Tashkillashtirilishiga ko‘ra
a) an‘anaviy pedagogik kengash:
bu pedagogik kengash aniq kun tartibiga ega bo‘lib, hamma masalalarni reglamentga rioya qilgan
holda hal qilinadi, ular bo‘yicha qarorlar chiqariladi.
b) pedagoglarni faollashtiruvchi alohida usullardan foydalangan holda o‘tkaziladigan noan‘anaviy
pedagogik kengash.
Bunda pedagogik kengash o‘tkazishda rais hamma ishtirokchilarga turli usullarni taklif etishi
mumkin., masalan, vaziyatga kura vaziyatli masalani yechishi yoki ―o‘yin‖tarzida o‘tishi mumkin.
Ishchanlik o‟yinlari, konferensiya tarzida o‟tish mumkin. Bunday pedagogik kengashni
tayyorlashda alohida ssenariylar, ishtirokchilarni guruhlarga bo‟lish va rollarni aniqlab o‟tkazish
mumkin. Biroq shuni ta‟kidlash lozimki, turli ko‟rinishdagi pedagogik kengashning yakunida jamoa
ishini takomillashtirish bo‟yicha qarorlar qabul qilinishi shart.
Maqsadiga ko‘ra:
a) Reja asosida o‘tkaziladigan pedagogik kengash;
b) yakuniy pedagogik kengash:
v) navbatdan tashqari pedagogik kengash.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi ishini to‘g‘ri tashkil etishda majburiy shart- sharoitlardan biri-
bu jamoaviy rahbarlik va har bir xodimning o‘z ishiga mas‘uliyatidir. Yig‘ilishda xulosa chiqarish
davrida pedagoglar ta‘lim-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, tarbiyachilarning attestatsiyasida,
tajriba-sinov ishlarining tashkil etish bo‘yicha bitta qarorga keladilar. Pedagogik kengashda
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
155
muassasa taraqqiyoti rejalari aniqlanadi. Pedagogik kengashning moddiy- texnika ta‘minotini
muassasa rahbari ta‘minlaydi. Muassasaning pedagogik tarkibi 3 nafardan kam bo‘lmagan taqdirda
pedagogik kengash tashkil etilmaydi. Pedagogik kengash qarorlari jamoaning har bir a‘zosi
tomonidan ijro etilishi lozim. Qarorlarning ijrosi mas‘ul xodimlar tomonidan nazorat qilinadi,
shuning uchun bu qarorlar tushunarli, mas‘ullar belgilanishi va ijro muddati belgilangan bo‘lishi
kerak.
Pedagogik kengash qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat‘iy nazar albatta qaror chiqarilishi shart.
Qarorlar pedagogik kengash baynnomalarida qayd qilinadi, ularni qayd qilinishi aniq talablar
asosida olib boriladi.
Ko‘pincha quyidagicha savol beriladi: Har bir pedagogik kengashda nechta qaror qabul
qilinadi? Bu kun tartibiga qo‘yiladigan masalalar soniga bog‘liq. Qarorlar aniq, mas‘ullar
belgilangan, muddati belgilangan bo‘lishi lozim. Har bir pedagogik kengash oldingi pedagogik
kengash qarorlarining ijrosi haqidagi ma‘lumot bilan boshlanadi. Pedagogik kengash qaroridan
norozi bo‘lgan kengash a‘zosi ushbu qarorni tuman (shahar) xalq ta‘limi bo‘limi muhokamasiga
qo‘yishi mumkin. Har bir maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash bayonnomasi olib
boriladi.U XTVning 2005 yil 23 apreldagi ―Maktabgacha ta‘lim muassasalari ish hujjatlari
to‘g‘risida‖gi 96 – sonli buyrug‘i asosida olib boriladi va uni olib borishda va yuritishda bir qator
aniq talablar qo‘yiladi. Pedagogik kengash bayonnomasi daftari davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalari uchun (shahar) xalq ta‘limi bo‘limi tomonidan, nodavlat ta‘lim muassasalari uchun
ta‘sischi tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan bo‘lishi kerak. Bayonnoma daftarida
ishtirok etganlar va ishtirok etmaganlar soni ko‘rsatiladi. Kun tartibi aniq yoziladi. Taklif va
kamchiliklar, qarorlar har bir masaladan keyin yoritiladi. Har bir bayyonnoma rais va kotiba
tomonidan imzolanadi. Pedagogik kengash bayonnomasi har o‘quv yili boshida yangidan
raqamlanadi.
Pedagogik kengash jamoani bir fikrga kelishida yordam beradi, o‘z pedagog nuqtai nazarini tahlil
qilishda va baholashda sharoit yaratadi, ilg‘or amaliyotni hayotga tadbiq etish tamoyillariga rioya
qilishga harakat qiladi.
Pedagogik kengash boshqaruv tashkiloti, uning qarorlari amalga oshirilishi va ular bolalar bilan
ishlashni yaxshilanishiga ta‘sir etadigan bo‘lishi uchun har bir yig‘ilishga barcha xodimlar
sidqidildan tayyorlanishlari, o‘z faoliyatlariga tanqidiy qaray bilishlari, pedagogik kengashga
qilingan tahlil asosida xulosalar bilan kelishlari lozim. (bolalar bilan ishlashda nimalarga erishiladi
va bu kamchiliklarni qanday to‘g‘rilash mumkin.)
Uslubchi va mudira pedagoglarga o‘z bilimlarining natijalarini taqqoslashga, malaka va
ko‘nikmalarini dastur talablariga mosligini ifodalashga, ishda asosiy yo‘nalishni topishga o‘rganadi.
Tajribali pedagogga diagnostik xaritani yoki o‘z-o‘zini tahlil qiladigan savolnomani,
boshlayotgan mutaxassisga bilim, malaka va ko‘nikmani aniqlaydigan uslubni tavsiya qilish kifoya.
Muassasa rahbari va uslubchi tashkiliy daqiqalarni to‘g‘ri rejalashtirishlari lozim.
Oldindan metodik xonada muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha adabiyotlardan ko‘rgazma
tashkil etiladi, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini yorituvchi hujjatlar (qo‘llanmalar, matnlar,
bolalar bilan olib borilayotgan ish rejalari) taklif etiladi. Tarbiyachilarga topshiriqlar beriladi.
Masalan: Guruhingizdagi bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini baholab, shartli ravishda 3
guruhga:
-
turg‘un malakali bolalar
-
qisman shakllangan, ammo noturg‘un malakali bolalar
-
u yoki bu ko‘nikmalar umuman bo‘lmagan bolalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |