3. Pedagogik kengash asosiy vazifalari va uning majburiyatlari
Pedagogik kengash- maktabgacha ta‘lim muassasalari pedagoglarining pedagogik mahorat
maktabidir.
Pedagogik kengash-boshqarishning jamoaviy shaklidir.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
152
Pedagogik kengash maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim-tarbiya jarayonidagi barcha
muammo va vazifalarni hal qiladigan yuqori tashkilot boshqaruvi sifatida talqin qilinadi. Har bir
maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash to‘g‘risida Nizom bo‘lishi kerak. Pedagogik
kengash to‘g‘risidagi Nizom muassislar tomonidan kelishilib tasdiqlanadi va uning mazmunini
maktabgacha ta‘lim muassasasi jamoasiga yetkaziladi.
Pedagogik kengash- pedagogik faoliyatni boshqaruv tashkilotidir.
Pedagogik kengash a‘zolari tarkibiga maktabgacha ta‘lim muassasasining barcha pedagoglari,
shuningdek tibbiy xodimlar kiradi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalari:
1.Maktabgacha ta‘lim muassasasining yo‘nalishini aniqlab beradi;
2. Muassasada foydalanish mumkin bo‘lgan ta‘lim- tarbiyaviy dasturni tanlashga yordam beradi;
3. Ta‘lim jarayonining mazmunini, shaklini va uslublarini belgilaydi.
4.Ta‘lim muassasasining qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur, loyiha va rejalarini ishlab
chiqadi, ularni muhokama qiladi va amaliyotga tatbiq etadi.
5. Maktabgacha ta‘lim boshqaruvi tizimini demokratlashtiradi.
6. Pedagogik jarayon qatnashchilarining faoliyatini tahlil qiladi.
7. Kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi;
8. Malaka oshirib kelgan xodimlarning hisobotlarini tinglaydi.
9. Ilg‘or ish tajribani aniqlash, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini olib boradi;
10. Ota-onalarga qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil etish masalalarni ko‘rib chiqadi.
11. Ma‘muriyatning yillik hisobotini tinglaydi.
12. Fan va amaliyotning ilmiy – pedagogik yutuqlarini o‘rganib boradi.
14. Pedagoglarning attestatsiyasi va rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
15. Maktabgacha ta‘lim muassasasi tayyorlagan muhim hujjatlarni muhokamadan o‘tkazadi,
tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
16. Maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning
rivojlanishining istiqbol yo‘nalishini belgilaydi.
17. Maktabgacha ta‘lim muassasasi ta‘lim- tarbiyaga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida
muhokama etadi va tegishli qaror chiqaradi.
18. Pedagoglarning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar beradi.
Pedagogik kengash majburiyatlari
1.Pedagogik jamoaning ilg‘or ish tajribalarini izlaydi, topadi, baholaydi, umumlashtiradi va
ommalashtiradi.
2. Maktabgacha ta‘lim faoliyati yuzasidan pedagoglarni qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan ish
olib boradi.
3.Maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatining yillik natijalarini ishlab chiqadi
4.Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
5.Pedagogik kengashga qo‘yiladigan masalalar yillik rejadagi asosiy vazifalarni yoritib boradi.
Pedagogik kengash haq- huquqlari
1. Pedagogik jamoa a‘zolaridan ish jarayoniga bir xilda yondashuv va faoliyat olib borishni talab
qilishi;
2. Ma‘muriyat tomonidan faoliyatni yaxshilash borasidagi takliflarni kiritishi;
3. Pedagogik kengash qarorlarini amalga oshirishini nazorat qilishni ma‘muriyatdan talab qilishi
4. Pedagogik kengashga hamma pedagoglarning qatnashuvini talab qilish.
5. Maktabgacha ta‘lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarining istiqbol rejasini belgilash;
Do'stlaringiz bilan baham: |