Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet9/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Tayanch iboralar:esse, hikoya, badia, ocherk, memuar.
Savol va topshiriqlar:
1.Hikoya haqida ma’lumot bering.
2.Hozirginasrda ocherk janri.
3.Esse janri haqida ma’lumot bering.
4.Memuar asarlarning xususiyatlari.
Adabiyotlar ro`yxati:

  1. H.Karimov. Istiqlol davri nasri. –T.: Zarqalam, 2007.

  2. F. Olim. Milliy so’z. T., “Yozuvchi”, 1999 y.

  3. H.Karimov. Odam va odam haqiqati. Mohiyat. 2002 yil, 18 yanvarь.

  4. Olimov. Milliy so’z. –T.: Yozuvchi, 1999.

  5. A.Ulug’ov. Qissachiligimiz qirralari. –T.: o’qituvchi, 1991.

  6. Muhammad Solih Muhammad Yusuf. Imon. Kamalak. 1991.



8, 9-mavzu: Hozirgi qissachilik. Janr tarixi. Tarixiy, detektiv, fantastik, biografik qissalar.O`zbek qissalarida qahramon muammosi. 4 soat.
Reja:

  1. Erkin A’zamov qissalarida ijtimoiy va insoniy illatlar ifodasi.

  2. “Shoirning to’yi”, “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasida kechagi tuzumimiz qiyofasi ifodasi.

  3. “Timsohning ko’z yoshlari”, “Shohona sovg’a” qissasidagi fojia jamiyat fojiasi ekanligi. Insonga nisbatan mutelik tubanlik ekanligining badiiy talqini.

4.«Uyshun ota g’ori» qissasida xalq tarixi bilan totalitar tuzum illatlari tasviri uyg’unlashib ketganligi.
6. «Zubayda» qissasida ma`naviy-axloqiy fojealar.
6.Detektiv asarning xususiyati.«Yo’lbars terisini yopingan tulkilar» qissasi.
7.G’arb detektiv asarlaridan milliy detektivning farqi.
8.«Latofat» do’konidagi qatl» qissasining mohiyati.
Sharq allomalarining fikriga ko’ra, insona’moli bilan go’zal. Yaxshi a’molning natijasi esa ezgulikdir. Kishi ezgulik tufayli baxt-saodatga erishadi. Kishi jismonan kamchilikdan emas, noinsoniy xatti-harakatidan hijolat tortmog’i kerak. Qur’oni karimning hujurot surasining 13- oyatida “Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do’st-birodar bo’linglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo’ydik. Albatta, sizlarning Olloh nazdidagi eng hurmatlirog’ingiz-taqvodorlaringizdir”,- deyiladi. Demak, barcha inson teng. Erkin A’zamovning “Pakananing oshiq ko’ngli” (Toshkent “Ma’naviyat”, 2001) nomli to’plamidagi shu nomdagi qissasida xuddi mana shu haqiqat Pakana timsoli orqali inkishof qilinadi. Asar g’oyasi faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, yordamchi obrazlar faoliyatida jamiyatdagi qator ijtimoiy va insoniy illatlar ochib tashlanadi. Illatlarnibartaraf qilmaslikning natijasi esa fojia ekanligiga kishini qat’iy ishontiradi.
Ma’lumki, aql islom dini nazarida eng sharafdir. U ikki naqliy (diniy) va aqliy ilmlar asosida yuzaga keladi. Bir-birisiz yuzaga kelgan aql kemtikdir. Pakananing aqli shunday. Chunki u faqat aqliy (kasbiy) ilmga egadir. Uni ham bo’lsa chala o’zlashtirgan. SHu tufayli uning iymon, e’tiqodi sust. Inson ma’naviyatida ilm va amaliyotning birligi katta ahamiyatga ega. SHunday bo’lgandagina kishi amaliyoti ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi. Qissada bu hayotiy haqiqat yaxshi ochib berilgan. Pakana o’z kasbiy amaliyotiga qo’l urganda odamlar izzatiga muyassar bo’ladi, hech kim uni kamsitmaydi. Hatto haqiqiy ijod namunasini, ya’ni “Orzu” atalmish portret yaratganda bir bora mashhur ham bo’ladi, ijodi ko’plab jurnallarda bosiladi. U Leon amakiga yaqinlashib, o’z a’moli bilan dardiga malham bo’lganda, uning yordamida uyli-joyli bo’ladi. Lekin kemtik aqlga ega bo’lgan Pakana ezgu amaliyot samarasini o’z hayotida ko’rgan bo’lsa-da, bu xususida keng mushohada qilmaydi. Hayotdagi omadsizligini, past bo’yli odamga aylanib qolganligining sababini o’z kasbiy faoliyatsizligidan, ijodiy izlanmaslikdan emas, jismoniy nuqsonidan, ya’ni pakanaligidan ko’rib, juda yuzaki fikrlaydi. Demak, kishi hayotda omadga emas, bilimga suyanishi kerak. Ana o’shandagina kishi maqsadiga erishadi, hayotda o’z o’rnini topadi, o’z qiyofasiga ega bo’ladi. Pakana esa unday qilmaydi. U narsa-hodisaning botiniy emas, zohiriy tomoniga e’tibor beradi. Oqibatda, u faoliyati bilan haqiqat ustiga kul sepadi.
Adib o’rni-o’rni bilan kishini aksiomaga ro’para qiladi. Pakana o’z a’mollari orqali faoliyatlari juda katta tarixga aylangan shaxslarni qayd qiladi. Ya’ni Napoleon, Neron, Pushkin, Gandi, Stalinlarni. Bularning bo’yi past bo’lgan, lekin shunga qaramay, mashhurdirlar. Sababi ular ma’lum bir e’tiqodga ega bo’lganlar va o’z bilimlarini amalga oshirishga yo’naltirishgan. Ular omadga emas, o’z bilimi kuchiga ishonishgan. Ular uchun bo’yning past-balandligi emas, aql-zakovatning kuchliligi birinchi o’rinda turgan. SHundan ular hayotda o’rnini topishgan. Pakana esa ular muvaffaqiyatining sababini omadda deb noto’g’ri fikrlaydi. Uni otaxon dramaturg, novcha, kelishgan Nurali, To’likjonlar hayotiga havas qilishi ham absurdlikdir.
“Shoirning to’yi” qissasida aytilgan fikrlar ayni haqiqatdir. Biz unda ro’yo bilan haqiqatning to’qnashuvini ko’ramiz. SHunisi ajabki, kechagi kunda hamisha riyo g’alaba qilgan. Riyokorlarning oshig’i olchi bo’lgan. Asarda garchi nomi tilga olinmay, bajargan vazifasi, kimga-kimni aloqadorligini qayd qilingan bo’lsada, kitobxon ularning asl kimligini aniq sezadi. Otash qalb shoirni o’zlari daf qilib, bugun uning yubileyida eng yaqin Qadrdonlari ekanligi xususida gapirayotganlari bari yolg’on ekanligini juda yaxshi bilishadi. Lekin bir-birini quvvatlashadi. CHunki ularning faoliyati riyo asosiga qurilgan. Riyo baribir haqiqatga dosh bera olmaydi. Oqsoqol domlaning sirli o’limi shundan dalolatdir. Uzoq yillardan so’ng ham haqiqatga ro’para bo’lganda yuragi chidash berolmadi. Demak, inson o’z hayotini riyoga emas, haqiqat asosiga qurmog’i lozim. Stendal “Adabiyot – katta yo’lga qo’yilgan ko’zgu”, - deydi. “CHapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasini o’qigan kishi buni yorqin his qiladi. CHunki unda kechagi tuzumimiz qiyofasi go’yo ko’zguda aks etgandek o’z ifodasini topgan. “Biror bir jamiyatni to’g’ri tasvirlamoq uchun, avvalo, uning mohiyatini, xususiyatini tushunmoq kerak. Bunga esa jamiyatni tutib turgan barcha qoidalarni yaxshi bilib olish va uni falsafiy ravishda mulohaza qilishdan boshqa yo’l bilan erishish mumkin emas”,-deydi Belinskiy (Tanlangan asarlar. T., 1959, 385-bet). Qissa qahramonlari Erkin va Baxtiyorlar bu tuzumning butun sir-asrorlaridan xabardor. Ularning kasbi jurnalist. Qahramonlarning bunday kasbni tanlashi bejiz emas. Ular kuzatuvchan va har narsaning tub mohiyatiga yetishga qiziquvchan bo’lishadi. Bu hol adibning o’z maqsadini yorqin ifodalashda qo’l kelgan. Adib o’z fikrini og’zaki bayon qilmaydi, balki tasvir orqali ko’rsatadi. Asar qahramonlari o’n kun Bo’riyoti mamlakatida bo’lishadi. Bu yerda sotsialistik tuzum hukmron. Hamma narsa mazkur tuzumning afzalligini anglatishga, uni kishi ongiga singdirishga qaratilgan. Barcha narsa cheklangan. Xohlagan joyga borish, istagan narsani so’rash, erkin gapirish mumkin emas. Mahalliy aholi muloqotdan qochadi. Agar biror gap so’rasangiz, atrofga olazarak qarab, qaltirashib javob berishadi va ko’zdan g’oyib bo’lishadi. Barcha narsa batartib, lekin xuddi ko’rgazmaga qo’yilgandek hissiz. SHuning uchun ularda iliqlik yo’q. Umuman, mamlakat ruhiyatida qandaydir bir sovuqlik hukmron. Mamlakat bilan uning rahbarini ajratib bo’lmaydi. Butun bir mamlakat uning daholigini ko’rsatish uchun ishlaydi.
Insoniyat olami hamisha ikki narsaga - madaniyat va ma’naviyat mukammalligiga talpinadi. Negaki, madaniyat farog’atli turmushni yuzaga keltirsa, ma’naviyat inson komilligini ta’minlaydi. Lekin bu narsa o’z-o’zidan yuzaga kelmaydi. U inson faoliyatiga bog’liq. Insonni anglash hayotni anglash, uning barcha jabha va puchmoqlarining qa’riga kirmoq demakdir. Negaki, insonning a’molisiz hayot — jamiyatda (tabiatda emas) hech narsa sodir bo’lmaydi. Bugungi adabiyotning zamirida xuddi shu haqiqat yotadi. Abduqayum Yo’ldoshning “Timsohning ko’z yoshlari” (“Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2003)nomli qissasi bunga yaqqol misoldir.Abduqayum Yo’ldoshning qissalari asosidaodamlar qismati — ularning quvonch-dardlari, alam va fojialari, hayotga qarashi turadi. Qahramonlari ham oldingi asarlar qahramonlaridan farq qiladi. Ularni hayotdagidek yaxshi va yomonga ajratish qiyin. Odamning sirli olam ekanligi ham shundan.
“Timsohning ko’z yoshlari” qissasi qahramonlarining barchasi ziyolilar. hayot haqiqatidan ma’lumki, mazkur qatlamning sog’lom fikrlashi, adolat uchun kurashi jamiyatning xalq manfaatiga qaratilgan to’g’ri yo’nalishini belgilaydi. Agar ularning hayotga qarashi, uni idrok etishi haqiqatdan yiroq, shaxsiy manfaatga qaratilgan bo’lsa, hayot-jamiyat olg’a siljish o’rniga, tobora tanazzulga yuz tutib boradi. Qissa qahramonlari mana shu ikkinchi toifaga mansub shaxslar. Yozuvchi bu haqda gapirmaydi, detallarda va tutgan ishida ko’rsatadi.
Birinchidan, insonni bilish qiyin, u murakkab hilqat degan haqiqat ochib berilganligi, u insoniy faoliyat, xatti-harakat orqali nihoyatda hayotiy tasvirlanganligi, ikkinchidan, bekorchi ayollar olamini, ular tabiatidagi alamzadalik ruhiyatini betakror inkishof qilinganligi, uchinchidan, tijoratchilar dunyosi bilan oshno qilganligi va ayniqsa, ayol tijoratchilar haqida salbiy qarashlarni o’zgartirib, achinish tuyg’usini uyg’otganligi, to’rtinchidan, qahramonlari qismati va fojiasi orqali inson qalbining poklanishi bilan ibratlidir. CHunki o’ta kuchli fojiaviylik kishining dilidagini tiliga chiqaradi. Bir qadar ko’nglini poklab, o’zi va yaqinlarining qismatini, sha’nini o’ylashga da’vat etadi. Aristotelь buni katarsis deb atagan. Biz ta’kidlagan fazilatlari bilan istiqlol davri adabiyotida alohida o’rin tutadi.
Kishi ongida, dunyoqarashida o’zgarish bo’lmas ekan, hayotida, turmush tarzida, tabiatida ham o’zgarish bo’lmaydi. Bunday shaxslar nurli cho’qqilar sari ko’tarilmaydi, balki zulmat botqoq qa’riga bota boradi. Qalbida insonlikni ta’minlaydigan tuyg’ular so’nib, kufr urug’i sepila boshlaydi. Bu hol insoniyatning o’zinigina emas, jamiyatni ham taraqqiyotdan qoldiradi. CHunki barcha o’zgarish insonning sa’y-harakatiga bog’liq. Qator hikoya va qissalari bilan o’z o’quvchisini topgan, e’tiborini qozongan yozuvchi SHoyim Bo’taevning “Ko’chada qolgan ovoz” (Toshkent, “Ma’naviyat”, 2005) nomli to’plamiga kirgan “Bir kunlik mehmon” qissasida xuddi shu narsa o’zining badiiy ifodasini topgan. Yozuvchi buni voqealar olamida ko’rsatadi va asoslaydi. Qissa syujetini bir kunlik voqea tashkil qiladi. Ana shu bir kunlik voqea tasvirida umuman taraqqiyotdan orqada qolgan qishloq va uning odamlariningqiyofasini gavdalantiradi. Asar shaharda vazirlikda kichik bir lavozimda ishlaydigan Saidmurod Olimovning qishloqdagi kursdoshi Xolmo’minning yo’qlab kelish voqeasidan boshlanadi. Sirtdan qaraganda odatdagi hol. Lekin u maqsad sari yo’naltirilgani uchun ahamiyatlidir. Yozuvchi bu maqsad haqida bir og’iz ham gapirmaydi, balki holatni aniq ko’rsatadi. Bunda u detallarga katta e’tibor beradi.
Xolmo’minning har bir xatti-harakati ajdodlarimiz axloqi va qadriyatlariga ziddir. U dasturxon yozilmasdan ikki shisha aroq ko’tarib kiradi, choy quyilmasdan, ertalabdan aroq quyadi. CHunki mehmonchilikni shunday tushunadi. Uni udumga aylantirib olgan. Uning hamqishloq-do’stlarining tushunchasi ham shunday.Qishloq odamlari sodda, halol, diyonatli bo’ladi, degan qarash avvalgi qishloqlarga tegishlidir. Hozir unday emas, chunki millat tabiatiga ancha-muncha nomatlub illatlar kirib kelgan. Bu narsa so’pi laqabini olgan kishining xatti-harakatida yorqin ochib berilgan. U Ollohni ham aldayman deb o’ylaydi. Odamlarning haqiga xiyonat qiladi, ya’ni tegirmonga olib kelingan g’alladan o’marib oladi. So’pi shu qadar pastkashki, kelini nojo’ya qadam tashlashini bilgan holda uni jazolash o’rniga maqsadi yo’lida foydalanadi.
Qissa oxirida so’pining uyiga o’t ketadi, aroqdan bezgan, butun vujudi qaqshagan mehmon – Saidmurod qishloqni tark etadi. Bu hol ham katta falsafaga ega. Qur’oni karimda shunday deyiladi: “Dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Olloh bilur. Va (shuningdek, U zot) osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Olloh hamma narsaga qodirdir. Har bir jon o’zi qilgan amallarni hoziru nozir holda ko’radigan, yomon amallarining esa olis – olislarida qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Olloh sizlarni o’zining (azobidan) ogoh qilur”. (Ol-i Imron surasi, 29-, 30-, 31- oyatlar). Ha, imonsizlar, albatta, jazosini topadi. So’pining uyiga o’t ketishi Ollohning jazosidir. Nomatlub ishlarga qo’l urganlar boshiga ham shunday kunlar tushishi muqarrardir. Qissada shu haqiqat o’zining mukammal badiiy ifodasini topgan.
Keyingi davr adabiyotida voqea-hodisalar, ijtimoiy muammolar tasviridan ko’ra, insonning ruhiy olami, ruhiy kechinmalari, dard va iztiroblarini tasvirlash yetakchilik qilyapti.CHunki barcha hayotiy masalalar, muammolar inson xatti-harakatiga borib taqaladi. Bu borada, ayniqsa, insonning insoniyligini belgilaydigan e’tiqod, halollik, poklik, ahloqiy masalalar muhimdir. SHoyim Bo’taevning ikkinchi qissasi “SHohona sovg’a”ning leymotivini shutashkil qiladi. Sirtdan qaraganda, bir shaxsni, ya’ni uzoq vaqt yuqori lavozimda davlatning tiyiniga xiyonat qilmay, boylikka ruju qo’ymay, halol ishlagan, o’z e’tiqodi, vijdoniga sira qarshi bormagan odamning shallaqi bir ayolning qo’lida o’lib ketishi - fojiasiga bag’ishlanganday. Qissani o’qigan ko’pchilik shunday anglashi muqarrar. To’g’ri, bu fojia, lekin faqat diyonatli, chin vazir – insonning fojiasi emas, Balki, unday odamning qadriga yetmagan odamlarning-vazirning o’g’il- qizining, qarindoshi Qobilning, insoniy xislatlardan mahrum Gavharning, qolaversa, jamiyatning fojiasidir. Yozuvchi buni insonlar tabiati va ruhiy olamida juda ta’sirchan badiiy aks ettira olgan. Adib birorta qahramonning tutgan ishiga, xatti-harakatiga aralashmaydi, izoh bermaydi, tasvirda ko’rsatadi.
Istiqlolhayotiyjarayonigato’g’riyondashish, insoniylik, ma’naviybarkamollikningtubasosiniinkishofetish, sho’rodavlatininghaqiqiyqiyofasiniyoritishimkoniniberdi. Shoyim Bo’taevning «Sho’rodan qolgan odamlar» qissasi shunday asarlar sirasiga kiradi.Qissa shafqatsiz realistik uslubda yozilgan. To’g’ri, bu terminni biz ilgari ham ishlatardik. Endi o’ylab ko’rsak, bu terminni noto’g’ri qo’llagan ekanmiz. Chunki biz shafqatsiz realistik asar deganlarimiz, aslida yarim realistik asarlar edi. Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanini va mazkur qissani o’qigan kishi bunga ishonch hosil qiladi.
Qissa ikki qism va olti bobdan iborat. Birinchi qism «baxtsiz oila» deb ataladi. Unda xuddi shu baxtsizlikning sababi va tub mohiyati ochib beriladi. Yozuvchi buni yigirma yoshida qulog’iga azon bilan aytilgan Muso ismini armiyadagi xizmati paytida Mels ismiga almashtirib, olqish olgan, hatto gazetaga chiqqan qamoqxona nazoratchisi oilasi misolida inkishof qiladi. Lekin oiladagi muhit, sharoit, unda ro’y beradigan voqelik, a’zolari tabiati bita bu oilaga tegishli emas, u umumlashma xarakterga ega. Uning timsolida butun bir sho’ro davri hayoti ko’z oldimizga gavdalanadi.Oiladagi axloqiy, ma’naviy asosni belgilaydigan shaxsning tabiati quyidagi xususiyatga ega: «Kampir tushmagur shunaqa kampir ediki, bunaqasini yetti iqlimda sahro kezib, suv kechib ham qidirib topib bo’lmasdi. o’zi ko’rib-bilib tursayam, o’zining ko’rib-bilganiga emas, birovning aytganiga ishonib ketaverardi. Uning ko’zi, ko’ngli bilan tilining orasida tuzuk munosabat o’rnatilmagan edi-yu, lekin qulog’i bilan tili juda topishgan, apoq-chapoq bo’lib ketishgan, g’ov bo’la olgulik barcha unsurlarni o’rtadan ko’tarib tashlagan edi». Ana shu kampirning ikki o’g’li bor. Kattasi qamoqxona nazoratchisi. Lekin ikki o’g’il bir-biri bilan gaplashmaydi. Yuz ko’rmas bo’lishgan. Kichigi qaynotasinikiga ko’chib ketganidan buyon bordi-keldi yo’q.Uka ham akadan qolishmaydi. Bu borada yozuvchi yozadi: «Kechani bilmasdilar, xotirlay olmasdilar, uning qorong’u osmoni qabatlarida chaqnagan millionlab sho’’lavor yulduzlaridan, sutday toshib dolg’alangan oylaridan g’ofil edilar; dunyolar nasimlaridan ko’ngillari bebahra, nainki bebahra, Ko’ngilning o’zi hali tavallud topmagandi...»Shu odamning tanasi o’g’irlanadi. Ularning ichida jiyani Toshmurod ham bor edi. Buni eshitganda amaki suyunadi. Chunki akasidan o’ch olishga imkon tug’ilgandi.Ma’lumki, yomonlikning ildizi adolatsizlik va hayotda o’z o’rnini topolmay, unga o’zini emas, o’zgani aybdor sanash. Bu haqiqatni adib mol o’g’irlagan yigitchalar hayoti orqali ochib beradi. Ular faoliyati bilan bog’liq voqelik zaminida nafaqat ular fojiasidan, balki davr illatlaridan ham voqif bo’lamiz.
Imonsizlar dunyosi, ruhiy olami, ularning shu holatga kelish sabablari ikkinchi qismda ota va bola timsolida yanada yorqin ochib beriladi. Nazoratchi qamalib chiqqanlardan nafratlanadi. «Ablahliklari alayno-oshkor ko’rinib turibdi» derdi. «Bunday fikr jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, haybarakalla qilinishi nazoratchini battar hovriqtirar»di. Ularning hammasini otib tashlash lozim. SHundagina «... ularsiz yer yuzini behishtdek tasavvur qilish mumkin bo’lardi» - deydi. o’zi bilan esa ishi yo’q. Aslida jamiyatning buzilishiga ular emas, balki inson qalbidan juda ustalik bilan imon, insoniy hamiyat, g’ururini olib qo’yib, uning mutelik tuyg’usini solib qo’ygan, o’z tarixidan judo qilib, o’zligini bildirmagan jamiyat ekanligini anglashga aqli nosiqdir. Vaholanki, har xil muddatda qamoqxona tuprog’ini yalab chiqqan Sunnat uning mohiyatini anglaydi.
Qish kunining birida nazoratchi navbatchiligini topshirib, yo’lda ketayotgan edi, bir mashina kelib, oldida to’xtadi va mashinaga chiqishni taklif qildi. U Sunnat o’g’ri edi. Yo’lda Sunnat tomdan tarasha tushganday savol tashladi: «Aytmoqchi, siz o’zingiz ishlayotgan qamoqxonani Kim qurganini bilasizmi?
- Bilaman, CHo’yanboy Qulmanov qurgan...
- Ha-a, CHo’yanboy Kulmanov, - dedi va Yana: - Qanday qilib qurgan? – deb so’radi.
- Qurgan-da!
- Materialni qaerdan olgan?
- Qamoqxonaning to’g’risidagi tepalikda bir madrasa bo’lgan ekan... o’sha madrasani buzdirib, g’ishtlarini tashib kelgan.
- SHu ustozingizni qanday o’lganini bilasizmi?
- Bilaman, bilaman... Xotinlari o’lgach, bolalari-yu kelinlari birikib uydan haydab chiqarishgan ekan...
- Maxsumning choyxonasida uni isqirt holatda, Kir-chir ustboshda isiriq tutatib, tilanchilik qilib yurganini men ham ko’rganman, - dedi Sunnat oshkora nafrat bilan». Vaholanki, unga boshpana bergan Maxsumning Otasini bir mahallar CHo’yan Qulmanov qamoqxonada azoblab o’ldirib yuborgan edi. Keyinchalik u o’zini osgan. Sunnat nazoratchining o’g’lidan gap ochgandi, «Meni unaqa o’g’lim yo’q!» - dedi. SHunda Sunnat «Unday demang. CHo’yanboy Qulmanovning kuni boshingizga tushib qolmasin tagin, nachayni... U, madrasani buzib, odamlarga azob bergani uchun jazosini oldi. Siz-chi? Siz oddiy qo’riqchisiz...»
Sunnat o’g’rining gapi davomini eshitishga nazoratchining toqati bo’lmadi. G’arch-g’urch qor bosib keta boshladi».Nazoratchining uyida katta ko’ngilsizlik kutayotgandi. Xotini o’lim to’shagida yotgan edi. Bu mushtipar ayolni erining mutassil zug’umi, uydagi yetishmovchilik, ustiga-ustak o’g’lining dardi yiqitgan edi. Xotinining ustida o’tirgan kampir «o’g’limni opke» - deyapti – dedi. Nazoratchi bir oz ag’rayib turdi-da, orqasiga qaytdi. Soat o’n birlarda u qamoqxonaga rangi o’chgan holda kirib keldi. Boshliq oldiga kirib, «Nazoratchi qo’li bilan kameralar tomonga ishora qilib qo’ydi va nima deyarini bilmayotgandek:
- Onasi o’layapti, - dedi bazo’r. Boshliq tushunmadi.
- Kimning onasi o’layapti?..
- To’qson oltinchining...
- Aniqroq ayting.
- No’mer to’qson oltinchining onasi o’layapti.
- Kim ekan u?
- Toshmurod.
- o’g’lingizmi?
o’g’li qamoqxonada yotgandan beri biror marta imkoniyati bo’lishga qaramay uni kirib ko’rmagan edi. Xotini har kuni og’zini poylardi. Indamagach, ich-ichidan ezilar edi. Oxiri bu narsa o’z ishini qildi, u yiqildi. Ayniqsa, nazoratchining o’g’liga konvoy qilib, birga jo’natgandagi xatti-harakati uning kimligini yorqin ko’rsatdi:
- Boshliq endigina joyiga o’tirgan ham Ediki, nazoratchi hovliqqancha qaytib kirib keldi:- Nachaylik...
- Nima gap?
- To’pponcha yo’q-ku! – nazoratchi belidagi bo’sh g’ilofning ustiga urib.
- E, e, Kim bilib o’tiribdi g’ilofda to’pponcha yo’qligini? Siz bor deng. o’zingizni shunday ko’rsating...
- Qochib ketmoqchi bo’lsa-chi?
- An-a, xolos! – boshliq barmog’ini peshonasiga nukib, parmaladi. – Qochmoqchi bo’lsa otarmidingiz?»
o’z farzandiga nisbatan shunday o’yga borgan va ijrosiga shay turgan odam inson emas, manqurtdir. Bundaylar sho’ro daraxtining mevasi ekanligi shubhasizdir. U xotinining janozasida ham ma’rakada emas, postda turgandek ust-boshda, kamari qisib bog’langan holda turadi. Zimdan mahbus – Toshmurodga qarab qo’yadi. Xotinining qabriga tuproq tortilib, mullaning tilovatidan so’ng barcha tarqalgach, nazoratchi o’zini boshqacha his qiladi. Uning ichi birdan bo’shashib, qandaydir og’ir yukdan xalos bo’ladi. U o’g’lining «Ota, yuring endi-i...» deganiga qandaydir itoatgo’ylik bilan «Hozir o’g’lim» deydiyo Ha, uning qalbiga Sho’rolar tomonidan qo’rg’oshindek quyulgan burch, vazifa, mas’uliyat o’rnini bir zum imon egallagan edi. CHunki nazoratchi birinchi marta oxiratni o’ylagan edi.Xalqda «Kishi o’z aybini bilsa, yuragi yorilib o’ladi», - degan naql bor. Mazkur qissa nafaqatgina kishining aybini, balki kechagi kunimiz illatlarini vash u illatlarning inson ruhiyatiga, tabiatiga ta’siri mohiyatini ham anglatadi.
Allohga emas, tuban insonga mutelik o’ta tubanlikdir. Bu borada CHingiz Aytmatov shunday fikr yuritadi: «Hayot haqiqati kitobxonlarni ovutadigan ertak emas, balki ularning ko’zlarini ochib qo’yadigan achchiq, shafqatsiz saboqdir... Jamiyat kishilar taqdiri uchun javobgardir, odamning tuban ketishiga muayyan shart-sharoit ta’sir ko’rsatadi. Ijodkor esa bunga befarq qarashi mumkin emas»1. Ilhom Zoirov shunday qilgan, ya’ni befarq qaramagan. U o’zining «Elpatak» nomli qissasida (SHarq yulduzi. 1992 yil, 2-son) buyuk yozuvchining fikri haqiqat ekanligini asar qahramoni xatti-harakatida badiiy talqin qilgan.
Qissaning qahramoni Mamat. Asarning nomidan sezilib turgandek, u o’ta ketgan laganbardor, xo’jayin nimaga qiziqsa, u ham shunga moyillik bildiradi, uyida joriy qiladi. Adib uning shu toifadagi shaxs ekanligini o’zi ta’riflamaydi, tasvirda ko’rsatadi, qiyofasini yanada yorqinroq ochish uchun xotini Zarifani «yordamga» chaqirib turadi. Bu narsa asarni o’qishli qilgan, qahramonga individuallik bag’ishlagan. SHundan bunday tipdagi shaxs qiyofasini Ne’mat Aminov «Elvizak» asarida Zaynishev timsolida qiyomiga yetkazib tasvirlagan bo’lishiga qaramay, o’z jozibasiga ega. Buni real, me’yordan chiqmagan tasvir ta’minlagan. Demak, maqsadga yo’naltirilgan tasvir asar badiiyligini ta’minlashda katta rolь o’ynaydi.Afsonalar har qancha g’ayritabiiy bo’lmasin, kishini ezgulikka chorlaydi, haqiqatga tuynuk ochib, hayotga o’zgacha nigoh bilan boqishga da’vat etadi. CHunki har qanday afsona zaminida haqiqat yotadi. Yosh yozuvchi G’afur Yo’ldoshevning «Uyshun ota g’ori» (SHarq yulduzi, 1993 yil, 9-son) qissasini o’qigan kishi bunga Yana bir karra ishon hosil qiladi. Qissada o’tmishdagi xalqimiz tarixi bilan totalitar tuzum illatlari tasviri omuxtalashib ketgan.Uyshun ota g’ori ezgulik ramzi. U halol, pok odamlardan o’z marhamatini ayamaydi. Yovuz, nopoklarga esa shafqatsiz. SHundan undan chiqayotgan shifobaxsh suv hammaga nafli emas.
Xulosa qilib aytsak, adib afsona va ramzlar zamirida haqiqatni aks ettirgan, shuningdek, azaliy urf-odatlarga, qadriyatlarga hurmat qarashga da’vat qilgan. Qissaning ahamiyati shundadir.Jamila Ergashevaning «Zubayda» nomli qissasi yangi tamoyil yo’nalishida yozilgan. Unda totalitar tuzum paytida Chop etilgan ko’pchilik asarlaridagi kabi qahramonlari o’sha davrning yetakchi mafkurasi izmida harakat qilmaydi, ularning barcha faoliyatlari – tuyg’ulari, hissiyotlari, o’y-fikrlari, orzu-umidlari, yangilishlari, xatti-harakatlari o’ta tabiiy, jonli, hayotiydir. SHuningdek, unda voqelik emas, insonning qismati, fojeasi, dardlari, fosiqlik tufayli yuzaga kelgan qalb og’riqlari – suvaydo yetakchilik qiladi. Bu hol so’zsiz asarga mahzunlik kasb etgan. Mazkur mahzunlik qissasini o’qish davomida kitobxon qalbiga ham ko’chadi. Og’riq paydo qiladi. Qissani o’qib tugatgach, kishining xotirasiga bevosita Navoiyning «Ne balodur, kim falak har kimga cheksa tig’i kiyi» deb hayotdan chekan faryodi yodiga keladi. Qissa voqealari ezgulik va fosiqlik dunyosining inkishofi asosiga qurilgan. Ezgulik olamini Zubayda, Qurbongullar tashkil qilsa, fosiqlik, munhatlik dunyosini Normurod, Hikmatullo, Matlablar faoliyatida o’z ifodasini topadi.
Qissa voqeasi bosh qahramon Zubaydaning o’ziga oro berish holatidan boshlanadi. Barcha syujet chizig’i uning faoliyati bilan bog’lanadi. Ma’lumki, ayol kishi ikki holatda o’ziga oro beradi. Biri o’zini bozorga solish uchun, ikkinchisi olamni qutqarish uchun. Birinchisining oro berishdagi xatti-harakatida, orodan so’nggi yuzaga kelgan ko’rinishida niyati sezilib turganidan kishining ixlosini qaytaradi, ko’nglida qandaydir noxushlik kayfiyatini tug’diradi, ikkinchisining harakatida nazokat bo’lgani uchun jozibadordir. CHunki nazokatning asosi o’z turmushidan mamnunlik, poklikdir. Qissa qahramoni Zubayda ikkinchi toifaga mansub ayoldir: «... Ayvon tokchasidagi xorijiy telefon ermaknamo xushtak chalib, sohibasini chorlaganda, Zubayda sochlarining qora rangiga qoniqmay, qizg’ish jilo orzusida boshini xinolab o’tirgan edi». Bu qo’ng’iroq Zubaydaning hayotdagi butun quvonchining sababchisi, butun orzularining a’moli bo’lgan Eri o’tashbekni kasalxonaga tushganini xabar qiladi. U xinoli sochini chala-chulpa yuvib, kasalxonaga otlanganda yo’lda tanish mashinani uchratadi: «Zubayda yengil nafas oldi. Orqa o’rindiqda O’tashbekning yo’qligiga ham, mashina ortidan izma-iz kelayotgan qizil belbog’li oq mashinaga ham e’tibor bermadi. Negadir mashina to’xtamay o’tgan bo’lsa-da, Mo’min uning ko’nglini tinchituvchi bir xabar olib kelganligiga umid qilib ortiga qaytdi.
Lekin hayot Zubayda o’ylagancha emas, ayniqsa, 70 yillik zamon hazrat Navoiy aytganidek, «Yomonga gul berdi, yaxshiga deb xor,... yomonga baxt berdi, yaxshiga badbaxt» edi. Qissada xudi shu haqiqat Zubayda va Qurbongul qismatida o’z ifodasini topadi.
Zubayda Eri vafotiga uch oy bo’lganda fosiqlik dunyosiga duch keldi. «Bir kuni nafasi qaytib uyg’onib ketdi, ammo yelkalaridan bosib turgan ikki qo’l o’rnidan turishga qo’ymasdi:- Yanga, jim! Bolalar uyg’onib ketadi...
- Normurod! Siz...
- Ha, men. Menman Yanga, qo’rqmang, - u hansirab, o’pmoqqa urinardi...
Zubaydaning nafasi qaytib ketdi. – Axmoq, iflos! – u katta-katta davralarda sovrin olib yurgan polvonni yelkasidan oshirib tashlashga zo’r berib urinar edi. – Aijdonsiz! Hali akangning tuprog’i sovumasdan turib...
Zubayda uning bu iflosligini ichiga yutdi. Eriga ko’p yaxshiliklar qilgan qaynog’asi Bektosh akadan andisha qildi. Hozir yashab turgan uyning pulini ham u to’lagan edi. Qaynisi Normurodning bu iflosligidan ozor topgan qalb og’rig’i bosilmay, bu voqea bo’lganiga ko’p o’tmay uyiga ovsini, Bektosh akaning xotini Fotima opa kirib keldi. Gapni kelinlaridan ochib: «Bilasiz, Normurod ukangizga uy quryapmiz. SHu uyi bitguncha bir yilmi, ikki yilmi siznikida turib tursa», - dedi. «Yarim tunda Zubaydaning ko’kragidan bosgan yuk endi yuz barobar bo’lib, yelkasiga ortilgan edi. Nima desin? «Sizniki» degan hovli ularniki. Xo’p desa, Normurod!»Qurbongul Mo’minjonga rozilik berganda bu sharmandalikdan qutilish yo’lini o’ylagandi, lekin vijdoni bunga yo’l qo’ymadi. o’tashbekning vafotiga uch oy o’tgach, Bektosh akaning oldidan o’tib to’y bo’ldi. o’z-o’zidan aniqki, to’yda Qurbongul kelinlik libosida emas, o’zini go’yo sharmandalik libosida o’tirganday his qildi. CHimildiqli uyda yolg’iz qolishganda o’zini bokira emasligini aytdi. Mo’min Qurbongulni insoniylik qilib emas, to’y harajatlarini o’ylab haydamadi. Uning bu ishi Qurbongulga juda qimmatga tushishini hali bilmasdi. Ikki o’rtada jarlikni «na yumshoq to’shak, na qaynoq bag’ir ko’mib yubora olmadi». Mo’minning qalbini shubha yemirardi. Alamini esa Qurbonguldan olardi. Uning har qadamini tegrardi. SHo’ring qurg’ur begunoh Qurbongul o’zining go’zal xilqatligiga, mag’rurligiga qaramay, shubhalarni tarqatishga erinmay hisobot berardi. Odatda bunday og’irlik farzand, ayniqsa o’g’il ko’rilganda o’z yo’liga tushib ketadi. Biroq Qurbongul unday bo’lmadi. Dunyoning kajraftorligini qarangki, qaytaga Mo’minjonning shubhalari tasdiqlanganday bo’ldi. CHunki «Bolaning sochlari sap-sariq, ko’zlari moviy edi!» Qulfin xolaning «Qaynotangning bobosini ham odamlar otini aytmay «ko’kko’z bobo» deyishar ekan. Qaynotang rahmatli, bizning tomirimizda o’risning qoni bo’lsa kerak, deb yurardi doim», - degan so’zi ham bu shubhani tarqatolmasdi. Ikkinchi farzand qiz tug’ildi. U Qurbongulning o’zi edi. Mo’min esa kasalxonaga ham bormadi, kelgach bolani qo’liga ham olmadi.
Yillar o’ta boshladi, fosiqlik dunyosi Qurbongulning asablarini kemirib borardi. Bu oxiri o’z ishini qildi. CHunki hamma narsaning ibtidosi va intihosi bo’lgandek, xo’rlik va malomatga chidashning ham chegarasi bor. Ichki iztirobdan qalbning chakillab tomgan qon yig’ilib, bir kun yurakdan otilib chiqishi tabiiy xoldir. SHunday kun keldi. Bunday bo’lishga so’zsiz Mo’minning Qurbongulga nisbatan ishonchsizligi va tinimsiz dashnomlari katta rolь o’ynadi. Bu esa, o’z navbatida Qurbongulning xatti-harakatini asoslaydi: «o’sha kuni Sanjar maktabdan yangi gap topib keldi: - Muallimimiz, ertaga ota-onalar yig’ilishi emas, otalar yig’ilishi bo’ladi, dedi...
Mo’min televiziordan ko’zini olmay buyurdi:
- Onangga ayt!
- Yo’-o’q? Otalaring kelsin, dedi.
- Onangga ayt, deyapman-ku senga! Bor, nariroq bor, boshimni og’ritma.
Qurbongulning rangi oqarib ketdi. U erining gapini, «Onangga ayt, otangni topib beradi» deb tushundi.Bola Yana «Ota...» deb g’inshiy boshlagan edi, u o’rnidan sakrab turib, bor alamini kaftiga joylab, qulochkachlab bir tarsaki tushirdi:Erini uni qaytarmasdan indamay yotgani, bolaning qo’rquv va hayrat bilan katta-katta bo’lib ketgan ko’m-ko’k ko’zlari butkul quturtirib yubordi.
- Senga ota kerakmi? Mana!... Mana senga ota! Endi u g’ujanak bo’lib o’tirib qolgan bolani tepa boshladi. «Onajon, onajon!».. iltijo qilayotgan bola holdan toyib, tovushi chiqmay qolgach, ichkariga kirib, devor yuziga ilingan qalin gilam chetiga osig’liq turgan qaynotasidan qolgan pichoqni oldi» To’g’ri uyiga kelib, «Onajon, Sanjar o’lib qoldi, tez choping Men dori topib, izingizdan yetib olaman», - deb onasini jo’natgach, otasi Bangi Matlabni pichoqlab, fosiqlik dunyosi keltirgan azoblariga barham berdi. Lekin fosiqlik dunyosining qorong’i burchagi ko’pdir...
«Nafs itini zabun qilolmagan» (Navoiy) Normurod Zubaydani zabt etish, uni o’z jazmaniga aylantirishga uyga ko’chib kelgan kundan boshlab reja tuza boshladi. Onasinikiga yotib qolish uchu nizin so’ragan xotini Bibinorga ruxsat bergach, shunday kun kelganidan xursand bo’ldi. Ishdan vaqtlik kelib, Zubaydani poyladi. Hech narsadan bexabar Zubayda oshxonada xamir qorayotganda eshik berkitilib, unga tashlandi. «SHaxd bilan oldinga o’tib, o’qlon o’qtalayotgan nozikkina vujudni bag’riga bosdi». Xuddi shu on esa Bibinor kelib qoldi.
Tasavvur qiling. Erining yili ushatilgan bo’lsa-da, ustidan ko’kini tashlamagan, nazarida Eri har qadamda kuzatib turganday his qilgan, uning ruhiga xiyonat qilmaslikka axd qilgan, bu sa’y-harakatiga barcha tahsinlar o’qigan ayolni qay ahvolga tushishini. Zubayda shu axvolga tushdi. Erining ruhi oldida qilgan butun toat-ibodatlari bita fosiq deb bir pul bo’ldi. Ayniqsa, «Buni ko’rgandan nimaga nimaga tumtayib oladi desam, men anqovni chalg’itish uchun artistlik qilib yurgan ekansiz-da!... Ko’kkinangni kiyib, men ham ukangga o’ynash bo’lay!», - degan gapi Zubaydani adoyi tamom qildi. Endi bu uyda turish ham, ustidan ko’kki bilan yurish ham mumkin emas edi. Bu hol pok insonlar uchun katta fojiadir. Ma’sum Zubayda boshiga avvalgi fojiasi yetmagandek, Yana bu malomat! Qissaning shu o’rinlari kishi qalbini titratadi, fosiqlar dunyosining nayranglaridan ogoh bo’lib, qalbi o’rtanadi, insoniylik sari bir qadam olg’a tashlaydi.Qissada fisiqlar dunyosi bu bilan cheklanmaydi. Hayotda yashash bir sinov deganday, Zubayda Yana fosiqlik dunyosiga duch keladi. Yuqoridagi voqeadan so’ng, Zubayda o’zi ich-ichidan istasa ham endi o’tashbekka tutgan azasini davom ettira olmasdi. SHundan ham onasining qistovi bilan egnidagi ko’kni almashtirganda aziz odamini yo’qotgani uchun emas, go’yo odamlardan uyalgani uchun shunday yo’l tutganday tuyulib ketdi. CHunki uni Normurod orqali yelkasiga ortilgan malomat toshi hamon ezib turardi.
To’rt yildan beri motamsaro holda ko’rgan onasini yangi kiyimda yashnab ketganini birinchi o’g’li Otabek sezdi: «Onajon, bugun to’yga borasizmi?... CHiroyli bo’psiz. Endi har doim shunday bo’p yuring, xo’pmi?» - dedi. Zubayda «o’g’lining ko’zlaridagi zavqni hamkasblarining qarashlarida ham ko’rdi. Qo’shni bo’limda ishlaydigan Hikmatillo degan yigit, nimadir so’rab yoniga kirdi-da, bir chuqur nafas olib, «Ma’qul ish qilibsiz. Odamzod o’zi uchun ham yashashi, kiyinishi kerak», - dedi.»
Ko’zlariga qo’ngan bor gardlar, yuragiga toshdek botib yotgan dardlar, kenglikda qiyosi yo’q ko’ksini qoplagan gala-gala qora bulutlar – hammassi yosh bo’lib, yomg’ir bo’lib oqdi, oqaverdi. Erta tongda tip-tiniq zangori osmonni ko’rib, quyoshning ko’zlari yonib ketdi. Yangi, yorug’ bir kun dunyoga keldi. Ha, ezgulik g’alaba qildi. Zubayda jismidagi tashqi g’uborni tabiat yuvib tushirdi, fosiqlar olamining turfa nayranglariga ishonchdan tug’ilgan suvaydoni esa pok qalbning tiniq bulog’idan sizib chiqqan yoshlar yuvib yubordi. Ezgulik, ya’ni Qurbonguldagi jo’mardlik, poklik Mo’minni ham o’ziga keltirdi. Qurbongul qamalgach, eriga haqiqatni aytdi. Mo’min Zubaydani uchratganda shunday deydi: «Esim og’ib, tentak bo’lib qolay dedim... Bolalarimni o’ylayapman. Onasi bunday bo’lgach, bukilib qolishdi. SHular xo’rlanmasidan, biron joylarga ko’chib ketaylik». Bu gapda ramziylik bor, u butunlay poklik olamiga qadam qo’ymoqchi. Bunday yo’l tutishga Zubayda, Qurbongullarning oppoq qalb daftarida fosiqlik dunyosi qoldirgan suvaydo undadi. CHunki o’ta nafrat kishini o’sha narsadan forig’ bo’lishiga qat’iy undaydi. Mazkur qissa voqealari ham shunday kuchga ega. U fosiqlik dunyosi, fosiq, munhatlar olamiga nafrat uyg’otish, uning turfa nayranglaridan ogoh qilish orqali ezgulik olamiga olib kirish bilan kishini komil inson bo’lish sari da’vat etadi. Qissaning muhim ahamiyati va adabiyot olamida tutgan o’rni shundadir.Ichki kechinmalar, tuyg’ular, hislar in’ikosi orqali inson qiyofasining to’la namoyon bo’lishi badiiylikning muhim mezonidir. Bu hol, o’z navbatida istiqlol adabiyotining o’ziga xosligini belgilaydi. Normurod Norqobilovning «Qoyalar ham yig’laydi»1, «Tog’ odami»2 qissalari buning yorqin misolidir. Qissa qahramonlari jo’mard odamlar. Ma’lumki, jo’mardlikning mezoni mardlik, adolatlik, poklik, vatanparvarlik. Ernazar polvon ham («Qoyalar ham yig’laydi»), Jondosh («Tog’ odami») ham oddiy mehnatkash, katta amalga, yuksak bilimga ham ega emas kishilar. SHunday bo’lsa-da, kishi ularga mehr qo’yadi, sevib qoladi, xatti-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Sababi ularning qalblari poklik, halollik, diyonatlik bilan yo’g’rilgan.
Detektiv asar voqealari juda katta mantiq asosiga qurilmog’i va uning mohiyati kuchli falsafiy tafakkur orqali ochilmog’i darkordir. Ana o’shandagina asar jinoyat xususida yozilgan lavha, badiiy va hujjatli ocherklardan farq qilib, badiiy asarga aylanadi. Taniqli huquqshunos yozuvchi Fayzulla Qilichevning «Burgut changalida» («Adolat» nashriyoti, 1998 yil) nomli kitobiga kirgan qissalari ana shunday xususiyatga egaligi bilan kishini mamnun qiladi. Ma’lumki, detektiv atamasi lotincha fosh etish, inglizcha – ochilish, josus degan ma’nolarni anglatadi. Bundan ko’rinadiki, mazkur janrdagi asar voqealari biror jinoiy ishning fosh qilishdagi sa’y-harakat asosiga quriladi. Lekin u shuning o’zi bilan cheklanib qolish kerak emas, balki shu jinoyatning kelib chiqish sabablarini, mohiyatini, ijtimoiy-sotsial asoslarini ham ochib berilmog’i darkor. SHundagina bunday asarlar jamiyatni eng xavfli illatlaridan forig’ qilishga, inson qalbini, ruhini puchmoqlardan tozalanishiga, bir so’z bilan aytganda ma’naviyatga xizmat qiladi. Mazkur kitobdagi asarlarni o’qigan kishi, muallifning mazkur janr talabini juda yaxshi anglashini his qiladi.
«Yo’lbars terisini yopingan tulkilar» nomli qissasi bunga yaqqol misoldir. Qissa respublikamizda yaqin yillarda bo’lib o’tgan voqealardan hikoya qiladi. Voqealarning kechishi, qahramonlarning nomi shunchalik tanishki, qissani o’qishga kirishgan kitobxon, unda haqiqiy bo’lgan voqealar yozilganmi yoki u yozuvchining badiiy to’qimasimi ekanligini ajrata olmay qoladi. Lekin bir oz mushohada yuritgach, masalaning mohiyatini anglab yetadi. Ya’ni asardagi voqealar yozuvchining hayotiy hodisalardan chiqargan katta badiiy umumlashmasi ekanligini. Chunki kitobxon bu voqealar zaminidan katta haqiqatni anglab yetadi. Ya’ni respublikada ro’y bergan va avj olgan jinoyatlarning asl ildizi qaerda ekanligini. Bu masala qissada polkovnik Pirsov, Laptev kabi amaldorlar obrazi orqali inkishof qilinadi. Militsiya mayori, leytenanti mundirdagi to’da begunoh odamlarning o’z mehnati evaziga topgan boyliklarini sariyog’dan qil sug’urgandek, juda osonlik bilan qurqituv asosida shilib kelishadi. Va suvga tushgan toshdek, izsiz g’oyib ham bo’lishadi. Har bir narsa ibtidosining intihosi ham bo’lgandek, mazkur to’da ham o’z intihosini topadi. Jabrlangan Bekpo’latovning o’z qismati xususida militsiyaga murojaat qilishi, og’ir jinoyatlarni tergov qilish bo’yicha maxsus ixtisoslashgan Ortiqboy Qosimov rahbarligidagi «CHaqmoq» deb nomlangan tergov-qidiruv ishining tadbirli va tafakkur kuchiga suyangan holda olib borilishi oqibatida Bugaev rahbarligidagi to’da qo’lga olinadi. Biroq Bugaev qamoqxonada o’z joniga qasd qiladi. Vaholanki, Bugaevning kelib chiqishiga, uning hayot faoliyatiga mantiq jihatdan yondashilsa, uning bunday yo’l tutishi ixtiyoriy bo’lishi shubhalidir. Tabiiyki, tergov olib borgan Ortiqboy Qosimov va shu ish bilan tanishgan SHermatjon Xolmatov ham o’limi ixtiyoriy bo’lishiga ishonmaydilar. Qissaning ikkinchi qismida endi voqea-hodisalar emas, mantiqiy tafakkur yetakchilik qiladi. Agar ikkinchi xil qilib aytsak, voqealar tizimi, yo’nalish detektiv janr talabi o’zaniga tushadi. Shermatjon bu boradagi mulohazalarini o’z rahbari kapitan Mamayusuf Mirzaevga aytgach, jinoyat ishlarining o’q ildizi qaerda ekanligi sezila boshlaydi. Lekin ko’p o’tmay Mirzaev o’z uyi zinasida o’ldirib ketiladi. Bu hodisa Shermatjonni ogohlantirishiga vash u bilan birga ustozining ruhi oldidagi insoniy burchini bajarishg da’vat bo’lib xizmat qiladi.
SH.Xolmatovning boshiga ham Mirzaevning kuni tushishi yoki jinoyatchi sifatida qamalib, yo’q bo’lib ketishi hech gap emasdi. F.Qilichev bu borada haqiqiy xuquqshunos, filosof yozuvchi sifatida ish ko’radi. Ya’ni har bir detal ustida bosh qotiradi, qo’l yetmas jinoyatchilarning jinoyatlarini fosh qilish yo’llarining mantiqiy asoslarini qonunlashtiradi. Ma’lumki, jinoyatning fosh etilishi, adolatning tantana qilishi kaliti tafakkurdadir. Tafakkurning asosi esa katta, chuqur bilimdir. Har bir kasb egasi, o’z kasbi bo’yicha professional bilimga ega bo’lmasa, undan jamiyat naf ko’rmay, kishilar qalbi shikast topadi. Qalbi shikast topgan kishi odamlarga ishonmaydi, u hayotga loqayd qaraydi. Loqaydlik esa barcha illatlarning yuzaga kelish makonidir. «Zanjir» qissasida ana shu hayotiy haqiqat voqealar silsilasida, qahramonlari faoliyatida asoslab beriladi.
Azizovning jinoyatning fosh qilish yo’lida olib borgan ishlari, har bir hodisani tahlil qilishdagi tafakkuri inkishofini o’qigan kishi atrofdagi voqealarni o’zi ham tahlil qilish yo’liga kirib ketganini sezmay qoladi. Demak, kishi hushyor tortadi. Bu esa, illatlarning, jinoyatlarning ildizi qirqilishining asoslaridan biridir. Qissaning qimmati, ma’naviyat olamida tutgan o’rni xuddi ana shundadir.
«Mo’yna po’stin» qissasi G’arb detektiv asarlaridan bizning milliy detektivimiz keskin farq qilishini ko’rsatadigan asardir. Sa’lumki, chet El deteklarida jinoyatga bo’lgan yozuvchining munosabati aniq bo’lmaydi. Ularda jinoyatning fosh qilish yo’lida politseylarning ko’rsatgan jasorati, topqirligi birinchi planda turadi-yu, muallifning jinoyatga munosabati sezilmaydi. Uning kelib chiqish sabablari tahlil qilinmaydi. Oqibatda jinoyatchilarning ishiga qiziqish kuchayadi. Buning nimalarga olib kelishini hayot ko’rsatyapti. F.Qilichevning asarlarida jinoyat shafqatsiz qoralanishi jinoyatchilarga nisbatan nafrat uyg’otish bilan muhimdir. «Mo’yna po’stin» qissasida Temirjonning yolg’iz onasidan judo qilinganligini, uning kimsasiz qolgan uyga sig’may, unga kirishga yuragi betlamay, uzoqlarda ishlab yurish, mung’ayishlarini o’qigan kitobxon jinoyatchilarning ham qalbiga ta’sir qilib, shafqat tuyg’usini tug’dirishiga kishi ishonadi.Alisher Ibodinovning «Latofat» do’konidagi qatl» («SHarq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. –T.: - 2001) to’plamiga kirgan qissalari detektiv yo’nalishdagi birinchi asarlaridir. A.Ibodinovnnig «Latofat» do’konidagi qatl» qissasiga shu nuqtai nazardan yondashsak, qator e’tirozlar tug’iladi. Qissa detektiv talabiga rioya qilinmay, ya’ni jinoyat tuguni o’rniga qishloqda baholi qudrat tirikchiligini o’tkazib yurgan, shiringina oilasi va ikki farzandga ega bo’lgan Ahrorjonni shahardagi ishbilarmon, badavlat tog’asi taklifi bilan shaxarga kelib, tashqarisi sun’iy oq marmar koshin bilan bezatilib, peshtoqiga hozirgi va arab alifbosida «Latofat» deya yozilgan do’kon xizmatchisiga aylanganidan boshlanadi. Undan keyin Ahrorjonning Latofatni sevib qolishi tarixiga o’tiladi. Latofatni Ahrorjonni o’ziga maftun qilishdan maqsad narkotik olib o’tishga vositachi qilish ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu voqea ham qaysi to’siqdan olib o’tishi, u to’siqqa chap berishda Ahrorjon qanday imtiyozga egaligi mantiqli va asosli ko’rsatilmagani uchun o’zini oqlamagan.
Ahrorjonni Afg’oniston chegarasiga borib narkotik olib kelish voqeasi A.Ibodinov asli iste’dodli yozuvchi bo’lgani uchun tog’ manzaralari, yo’l hodisalari ancha jonli tasvirlangan. Lekin shunday bo’lishiga qaramay kishini hayajonga solmaydi, o’ziga jalb qilmaydi. Sabab ularni qo’rquv va hadiksirashga majbur qiladigan asosdan mavhum.Latofatning fojiasi ham ishonarli kuchga ega emas. Chunki sharmandali holdan so’ng, hech bir ayol o’ziga ko’ngil qo’ygan odamdan umidvor bo’lolmaydi. Zeroki shunday ekan, uning do’koniga kelishi atayinlikdan boshqa narsa emas. Aslida uning o’ldirilishiga ham asos yo’q. Xulosa qilib aytsak, mazkur asar yuqoridagi asoslarga ko’ra detektivlik talablariga javob bera olmaydi.
Poetik nom bilan atalgan «Derazangni chertganda yomg’iru shamol» deb nomlangan ikkinchi qissasi xususida bunday gapni ayta olmaymiz. Chunki u detektiv asar talabiga rioya qilingan holda yozilgan. Asar sirli tugun, ya’ni ro’y bergan jinoyat izi – odam kallasi topilishidan boshlanadi. Tergovchi Hamidjonning induktiv va dedektiv metodning uyg’unligida olib borgan qidiruv ishlari tezda natija beradi. Kalla Sarsonko’ch qishlog’idagi mehnatdan obro’ topgan, uvali-juvali Eson akaning ukasi Abdumo’min bo’lib chiqadi. Kalla tanasining qidiruvi jarayonida, ikkinchi o’lik Habiba Erkinova jasadiga duch kelinadi. Oqibatda jinoyat ufqi kengayadi. Hayot haqiqatidan ma’lumki, har qanday jinoyat asosida insonning qismati, taqdiri, fojiasi yotadi. Uning mohiyatini ochib berish, fojiaga olib keladigan holatlarni o’rganish insoniyatning botiniy va zohiriy dunyosiga ro’para kelish demakdir. U esa odam ruhiyatida katarsis hodisasini yuzaga keltiradi, ya’ni qalbida poklanish jarayoni yuz berishga imkon tug’diradi. Qissada shunday hodisa ro’y beradi. Biz Abdumo’min faoliyati orqali turli taqdirlarga duch kelamiz. Oqibatda bir falsafiy va hayotiy haqiqatning mohiyatini, ya’ni inson hayoti ravon, nurli yo’llardan ketishi yoki qorong’i jinko’chalarda tentirab, yorug’likni ko’rolmay, jarlikka qulashi o’z kechirgan turmush tarzi va qilmishiga bog’liqligini. Buni yozuvchi tergov jarayonida tergovchi Hamidjon uchrashgan, suhbatda bo’lgan har bir personajning faoliyati, qismati tasvirida kishi ongiga singdiradi.Abdumo’min obrazida kishi boshi hayotning tor ko’chalaridan keng, ravon yo’liga tushib olmasa, umr bo’yi o’sha tor ko’chada qolib, keng olamni ko’ra olmasligi, tor ko’cha masofasi juda qisqa bo’lganidek, bunday odamning umr yo’li ham g’oyatda qisqa bo’lishini anglatadi.
Habiba xatti-harakatidan kishi ko’p saboq oladi. Ma’lumki, kishida birinchi hissiyot tuyg’usi shakllanadi va tez rivoj topadi. Uni tezda aql bilan jilovlab, boshqa tuyg’ularni – uyat, andisha, iroda, e’tiqod qaror topishiga yo’naltirilmasa, kishining ko’p alg’ov-dalg’ovga duchor qiladi. CHunki hissiyot tuyg’usida, ma’naviy ehtiyojdan ko’ra, tabiiy ehtiyojni qondirish ustun turadi. Habiba hissiyotiga erk beradi, uni aqliga bo’ysundirmadi. Ota-ona esa bunday qobiliyatni yuzaga keltirishga ko’mak bermadi, beparvo bo’ldi. Natijasi achinarli va qonuniy qismatga duchor bo’lishdir.Har qanday qabih odam agar fikrlash qobiliyatiga ega bo’lsa, vaqti kelib, o’zining qabih ishlarini yaxshilik bilan yuvishga intiladi. mo’ydin Xolmatov obrazida shu haqiqat inkishof qilingan. Qalbida yaxshilik kurtaklari una boshlagani uchun qizi Munira Kamolovaning ortiqcha tashvishlardan holi qlish yo’lida jinoyatga qo’l uradi va o’zini mardlarcha o’limga mahkum etadi.
Qissalar mana shunday umuminsoniy axloqiy masalalar ilgari surilganligi bilan ma’naviyat dunyosiga qo’shilgan muhim hissa va katta ahamiyatga molikdir.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish