Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari


-MAVZU. BAKTERIYaLARDAGI TRANSFORMATSIYa, TRANSDUKSIYa, KON’YuGATSIYa HODISALARI



Download 0,81 Mb.
bet54/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

7-MAVZU. BAKTERIYaLARDAGI TRANSFORMATSIYa, TRANSDUKSIYa, KON’YuGATSIYa HODISALARI


Mavzuning maqsadi: Talabalarni bakteriyalardagi transformatsiya, transduksiya va kon’yugatsiya hodisalari bilan tanishtirib ilmiy mohiyatini ochib berish.
Reja.

  1. Bakteriyalardagi transformatsiya jarayoni

  2. Bakteriyalardagi transduksiya jarayoni

  3. Bakteriyalardagi kon’yugatsiya jarayoni.

Adabiyotlar: 1: 50-52; 2: 50-51.
Asosiy tushunchalar: rekon virulentlik, episoma bakteriotsinogen, aerotsin, megatsin, testitsina produsent.

Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan resipient xromosomasiga o‘tishi transformatsiya deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi — rekon orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa elementlar bilan almashinishi mumkin.


1928 yili F. Griffits shunday tajriba o‘tkazgan: sichqonlarga oz miqdorda patogenlik xususiyatiga ega bo‘lmagan kapsulasiz II tip pievmokokklar yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan, kapsulali III tip pnevmrkokklar kulturasidan (bu kultura oldinroq issiqlik ta’siri bilan o‘ldirilgan) qo‘shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar patogenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi va kapsula bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘lgan. Demak III tip pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip pnevmokokklarga transformatsiya orqali o‘tgan. yoki oq rangli koloniya hosil qiluvchi mikrobakteriyalar sariq rangli koloniya hosil qiluvchi saprofit mikrobakteriyalarning DNK si ta’sirida sariq koloniyalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan.
1944 yili O. Everi va K. Mak Leoid, M. Mak Qarti xususiyatlar DNQ orqali o‘tishini aniqlaganlar. Qeyinchalik DNQ boshqa xususiyatlarga ham ta’sir etishi ma’lum bo‘ladi. Masalan, pichan batsillasini, meningokokklarni, pnevmokokklarni, streptokokklarni va boshqalarni transformatsiya agent — DNK. orqali o‘zgartirish mumkin. DNKning transformatsion aktivligi nihoyatda yuqori, odatda, 10—15 minutdan so‘ng o‘zgarish ro‘y beradi va 2 soatdan so‘ng tugaydi.
Transformatsiya xodisasi doim uchramaydi, balki ma’lum fiziologik holatda (ya’ni hujayra tayyor bo‘lgan muddatda) ro‘y beradi. Yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, ximiyaviy mutagenlar ta’sirida DNK ning transformatsion xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga HNO3 ta’sir ettirilsa, u aktivligini yo‘qotadi yoki temperatura 80—100° ga ko‘tarilsa ham aktivlign pasayadi. Eng qulay temperatura 29—32° dir. Demak, transformatsiyaning aktivligiga muhitning tarkibi, temperatura, resipientning fiziologik holati va transformatsion DNK ning polimerligi (qo‘sh spiralligi) ta’sir etar ekan. Transformatsiyaning takrorlanish muddati 0,47—0,0004% ga teng bo‘ladi.
Masalan, donor sifatida olingan pnevmokokklar shtammida streptomitsinga sezgir bo‘lmagan, mannitni parchalash xususiyati bor bo‘lsin, resipientda bunday xususiyat yo‘q. Bulardan shunday oraliq formalarni olish mumkinki, ularda yuqoridagi ikkala xususiyat uchrashi mumkin, transformatsiyada bir xususiyat ikkinchi xususiyat bilan almashinadi. Masalan, antibiotiklarga nixoyatda sezgir yoki sezgir bo‘lmagan shtammlarni olish mumkin.
Bu hodisa hayvonlar va o‘simliklarda bir xil sodir bo‘lady. Transformatsiyaning hosil bo‘lishi ikki davrdan: DNK nnng mikrob hujayrasiga adsorbilanishi va hujayraga o‘tishidan iborat.
Transduksiya. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag orqali resipient bakteriyaga o‘tishi transduksiya deb ataladi. Masalan, bakteriofaglar orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spesifik va nospetsefik xilga bo‘linadi,
Nospesifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat o‘tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10~4—10~7 (fagning bir qismiga nisbatan). Spesifik transduksiyada fakat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan fag katnashadi, bunda birbiriga yakin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi (I tablitsa).
Transduksiya transformatsiyaga o‘xshash, lekin dezoksiribonukleaza fermentini ta’sir ettirib, transformatsiyani to‘xtatish mumkin bo‘lsa, transduksiyaga bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan.
Bakteriyalardagi kon’yugatsiya hodisasi. XIX asrning oxirlariga kelib, mnkrobiologlar bakteriyalarda kon’yugatsiya hodisasi uchrashnni kuzata boshlaganlar va boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish uchun «kon’yuksiya» deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini 1947 yilda Lederberg va Tatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani elektron mikroskopda kuzatganlar. Kon’yugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoq hujayra erkak tip bo‘lib, G‘+ (donor) deb belgilanadi, ovalsimon hujayra urg‘ochi tip bo‘lib, G‘ (resipient). Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yakinlashadi va orasida ko‘prikcha xosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘prikcha orqali donor hujayrasidan genetik faktorlar resipient hujayrasiga ma’lum bir tartibda o‘tadi.
K. V. Kosikov (1957) ta’kidlashicha, agar achitkilar spesifik xususiyatga ega bo‘lgan substratlarda o‘stirilsa, ma’lum bir formalar paydo bo‘ladiki, ular shakarni bnjg‘itish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi (avval ular shakarni bijg‘ita olmas edi). Masalan, Zassagotusez d1oaiz ana shundal yangn formalardandir. U saxarozani bijg‘itish xususiyatiga ega, Zass ragoyoriz formasi esa maltozani bijritadi. Bu xususiyatlar faqat vegetativ yo‘l bilan emas, balki jnnsiy .yo‘l bilan ko‘payishda ham nasldannaslga o‘tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda quyidagi formalar kelib chiqqan: sporalarning yarmi shakarlarni bijg‘itsa, yarmi bijg‘ita olmagan. Bunda yangi xususiyat paydo bo‘lgan, ya’ni shakarlarni bijg‘ituvchi invertaza fermenti hosil bo‘lgan.
Mikroorganizmlar genetikasinn o‘rgannsh muxim ahamiyatga ega. Chunki aotibiotiklar olishda yuqor.i aktivlikka ega bo‘lgan yangiyaigi shtammlar zarur. Bundan tashqari, vitaminlar, gormonal preparatlar, fermentlar, aminokislotalardan lizin va glyutamin olishda va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.
Bakteriyalar, turushlar va aktinomitsetlarga radioaktiv nurlar va ximiyaviy mutagenlar bilan ta’sir etib, ularning hujayralaridagi DNK ning strukturasini o‘zgartish va inson uchun foydali bo‘lgan moddalar sintezlash tomoniga yo‘naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini yaxshi bilgan holda ularni o‘zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan qishloq xo‘jaligida, meditsinada, texnologik protsesslarda keng miqyosda foydalanish mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir.
Episomalar. Episomalar xromosomalardan xoli bo‘lgan mayda genlar to‘plamidir. Ular sitoplazmada erkin yoki bakteriyalar xromosomasiga qo‘shilgan holda bo‘lishi mumkin.
Eiisomalar bakteriyalarning pushtlilik faktori (R) yoki ko‘p dorilar ta’siriga chidamlilik faktori (K), bakteriotsinogenlik, kolinotsinogenlik va boshka faktorlarning naslga o‘tishida ishtirok etadi. Episomalarning antibiotiklarga chidamlilipshi (K — faktorni) birinchi bo‘lib yaponiyalik olimlar aniqlashgan.
Bakteriotsinogenlik faktorida bakterial hujayralarda antibiotiklarga qarshi moddalar sintezlanadi, bu moddalar bakteriotsinlar deb ataladi. Masalan, ichak tayoqchasi Ye. coli — kolitsin, Vas. cereus — aerotsin, Vas. megaterium — megatsin, Ye. pestis — testitsin, stafil — stafilokokkotsin sintezlaydi. Sintezlangan bakteriosynlar boshqa bakteriyalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Bakteriotsinlar bakteriya hujayrasi yuzasiga adsorbilanadi, so‘ngra moddalar almashinuvi protsessini susaytiradi va uning halokatnga sabab bo‘ladi. Lekin bakteriotsitlar produsentga yakin turadigan bakteriyalargagina ta’sir etadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish