Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet56/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

Adabiyotlar: 1: 53-56; 2: 51-57.
Asosiy tushunchalar: psixrofill, mezofill, termofil sterilizatsiya, ximiotaksis, aerotaksis, simbioz, sinergizm, antibioz, antibiotik, fitonsid.
Ma’lumki, mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bog‘likdir. Tashqi muhit faktorlari turli-tuman bo‘lib, ularni uch gruppaga ajratish mumkin:
I. Fizik faktorlar: temperatura, namlik, yorug‘lik, eritmalar konsentratsiyasi va boshqalar.
II. Ximiyaviy faktorlar: muhitsing rN, oksidlanpsh va kaytarilish sharoiti, turli ximiyaviy moddalarning ta’siri.
III. Biologik faktorlar: mikroorganizmlar orasidagi antagonizm, simbioz, metabioz, antibiotiklarning ta’siri, vitaminlar, faglar va boshqa faktorlar.
Mikroorganizmlarga temperaturaning ta’siri. Mikroorganizmlar yuksak o‘simliklarga karaganda temperaturaga ancha chidamli bo‘ladi. Masalan, Vas. subtillis temperatura 5° dan to 57° gacha bo‘lganda ham rivojlanaveradi. Qo‘pchilik saprofit bakteriyalar 20° dan 35° gacha temperaturada rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36—37° da rivojlanadi. Bundan yusori temperaturada ular nobud bo‘ladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun temperatura 3 nuqtada bo‘lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalari. Optimum nuktasi eng kulay bo‘lib, bunday temperaturada mikroorganizmlar tez ko‘iayadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalari esa ancha chegaralidir.
Temperaturaga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlarni quyidati gruppalarga bo‘lish mumkin:
1) psixrofillar (psixros — sovuq), bu gruppaga mansub bakteriyalar evolyusion taraqqiyotda past temperaturada yashashga moslashgan bo‘ladi. Bu gruppa uchun temderaturaning optimum nuqtasi 20—25°, minimumi esa 0° dan past bo‘lishi mumkin. Psixrofil bakteriyalar uncha keng tarqalmagan. Ular Shimolin dengiz suvlarnda za tuprokqlarda uchraydi.
2) mezofillar (mezos — o‘rtacha). Bu gruppaga ko‘pchilik mikroorganizmlar misol bo‘ladi. Bular uchun temperaturaning optimum nuqtasi 25—35° bo‘lsa, maksimum nuktasi 45—50°, minimum nustasi 10°. Mezofil bakteriyalar tuproqda, suvda va boshka oziqovqat maxsulotlari yuzasida uchraydi.
3) termofillar (termos — issiq). Bu gruppaga baktsriyalar,. aktinomitsetlar, ba’zi bir ko‘kyashil suvo‘tlar misol bo‘ladi. Ter> mofill bakteriyalar yuqori temperaturada rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A. A. Imsheneskiy tubandagicha klassifikatsiyalaydi:
a) stenotermin termofillar — bular uchun temperaturaning maksimum nuqtasi 75—80°, optimum nuqtasi 50—65°, 28—30° da esa ko‘paya olmaydi. Bu gruppa tabiatda kam tarqalgan;
b) evritermin termofillar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 70—75°, optimum nuqtasi 50—65° bo‘lib, 28—30° da juda sekin ko‘payadi, tabiatda keng tarqalgan gruppa.
v) termotolerant formalar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 50—65°, optimum 35—45°, minimumi 5—10° bo‘lishi kerak. 30—60° oralig‘ida juda tez ko‘payadi, tabnatda tuproqda, go‘ngda, issiq buloq suvlarida keng tarkalgan gruppa. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi protsessi juda jadal boradi, shuning uchun ular juda tez ko‘payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo‘lsa, termofillarda bir kundan keyin hosil bo‘ladi, tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi.
Tsrmofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin.
A. A. Imshensskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib chiqkan. Tabiatdagi o‘zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko‘tarilishi mezofillarning ko‘pchiligini nobud qilgan bo‘lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori temperaturaga moslashgan. Borabora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor bo‘lib qolgan. A. A. Imsheneskiyning bu fikrini Ye. N. Mishustin ma’qullagan.
Termofillarga: Vas. se11i1ozae, Bas. ShegtorPiz, AsIpotusez Shegtor Piz lar misol bo‘ladi. Mishustin yerga go‘ng solinganda termofil bakteriyalarnyang soni ko‘payganligini kuzatgan.
Mikroorganizmlarga namlikning ta’siri. Bakteriyalarnqng namlikka chidamliligi turlicha. Ba’zilari juda chidamli bo‘lsa, boshqalari nihoyatda chidamsiz bo‘ladi. Masalan, gonokokklar, meningokokklar, leptosporalar, faglar namlikka chidamsiz bo‘lsa, xolera vibrioni 2, dizenteriya tayoqchasi 7, difteriya tayoqchasi 30, qorin tifi tayoqchasi 70, stafilokokklar va sil tayoqchasi esa 90 kupgacha chidaydi.
Azotobakter, nitrifikatorlar, tugunak bakteriyalari namlikka juda ham sezgir, ularning rivojlanishi uchun namlikning optimum miqdori 40—80% (to‘la suv sig‘imiga nisbatan) bo‘lishi kerak. Lekin vegetativ hujayralarga nisbatan sporalar ancha chidamli bo‘ladi, chunki bularning hujayralaridagi suvning ko‘p qismi mustahkam bog‘langan suvdir. Masalan, mog‘or zamburug‘larining sporasi 20 yil kurg‘oqchilikka chidaydi. Amerikalik olim Kameron (1962) aniqlashicha, ko‘kyashil suv o‘ti — Nostoc commune gerbariy holatida 107 yildan so‘ng hayotchanligini namoyon qilgan. Nostok namlik yo‘q vaqtlarda anabioz holatga o‘tadi, namlik yetarln bo‘tshshi bilan yana hayotini davom ettiradp. Bakteriyalar hujayrasi kuritilganda, protoplazmasi suvsizlanadi va oqsillar denaturatsiyaga uchraydi, shu usuldan foydalanib, oziq-ovqatni kuritilgan holda uzoq muddat saqlash mumkin bo‘ladi. Masalan, go‘sht, baliq yoki uzum, boshqa bir qancha rezavormevalar quritilgan holda saqlanadi yokn oziqovqatlar, masalan, konservalar past temperaturada va yuqori boskm ostida suvsizlantiriladi (bu usul sublimatsiya deb nomlanadi), keyin esa tez sovitib muzlatiladi. Shakarlar, vitaminlar, fermentlarni sublimatsiya yo‘li bilan uzoq muddat saklash mumkin.
Yorurlikning ta’siri. Ko‘pchilik bakteriyalar uchun yorurlik dezinfeksiyalovchi faktor hisoblanadi, chunki ultrabinafsha nurlar bakteriyalar hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar
tomonidan yutiladi va ularning ximiyaviy tarkibini o‘zgartiradi. Shuning uchun yorug‘likning bu xususiyatidan operatsiya xonalarini, vaksinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va suvni sterillashda foydalaniladi.
Yuqori bosimning ta’siri. Qo‘pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha chidamli bo‘ladi. Faqat 10000 atm. bosim ularga salbiy ta’sir etishi mumkin. Dengiz va okeanlarda chuqur suv qatlamlari tubida bakteriyalar ko‘p uchraydi. Achitqilar 500, mog‘or zamburug‘lari 30000, fitopatogen viruslar esa 5000 atmosferagacha bosimga chidaydi.
Ultratovush bakteritsidlik xususiyatiga ega, 20000 gs oziqovkat maxsulotlarini va vaksinalarni dezinfeksiyalash uchun yetarlidir. Havoni tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.
Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta’siri. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi rN deb belgilanadi. rN7 bo‘lsa neytral, rN>7 bo‘lsa ishqoriy, rN<7 bo‘lsa, muhit kislotali bo‘ladi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar muhit konsentratsiyasi bir oz ishkoriy yoki neytral bo‘lsa yaxshi rivojlanadi, zamburug‘lar bir oz nordon muhitda yaxshi rivojlanadi.
Mikroorganizmlar o‘zi yashagan muhitdagi rN ni qisman o‘zgartirishi mumkin. Buni I. A. Rabotnova (1958) «Moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb nomlaydi. Tashqi muhitdagi eritmalarning konsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda, murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda plazmoliz ro‘y beradi, ular ko‘paya olmaydi.
Shundan foydalanib, go‘sht, baliq tuzlanadi, povidlo tayyorlaganda shakar eritmasining konsentratsiyasi 70% ga yetkaziladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish