammo va vazifalarni hal qiladigan yuqori tashkilot boshqaruvi sifatida talqin qilinadi. Har bir
maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash to‘g‘risida Nizom bo‘lishi kerak. Pedagogik
kengash to‘g‘risidagi Nizom muassislar tomonidan kelishilib tasdiqlanadi va uning mazmunini
maktabgacha ta‘lim muassasasi jamoasiga yetkaziladi.
Pedagogik kengash vazifalariga quyidagilar kiradi.
1.U maktabgacha ta‘lim muassasasining yo‘nalishini aniqlab beradi, muassasada foydalanish
mumkin bo‘lgan ta‘lim- tarbiyaviy dasturni tanlashga yordam beradi;
2. Ta‘lim jarayonining mazmunini, shaklini va uslublarini belgilaydi.
3. Kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi, ilg‘or
pedagogik tajribani aniqlash, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini tashkil etadi.
4. Ota-onalarga qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil etish masalalarni ko‘rib chiqadi.