Ma’ruza matni


Tashkillashtirilishiga ko‘ra



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

Tashkillashtirilishiga ko‘ra 
a) an‘anaviy pedagogik kengash: 
bu pedagogik kengash aniq kun tartibiga ega bo‘lib, hamma masalalarni reglamentga rioya qilgan 
holda hal qilinadi, ular bo‘yicha qarorlar chiqariladi. 
b) pedagoglarni faollashtiruvchi alohida usullardan foydalangan holda o‘tkaziladigan noan‘anaviy 
pedagogik kengash. 
Bunda pedagogik kengash o‘tkazishda rais hamma ishtirokchilarga turli usullarni taklif etishi 
mumkin., masalan, vaziyatga kura vaziyatli masalani yechishi yoki ―o‘yin‖tarzida o‘tishi mumkin. 
Ishchanlik o‟yinlari, konferensiya tarzida o‟tish mumkin. Bunday pedagogik kengashni 
tayyorlashda alohida ssenariylar, ishtirokchilarni guruhlarga bo‟lish va rollarni aniqlab o‟tkazish 
mumkin. Biroq shuni ta‟kidlash lozimki, turli ko‟rinishdagi pedagogik kengashning yakunida jamoa 
ishini takomillashtirish bo‟yicha qarorlar qabul qilinishi shart. 
Maqsadiga ko‘ra: 
a) Reja asosida o‘tkaziladigan pedagogik kengash; 
b) yakuniy pedagogik kengash: 
v) navbatdan tashqari pedagogik kengash. 
Maktabgacha ta‘lim muassasasi ishini to‘g‘ri tashkil etishda majburiy shart- sharoitlardan biri- 
bu jamoaviy rahbarlik va har bir xodimning o‘z ishiga mas‘uliyatidir. Yig‘ilishda xulosa chiqarish 
davrida pedagoglar ta‘lim-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, tarbiyachilarning attestatsiyasida, 
tajriba-sinov ishlarining tashkil etish bo‘yicha bitta qarorga keladilar. Pedagogik kengashda 


MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
155 
muassasa taraqqiyoti rejalari aniqlanadi. Pedagogik kengashning moddiy- texnika ta‘minotini 
muassasa rahbari ta‘minlaydi. Muassasaning pedagogik tarkibi 3 nafardan kam bo‘lmagan taqdirda 
pedagogik kengash tashkil etilmaydi. Pedagogik kengash qarorlari jamoaning har bir a‘zosi 
tomonidan ijro etilishi lozim. Qarorlarning ijrosi mas‘ul xodimlar tomonidan nazorat qilinadi, 
shuning uchun bu qarorlar tushunarli, mas‘ullar belgilanishi va ijro muddati belgilangan bo‘lishi 
kerak. 
Pedagogik kengash qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat‘iy nazar albatta qaror chiqarilishi shart. 
Qarorlar pedagogik kengash baynnomalarida qayd qilinadi, ularni qayd qilinishi aniq talablar 
asosida olib boriladi.
Ko‘pincha quyidagicha savol beriladi: Har bir pedagogik kengashda nechta qaror qabul 
qilinadi? Bu kun tartibiga qo‘yiladigan masalalar soniga bog‘liq. Qarorlar aniq, mas‘ullar 
belgilangan, muddati belgilangan bo‘lishi lozim. Har bir pedagogik kengash oldingi pedagogik 
kengash qarorlarining ijrosi haqidagi ma‘lumot bilan boshlanadi. Pedagogik kengash qaroridan 
norozi bo‘lgan kengash a‘zosi ushbu qarorni tuman (shahar) xalq ta‘limi bo‘limi muhokamasiga 
qo‘yishi mumkin. Har bir maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash bayonnomasi olib 
boriladi.U XTVning 2005 yil 23 apreldagi ―Maktabgacha ta‘lim muassasalari ish hujjatlari 
to‘g‘risida‖gi 96 – sonli buyrug‘i asosida olib boriladi va uni olib borishda va yuritishda bir qator 
aniq talablar qo‘yiladi. Pedagogik kengash bayonnomasi daftari davlat maktabgacha ta‘lim 
muassasalari uchun (shahar) xalq ta‘limi bo‘limi tomonidan, nodavlat ta‘lim muassasalari uchun 
ta‘sischi tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan bo‘lishi kerak. Bayonnoma daftarida 
ishtirok etganlar va ishtirok etmaganlar soni ko‘rsatiladi. Kun tartibi aniq yoziladi. Taklif va 
kamchiliklar, qarorlar har bir masaladan keyin yoritiladi. Har bir bayyonnoma rais va kotiba 
tomonidan imzolanadi. Pedagogik kengash bayonnomasi har o‘quv yili boshida yangidan 
raqamlanadi. 
Pedagogik kengash jamoani bir fikrga kelishida yordam beradi, o‘z pedagog nuqtai nazarini tahlil 
qilishda va baholashda sharoit yaratadi, ilg‘or amaliyotni hayotga tadbiq etish tamoyillariga rioya 
qilishga harakat qiladi. 
Pedagogik kengash boshqaruv tashkiloti, uning qarorlari amalga oshirilishi va ular bolalar bilan 
ishlashni yaxshilanishiga ta‘sir etadigan bo‘lishi uchun har bir yig‘ilishga barcha xodimlar 
sidqidildan tayyorlanishlari, o‘z faoliyatlariga tanqidiy qaray bilishlari, pedagogik kengashga 
qilingan tahlil asosida xulosalar bilan kelishlari lozim. (bolalar bilan ishlashda nimalarga erishiladi 
va bu kamchiliklarni qanday to‘g‘rilash mumkin.) 
Uslubchi va mudira pedagoglarga o‘z bilimlarining natijalarini taqqoslashga, malaka va 
ko‘nikmalarini dastur talablariga mosligini ifodalashga, ishda asosiy yo‘nalishni topishga o‘rganadi. 
Tajribali pedagogga diagnostik xaritani yoki o‘z-o‘zini tahlil qiladigan savolnomani, 
boshlayotgan mutaxassisga bilim, malaka va ko‘nikmani aniqlaydigan uslubni tavsiya qilish kifoya. 
Muassasa rahbari va uslubchi tashkiliy daqiqalarni to‘g‘ri rejalashtirishlari lozim. 
Oldindan metodik xonada muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha adabiyotlardan ko‘rgazma 
tashkil etiladi, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini yorituvchi hujjatlar (qo‘llanmalar, matnlar, 
bolalar bilan olib borilayotgan ish rejalari) taklif etiladi. Tarbiyachilarga topshiriqlar beriladi. 
Masalan: Guruhingizdagi bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini baholab, shartli ravishda 3 
guruhga: 
-
turg‘un malakali bolalar 
-
qisman shakllangan, ammo noturg‘un malakali bolalar 
-
u yoki bu ko‘nikmalar umuman bo‘lmagan bolalar. 



Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish