4.Vaziyatli pedagogik kengash:
Bunday pedagogik kengash bir yoki bir necha pedagogik vaziyatlarni ko‘rib chiqishi va ular
shu yerning o‘zida pedagogik kengash a‘zolari ishtirokida muhokama qilish lozim. Muhokamani
videokamera orqali ham muhokama etish mumkin.
5.Munozara shaklidagi pedagogik kengash.
Bu pedagogik kengashda pedagoglar guruhlarga bo‘linadilar va muhokama qilinadigan
muammolar bo‘yicha o‘z yo‘nalishlarni ishlab chiqadilar. Munozara vaqtida birgalikda
muammoning yechimi yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Ilmiy- amaliy konferensiya shaklidagi pedagogik kengash.
Bunday pedagogik kengashni bir necha maktabgacha ta‘lim muassasalarni birlashtirgan holda
tayyorlash shartlashiladi.
Pedagogik kengash olib boriladigan muassasa tayanch sifatida tajriba- sinov o‘tkazish
mavqeiga ega bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasasida olib boriladi.Bunday pedagogik kengashni
tayyorlashda oldindan pedagoglar uchun ―ochiq eshiklar‖ kuninii tashkil etish lozim. Bunda kun
tartibini shunday tuzish kerakki, har bir muassasa o‘z tajribasini taqdimot qilishda, muammolarni va
takliflarni muhokama qilishda, qarorlar chiqarishda teng huquqli bo‘lishlari lozim. Ilmiy rahbar
o‘zining kirish so‘zida qisqacha muhokama qilinayotgan masalaning asosiy mohiyatini tushuntiradi.
Qarorlar bunday pedagogik kengashda umumiy holda va har bir pedagogik jamoa uchun alohida,
uning sifatini hisobga olgan holda chiqarilishi mumkin.
Albatta xulosalar tahlil qilinadi.Bu tahlillar quyidagi savollar orqali olib boriladi.
1.Muhokama vaqtida nima erishildi va nimaga erishilmadi?
2.Tarbiyachilardan qaysi birlari faol qatnashdi, kim faol qatnashmadi va nima uchun?
Natijada qanday xulosa chiqarish mumkin?
Pedagogik kengashni tayyorlash va o‟tkazish jarayonida pedagoglarni faollashtirish usullari
Pedagogik kengash qanday shaklda o‘tkazilishidan qat‘iy nazar, hamma qatnashchilar faol ishtirok
etishlari, o‘z fikrlarini bildirishlari, ilg‘or ish tajribalari bilan ishtirok etishlari muhimdir.
Boshqaruvchi oldida doim ―Ayrim pedagoglarni faol ishtirok etmasliklaridan qanday qutulish
mumkin?‖ degan savol turadi.
Metodik tadbirlarni o‘tkazishda pedagoglarni faollashtiruvchi shunday uslublar mavjudki,
ular rahbarlarga kadrlar bilan ishlashga yordam beradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida turli- tuman
ishga yo‘naltiruvchi (faollik) usullari qo‘llanilsa, yuqori natijaga erishish mumkin. Har bir tadbirlar
uchun tanlanadigan usullar uning maqsad va vazifalariga, mazmun xususiyatlariga, pedagoglar
soniga, ta‘lim – tarbiya jarayonining aniq tuzilishiga bog‘liq. Sizga ba‘zi bir faollashtiruvchi usul va
Do'stlaringiz bilan baham: |