Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet11/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Tayanch iboralar: roman, romanchilik, jahon romanchiligi, romanik tafakkur, hozirgi o`zbek romanchiligi, romanlarda vatan, millat taqdiri masalasi.
Savol va topshiriqlar:
1.Roman janri va uning o`ziga xos xusussiyatlari haqida so`zlang.
2.Hozirgi romanlarning mavzu ko`lami qanday?
3. Romanlarda aks etgan hayot haqiqati va obrazlar haqida fikrlang.
Adabiyotlar:

  1. ЭркинАъзам. Шовқин. Роман, Т.: “Ўзбекистон”, 2011.

  2. ОмонМатжон. Халоскорруҳ. БадиҳақиссаТ.: «Ижодуйи» 2004.

  3. Ш. Холмирзаев. Сайланма. 1 жилд Т.: «Шарқ» 2003.

  4. Исажон Султон. Боқий дарбадар. Роман “ШЮ” 6-сон, 2010.

  5. Ҳозирги адабий жараён. ЎУМ, ЎзМУ 2011. Ўзбек филологияси факультети кутубхонаси.

6.H.Karimov. Istiqlol davri nasri. –T.: Zarqalam, 2007.


12-mavzu: Hozirgi daramaturgiya. Mumtoz fojea janri xususiyatlari. Drama va komediya.2 soat.
Reja:
1.Tarixiy dramada badiiy to’qimaning roli. Amir Temur siymosi.
2. «Avlodlarga vasiyat» tarixiy dramasida Sohibqiron siymosining badiiy talqini. Tarixiy dramalarda ayollar obrazi va ularning ruhiyati ifodasi.
3. Tarixiy shaxslarning hayotiy va ijodiy faoliyatini yoritishi.«Ogahiy» musiqali dramasida tarixiy shaxslarga munosabat. «Ahmad al-Farg’oniy», «Piri koinot» dramasida dramaturg konsepsiyasi.
4. “O’g’iltoy”, “Jon qo’shnilar” («Neksiya»),“O’jar”, “Ziyorat”, «To’ydan oldin tomosha» komediyalarida badiiy g`oya. Mustakillikdan keyin yuzaga kelgan komediyalarning umumiy holati.
5. Insoniylikni ma’naviy va ijtimoiy hayotda tutgan o’rni.«Bir koshona sirlari» dramasining nomlanishi polifonik xususiyatga egaligi.«Yangi odamlar», «Oydin kecha asirligi» dramasi.
Har qanday tarixiy asarda badiiy to’qima bo’lishi muqarrardir. CHunki u siz yozuvchi oldiga qo’ygan maqsadni, g’oyasini, kontseptsiyasini ilgari surishi dushvordir. Sababi, xudi shu narsalarni amalga oshirishga badiiy to’qima juda qo’l keladi. Buni Abdulla Oripovning «Sohibqiron» nomli she’riy dramasida ko’rishimiz mumkin. Dramada juda ko’p tarixiy shaxslar faoliyat ko’rsatadi. Lekin ularning yetakchisi albatta Amir Temurdir. Hayot haqiqatidan ma’lumki, tarixiy shaxslar bilan bog’liq bo’lgan voqealarning barchasi ham uning ma’naviyatini, axloqini, tabiatini, ruhiyatini, insoniyligini ifodalamaydi. Buni yaxshi anglagan shoir badiiy to’qimadan unumli foydalangan. Drama Temurning soch oldirish epizodi bilan boshlanadi. Ma’lumki, bironta tarixiy manbada dramadagi holat aynan qayd qilinmagan. Lekin hayotda bunday jarayon bir marotaba emas, ko’plab sodir bo’lganligi aniq. SHoir shularning bittasidan maqsad yo’lida foydalanadi. Ya’ni Temurning oddiy odamlardan o’zini ayri tutmasligini, ularga ishonishini, shuningdek, mard va mag’rurligini ko’rsatishga, sadoqatli odamga ajrata olish xususiyatiga egaligini anglatishga. Sartaroshning «Hatto hazil-huzulni ham iltifot aylab, Qulingizdan ayamaysiz», - deganiga «Qul ko’p, sen - yolg’iz», - deb javob beradi. Demak, uning sadoqatini ko’p sinovdan o’tkazgan. Sartaroshning:
- Sohibqiron, boshingizni sal quyi eging,
Ustaramning tig’i o’tkir, dami ko’p tezkor, deganiga Temur:
-Sartaroshga bosh egar, ha, jahongirlar ham,
Boshqalarga egilishdan asrasin Xudo! – deydi.
Haqiqatan, Temur umr bo’yi birovga bo’yin egmay, o’zining usta sarkardaligidan mag’lub bo’lmay, yirik markazlashgan davlat qurganligi barchaga ayon. Uning usta strateg va taktikaga ega ekanligi navaralarining zakovatini sinovdan o’tkazish voqeasida juda yaxshi ochib berilgan. Temurning harbiy taktikasi, sho’ro davlatining harbiy akademiyalarida o’rganilgan. Bu haqida zobit Muhammad Qodir shunday hikoya qiladi: «Bundan o’n bir yil muqaddam Rossiya bilan Finlandiya chegarasidagi Viborg shahrida oftserlar tayyorlash kursida o’qirdik. Bir kun taktika va strategiya haqida baxs boshlandi-yu, zobitlarning uning kelib chiqishi haqida gapirishni xushlamayotganliklari sezilib qoldi. Birgina Ibragimov degan yangi kelgan zobitgina miyig’ida kulib qo’ydi. U qalmoq bo’lib, «og’a»lar bilan ko’pam «qoni qo’shilavermas» edi. Taktika va strategiya haqidagi savollarimiz javobsiz qolayozdi. Ammo o’sha qalmoq zobit payt poylab turib, o’zbek va tojikdan iborat bo’lganimiz – bor-yo’g’i uch turkistonlikni holi qildi-da, dedi:- Bilasizlarmi, taktika va strategiyani Kim yaratgan? Sohibqiron amir Temur yaratgan. Harbiy bilim yurtlarida, akademiyalarda bu maxsus o’qitiladi...
- SHuni ochiq aytib qo’ya qolishsa bo’lmasmidi? – so’ragandik o’sha qalmoq zobitdan. U ham shundan hayronligini bildirdi»1.
Sho’rolar davrida Chop etilgan ham ilmiy, ham badiiy asarlarda Amir Temurning zolim, badjaxl, tabassum, shodlik unga tamom begona tarzda yozishgan. Hatto uning bu xususiyatlari go’yo uning zohiriy ko’rinishlarida ham o’z ifodasining topganligini isbotlash borasida bosh chanog’i asosida antiporolog Gerasimov go’yo haqiqiy qiyofasini, ya’ni ichki dunyosi tashqi qiyofasida o’z ifodasini topgandek portretini qop-qora, badjaxl sifatida yaratgan. Vaholanki, uni o’z ko’zi bilan ko’rgan Ibn Arabshoh yozishi bo’yicha tamom boshqacha ko’rinishga egadir. U o’zining «Ajoyib ul-maqdur fi axbori Taymur» nomli asarida shunday tasvirlaydi: «Temur gavdasi kelishgan, uzun bo’yli odam edi. Peshonasi ochiq, kallasi katta, ovozi jarangdor bo’lib, kuch-jasurligidan qolishmas edi. Oqish yuzini, och qizil rang jilolantirib turardi. Yelkalari keng, barmoqlari, qovurg’alari uzun, muskullari kuchli edi».Xuddi shunday fikrni zamondoshi Barbara Brey ham «Ibn Xaldun» nomli maqolasida ham bildirgan1.
Odam yuzining jilolanishi botinidagi ezgulikdan, ma’naviyatdan dalolatdir. Bunday fazilatga ega odamning chehrasi ravshan va kishi ruhiyatini tez anglovchi xususiyatga ega bo’ladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Temur shunday shaxs bo’lgan. A.Oripov dostonida uning bu xususiyatini to’g’ri qayd qiladi: -Gap yurarmish, go’yo Temur tabassum qilmas,
Go’yo unga xursandchilik, shodlik begona
... Odamlarning badnafs
... Odamzodni bir daqiqa bejilov qo’ysang
G’ajib tashlar, yeb bitirar bir-birlarini.
Bu misralar Temurning sho’rolar davrida bildirilgan fikrlarni inkor qilishi bilan birga, saltanatining ko’lamini kengaytirib va markazlashgan davlat qurishga muyassar bo’lish sabablarini, shuningdek, uning osoyishtaligini saqlashga erishish asoslarini ko’rsatadi.
Sahnadagi voqealar, dialog va monologlar shunday asosga qurilganki, ularning birida Temurning insoniylik fazilati ochilsa, ikkinchisida sarkardalik mahorati, uchinchisida xukmdorlik fazilati, to’rtinchisida katta siyosatdon, vaziyatni oldindan ko’ra biluvchi bilimdon alloma sifatida bo’y ko’rsatadi. SHuningdek tarixiylik o’z ifodasini topadi.
Shu, ya’ni birinchi sahnada Amir Husayinning kirdikorlari, sarbadorlar qismati va Temurning ularga bo’lgan munosabatidagi tarixiy haqiqat ochib berilib, shu voqea bilan noxush fikrlarga oydinlik kiritiladi. Bu haqida Turg’un Fayziev yozadi: «1366 yil bahorda Amir Temur va amir Husayn Yana birgalashib, Samarqand shahrining Koni-chil mavzesiga kelib tushadilar va u yerda sarbadorlarning qo’lga kiritgan g’alabalarini tabriklab, ularning raxnamolarini o’z lashkargohlariga taklif qiladilar. Sarbadorlarning boshliqlari amirlarning «beg’araz» taklifiga ishonib, lashkargohlarga keladilar. Biroq amir Husayn sarbadorlarni tutdirib qatlga buyuradi. Faqat Mavlonzodagina Amir Temurning qilgan jonbozligi natijasida qatldan omon qoladi. SHundan ma’lum bo’ladiki, harholda sarbadorlar haqida Amir Temur bilan Husaynning fikrlari boshqa-boshqa bo’lgan... lekin voqeadan so’ng Amir Temur bilan amir Husayn o’rtasida o’nglanmas nizo vujudga keladi»1.
Dramada bu tarixiy voqelik Temur tilidan badiiy haqiqatga aylantirar ekan, o’z navbatida Sohibqironning jo’mardligini ham ifodalaydi. Temur shunday deydi:
Sarbador, ha, sarbadorlar!
Mardonavor qo’riqladi ular shaharni,
Uloqtirib tashladilar mo’g’ul qo’shinin.
Sen bilan men tayyor oshga bakovul bo’lib
Saltanatni tortib oldik sarbadolardan.
Xaqiqatni tan olishlik cho’ng jo’mardlikdir. Temurning insoniyligi esa Amir Husayn tilidan beriladi:
Men bilardim, moyil eding sarbadorlarga,
Dordan olib qolgan eding ulardan birin,
Ismi uning Mavlonzoda.
Temur bilan Amir Husayn o’rtasida uzoq davom etgan nizo va Husaynning subutsiz, o’z manfaati yo’lida har narsadan kechib yuboradigan shaxs ekanligi esa Uljoy Turkon vositasida ochilgan:
Afsuski, men xabardorman buning baridan,
Necha yildir orangizda qora xusumat.
Aka, Sizning joningizni Ulug’ Amirdan
Qancha marta so’rab oldim yig’lab, yolvorib.
Lekin bu safar u avf etilmaydi, amir, beklarni, xususan, xuttalonli Kayxusravga azaliy qasosini olishi uchun uning qo’liga topshiriladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning hikoya qilishicha, 1403 yili Amir Temur Boilkon shahrida olimlar kengashini chaqirib, o’zi nutq so’zlagan. U o’z nutqida shunday degan: «Fan va dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o’rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kengaytirish, saltanatimizni rivojlantirishdir. Bu ishlarni amalga oshirishda sizlar o’z maslahatlaringiz bilan menga ko’maklashmog’ingiz lozim». Bundan ko’rinyaptiki, Temur har ishni bamaslahat bilan qilgan. Bu hukmdor uchun katta fazilatdir. Qonun asosida boshqarilgan davlatdagina adolat tantana qiladi. Temur davlatni shunday qonun asosida boshqargan. Uning qonunni Tuzuk deb atagan. SHe’riy dramada bu tarixiy haqiqat Temur obrazi orqali ochilgan. U shunday deydi:
Biror mushkul muammoni hal etar bo’lsak,
Kengash qildik ahli dinu vazirlar bilan.
Kengash qildik baxodirlar, amirlar bilan.
... Biroq farmon yagonadir,
Saltanat bita.
Har qanday davlatni ham boshqarmoq uchun
Eng avvalo yo’riq kerak,
Qoida darkor.
CHingiz buni Yaso degan,
Biz Tuzuk dedik.
Ma’lumki, har qanday qonun, yo’riqnoma va qarorning asosi zakovat hamda bilimdir. Agar kishida shu narsa bo’lmasa, hech qanday qonun ham, yo’riqnoma ham yuzaga kelmaydi, qaror ham qabul qilinmaydi. Temur so’zsiz zakovatli va bilimdon, ya’ni ko’p bilimlardan boxabar shaxs bo’lgan. Bu borada ko’p tarixiy manbalarga suyanib, Turg’un Fayziev shunday yozadi: «... Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot va tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur kishilar bilan shaxsiy suhbatlar o’tkazardi. Bu suhbatlarda hayotning muxim masalalari to’g’risida, Movarounnahr va Xorazmdan tashqari, Oltin O’rda, Oq O’rda, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, shuningdek, butun mag’ribni o’z ichiga olgan saltanatga oid ishlar haqida gap borardi»1.Bu tarixiy voqelik ham dostonda o’z ifodasini topgan, ya’ni Temur obrazida badiiy haqiqatga aylantirilgan. Temur shunday deydi: -Davlat aslo tavakkalning mevasi emas,
U raiyyat,
Ya’ni xalqning g’uj irodasi.
Uning asos tayanchidir ushbu uch jahon,
Yagona shoh,
Mo’l Xazina,
Engilmas lashkar.
Bu purxikmat so’zni Temur aytaolishiga kishi ishonadi, o’z navbatida, uning dunyoqarashi va kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya o’z davri kontseptsiyasini belgilash bilan birgalikda, bugungi kunga ham asqotadi. Ya’ni davlat va uning tarakqiyot mohiyatini anglash hamda anglatishga qo’l keladi. Ayniqsa, mana bu gap qaysidir ma’noda prezidentimiz ilgari surayotgan fikrlarga, qilayotgan ishlariga ham ohanglik bor:Peshvolarga hurmat ko’rgazing,
Daraxt eking,
Gul o’tkazing,
Imorat quring!
... Har qandayin saltanatning obro’si esa
tayin bo’lg’ay ilm birlan,
ma’rifat birlan.
... Ona yurtim Kesh shahrida bir Saroy qurdim.
U – Oqsaroy!
Niyatimiz kabi pokiza.
Agar kimki shubha qilsa shavkatimizga
Oqsaroyni borib ko’rsin!
Shaxsning buyukligi faqat jangu-jadallarda qo’lga kiritgan g’alabalar va mardonavorlik bilan belgilanmaydi, balki ezgu a’mollar uning ulug’ligini belgilaydi. Amir Temur ikkala fikrga tegishli shaxsdir. Uning janglari bosqinchilik yo’lida urushlar emas, balki yaxshilik, ya’ni xalqni va kelajakni o’ylab qilingan harakatdir. Mana bu borada akademik Bo’rivoy Ahmedov o’zining «Amir Temur» roman-xronikasida nima deydi: «... butun dunyoga, hech bo’lmasa uning yarmiga hukmron bo’lish emas, balki jumlai-jahonni har toifadagi adolatsiz podshoh va mufsidlardan (fasodchi, buzg’unchi) himoya qilish, bozorgon va ziyoratchilarni yo’l to’sar bosqinchilarning zulmidan qutqarish, feodal tarqoqligiga barham berib, markazlashgan davlat barpo etish orqali o’zaro nizolarni yo’q qilishni niyat qilgan».
She’riy dramada shu narsaga katta e’tibor berilgan va badiiy haqiqat, ya’ni qahramonning faoliyatida ochilgan. Temur amirlarga qarata shunday deydi:
Urushlarni daf etishning yo’li esa bu:
Qonunlarga har kim so’zsiz rioya qilgay.
Hamma uchun bab-barobar bo’lsin Adolat!
Mening ulug’ va bepoyon mamlakatimda
Qaroqchi-yu yo’lto’sarning dasti qirqilgan.
Gar o’g’rilik sodir bo’lsa biror o’lkada
Biz dedikki, javob bersin yurtning xokimi
Yo to’lasin o’z hamyonidin.
Bu fikrning umumbasharligi shundaki, u har bir davrda ham dolzarbdir. CHunki unga amal qilgan har jamiyat haqiqiy demokratik davlatga ega bo’ladi. O’z navbatida Temurni qanday inson bo’lganligini ko’rsatadi.
Kishining ichki madaniyati, yuksak axloqligi ayollarga bo’lgan munosabatda yaqqol ko’rinadi. Temur shunday shaxs edi. Dramada uning bu xususiyati ham o’z ifodasini topgan. Mironshoh xotini Xonzodabegimni sarxushligida urganligi, u qayinotasiga bundan shikoyat qilganda o’g’lini qirq kun zindonda yotishga mahkum qilishi katta insoniyligidan dalolatdir. Temurning quyidagi gaplari teran tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, ayollarga bo’lgan chuqur mehrini ham ifodalaydi, shuningdek ayollarning hayotdagi o’rnini belgilaydi:
Ayol kishiga
Qo’l ko’tarish nimaligini bilurmisan?
Ayt!Sen-ku odam bolasisin,
Qaysi bir hayvon
Emayotib, uzib olar onasin ko’ksin,
SHohlarni-ku qo’yaturay,
... Nabilar ham tug’ilgan-u ayol zotidan
... Ayol zoti xonadonning shamchirog’idir,
O’sha chiroq o’chmasin, deb jang qilamiz-ku?
Aslida Mironshohga berilgan jazo ham, Xonzodabegimning shikoyati ham o’zgacha bo’lgan. Xonzodabegim aqlli bo’lgani uchun, buning oqibati ayanchli bo’lishini anglab, 1399 yilda eridan yashirincha Samarqandga qaynotasi Temur huzuriga kelib, Mironshohning kirdikorlaridan shikoyat qiladi. Turg’un Fayzievning yozishi bo’yicha, sevikli kelinidan bu ahvolni eshitib, qattiq iztirobga tushadi, bir hafta yig’lab, hech kimga ko’rinish bermaydi. So’ng yetti yillik yurishga bel bog’lab, yo’l-yo’lakay qo’qqisdan Ozarbayjonga bostirib kiradi. Sultoniyaga kirgach, darhol Mironshoh va uning hamtovoqlari-arkoni davlatini tutdirib, zindonga tashlatadi. So’ng Mironshoh va uning arkoni davlatiga o’lim jazosini e’lon qiladi. Temurning diniy rahnamosi, piri Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qarshi turadilar. Ularning «Islom qilichiga farzandkushlik isnodi dog’ bo’lib tushmog’i muqarrardur» deyishganiga qarshi Temur «Men ahkomi shariatda emas, o’z saltanatimda tartib o’rnatmog’im lozim!» - deydi. Sayid Baraka boshliq barcha amir va beklar hamda shahzodalar o’rtaga tushib, Mironshohni gunohidan o’tishni Temurdan iltijo qilib, yolvorishgach, shahzoda o’limdan omon qolgani bilan, jazosiz qolmaydi. Mironshoh hokimiyatdan chetlatilib, uning o’rniga ikkinchi o’g’li Umar shayx Mirzo tayinlanadi. Katta o’g’li Abubakr Mirzo otasi Mironshohni bundan buyoq o’zi bilan birga qolishini bobosidan iltimos qiladi. Abubakr Mirzoning iltimosi qondirilgach, u otasini o’z hukmida bo’lgan Bag’dodga olib ketadi1. Agar dramada shu holatlar badiiy aks ettirilganda asarning jozibasi oshishi bilan birga, Temur obrazining ulug’ligi ortadi va buyuk shaxsligi yanada oydinlashardi.
Amir Temurning Boyazidga bo’lgan munosabati ham insoniyligini ko’rsatadigan haqiqatdir. Dramada mazkur voqelik badiiy haqiqatga aylantirilgan. Temur shunday deydi:
O’z boshingga o’zing yetding.
Iqror bo’l, Sulton
Takabburlik va manmanlik hunaring bo’ldi
... Bilьaks, seni muhofaza qilurman, Sulton.
Turk elining noahillik tarixiga Sen
Tirik timsol sifatida yashab yurgaysen.
Hurmating ham shu qadrli bo’ladi, qo’rqma,
Iltimosu tilagingni sen aytsang-durust kun.
A.Oripovning yutug’i shundaki, tarixiy voqealar zamiriga bugungi kun masalalarini ham singdirib yuboradi. Mazkur hol Temurning Ushbu gapida yaqqol o’z ifodasini topgan:
Turkiylarning ikki shohin gijgijlab qo’yib
Urishtirish kimga zarur bo’lganin o’yla.
Ovro’poning nayrangiga laqqa uchdingu
Sohibqiron Temuringdan yuzni o’girding.
Ushbu fikr asrlar davomida qardoshlik iplari bog’lanib kelgan markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida hozirda qandaydir sovuqlikni hukm surishini tub asoslarini anglatadi, bizningcha. Temurning hayoli Yassaviy ruhi bilan muloqotida, ularning diologlarida dunyoni barqaror qiladigan narsa jangu jadallar, moddiy qudrat emas, ezgulik, ma’naviyat ekanligi ta’kidlanadi-ki, bu butun bashariyat e’tiborini qaratadigan g’oyadir.
Umuman olganda, drama deyarli tarixiy voqelikka suyanib yozilgan. Ko’rib o’tganimizdek, obrazlarda badiiy haqiqatga aylantirilgan. Lekin shunga qaramay, ba’zi bir e’tirozli o’rinlar ham bor. Dramada ko’proq monolog yetakchilik qiladi. Bu asar jozibasini, tomoshabinlarning diqqatini jalb qilishni susaytirgan. Ma’lumki, drama bu harakat janridir. Zero shunday bo’lgach, qahramonlarni, xususan Temurning xarakteri, tabiati diologda, tashqi olam va odamlarga bo’lgan munosabatda, voqealar olamida ochib berilganda, birinchidan, asarning jozibasi ortadi, ikkinchidan, qahramonning qanday shaxs bo’lganligi yanada yorqinroq bo’y ko’rsatadi. Bundan tashqari, tarixiy faktlarni buzish holatlari ko’zga tashlanadi. Odil Yoqubovning «Avlodlarga vasiyat» tarixiy dramasi ham Sohibqironning umrining so’nggi kunlari bilan bog’liq voqealar qalamga olingan. Drama ikki parda, to’rt ko’rinishdan iborat. Har ko’rinishda Sohibqironning turli insoniy qirralari ochila boradi. Agar voqeasi kishi diqqatini tortadigan, ya’ni qalbi iztirobga to’la, hasta Temurning holati tasviridan boshlanadi. Sohibqiron ichki monologda o’ziga-o’zi xitob qiladi: «Bibim, bibi jonim. Izlay-izlay keksayganda topgan duru gavharim, «Nechuk meni kutmading? Meni kutmay aziz joningga qasd qilding?» Bu holat sababi sir tutiladi, u tobora fojiy tus ola boshlaydi. Sohibqiron ko’ziga ko’ringan malak tomon intilar ekan, malak (Suluvko’z) unga xitob qiladi: «Yo’q-yo’q, men ketgan makon tomon talpinmang. Hali bul makonda qiladurg’on savob ishlaringiz ko’p! Xudoyim sizni shul niyatlaringizga yetkazgay. Men tomon shoshilmang, sira shoshilmang». Bu mahzun hol kishi, ya’ni tomoshabin qalbiga ham ko’chishi shubhasizdir. U o’z navbatida, kishini bosib o’tgan yo’llari xususida mushohada qilishga undaydi. Mushohada qilish esa ezgulik sari tashlangan qadamdir.Birinchi parda, birinchi ko’rinishda Sohibqiron vajohatidan odam oldiga boradigan shaxs emas, balki hamma qatori tuyg’ularga berilaturgan inson sifatida gavdalanadi. Tarixda haqiqatan ham Boyazid Yildirim turkman Qora Yusuf ig’vosi bilan Amir Temur ustidan lashkar tortishga qaror qiladi. U Misr va Shom askarlarini ham yordamga chaqiradi.Boyazid bilan Temur muloqatida tarixiy haqiqat to’g’ri ifodalanganligi bilan birga, xukmdorning insonligi namoyon bo’ladi. Ko’p manbalarga suyangan Turg’un Fayzievning yozishi bo’yicha, bu voqea quyidagicha kechgan: «Qo’li bog’liq Boyazidni xufton vaqtida Amir Temurning huzuriga olib kelishadi. SHu asnoda Amir Temurda shoxona muruvvat jo’sh urib, Boyazidning qo’llarini yechib, unga mehribonlik bilan izzat-ikrom ko’rsatishlarini buyuradi. So’ngra Boyazidni o’zining yoniga o’tkazib, do’stona suhbatlashadi.Suluvko’z yonog’idagi dog’ bilan Sohibqironga ro’para kelishdan cho’chib, darchadan o’zini tashlab halok bo’ladi. O’ylamay qilingan ish saltanat ayollari axloqi haqida yomon fikr tug’dirishi bilan birga, o’zini yosh umriga zavol keltiradi.
Tarixiy manbalarda Amir Temur xotinlari ichida Suluvko’z ismli ayol uchramaydi. Ba’zi bir xalq hikoyatlarida me’mor Bibixonimni sevib qolishi, u tuxum vositasida juda chiroyli javob berganligi yoziladi. Bu hodisa aql kuchiga ega bo’lganligi uchun uni bir pog’ona yuqori ko’taradi va ayollarga katta ibrat maktabi bo’ladi.Turg’un Fayzievning yozishi bo’yicha, Cho’lpon Mulk Og’o degan xotini nihoyat darajada go’zal bo’lgan. Ibn Arabshohning ta’kidlashicha, go’yo Cho’lpon Mulk Og’o Amir Temurga vafosizlik qilgani tufayli sohibqiron o’z qo’li bilan bo’g’ib o’ldirgan»1. Odil Yoqubov Suluvko’z obrazida CHo’lpon Mulk Og’o obrazini ko’zda tutgani ehtimoldan holi emas. Demak, bu voqea tarixiy ildizga ega.Pyesaning ikkinchi parda to’rtinchi ko’rinishida Sohibqironning o’limi va asarning nima uchun «Avlodlarga vasiyat» deb atalganiga aniqlik kiritiladi. Adib bu o’rinda tarixiy haqiqatga juda yaqinlashgan, ya’ni tarixiy haqiqatni badiiy to’g’ri aks ettirgan. Sohibqironni foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilishini shunchalik ta’sirchan, hayotiy va yorqintasvirlagani, go’yo kishi shu holatni tepasida turganday his qiladi. Va Amir Temurning irodasiga tan beradi, uning yaqinlariga aytgan purhikmat so’zlari butun kelajak avlodga, bugunga qarata aytilganining qalban tuyadi. Mana u nima dedi: «Biz qirq yil birga ot surdik. Ollo bergan tuz-nasibani birga baham ko’rib, Mashriqdan Mag’ribga cho’zilgan xududsiz davlat qurdik. Ammo yodlaringda bo’lg’ay. Davlat har qancha qudratli bo’lmasun, uning tomirig’a bolta uradigan uch xatar bor: birlamchi o’zaro noahillik, ikkilamchi jaholat, uchinchisi tarafkashlik. SHul uch xatardin ehtiyot bo’lsangizlar faqir tiklagan bu davlat – tog’day abadul-abad turadur». Nadomatlar bo’lsinkim, Sohibqirondan so’ng uning nevaralari va chevaralari bu nasihatga amal qilmadi. Oqibati esa barchaga ayon. Drama manna shunday hayotiy voqealardan saboq berishi va Sohibqironning boshqa asarlarda ochilmagan insoniy fazilatlari inkishof qilinganligi bilan adabiyot va inson ma’naviy olamida muhim o’rin tutadi.
Shoir va dramaturg Komil Avazning «Ogahiy» nomli musiqali tarixiy dramasida Ollohqulixon va Muhammad Rahimxon 11 – Feruz obraziga to’g’ri munosabatda bo’lingan. Bu ikki hukmdor Xorazm madaniy hayotida katta rolь o’ynagani endilikda ma’lum. Ularning yaxshi ishlari haqida sho’ro davrida ham qayd qilingan. Dramada ularning ma’naviy qashshoq emas, balki ma’rifatli insonlar bo’lganligi, davlat manfaati va kelajagini o’ylab ancha yaxshi ishlar qilganligini, to’g’ri so’z odamlar fikricha, jumladan, Ogahiy, Komil qarashlariga quloq solganligi ishonarli yoritilgan. Ezgulik hamisha g’olibdur. Bu falsafiy haqiqat hayotda o’z isbotini topgan. Dramada Ogahiy o’tmishida bu narsa o’z tasdig’ini topadi. Jumaniyoz unga qarata shunday deydi: «Sizga qasd qilganlarning qaysi biri obod bo’ldi? Ash’orini yo’qqa chiqarmoqchi bo’lganlarmi, yomonlig’ qilganlarmi, otdan yiqqanlarmi, qaysi biri? (Jimlik) Qushbegini zindonda bo’g’ib o’ldirishdi, mufti zindonda chiridi, So’virboyni qatl qilishdi, Nazar mahram it o’limida o’lib ketdi. Azaldan avliga kesak otganning kosasi oqarmagan, ustoz!» (128-bet).Dramaning so’nggida uch ijodkorning – Feruz, Komil Xorazmiy, Ogahiyning birlashishida katta falsafiy ma’no yotadi. Chunki ma’naviy hamjihat mamlakat albatta taraqqiyot topadi. Bu dramaning asosiy leymotivini tashkil qiladi.Lekin dramada millat ruhiyatiga mos kelmagan, hayotiy mantiqqa zid keladigan o’rinlar ham mavjudki, unga kishini e’tiroz bildirishi tabiiy holdir. Bu Sanamjonning xatti-harakatida ko’rinadi. Qizbola bo’laturib, uchrashuv haqida xat yozishi, o’z tuyg’ularini ochiq Ogahiyga izhor etishi o’zbek qizlariga xos xususiyat emas. Buning ustiga XIX asrni yodga olsak, tasavvur qilib bo’lmaydigan holatdir. Hayot haqiqatidan ma’lumki, har qanday El, shahar, davlatning shuhrati, tarixda saqlanib qolishi o’sha xalqning buyuk odamlarining ijodiy ezgu faoliyati, ya’ni yaratgan durdonalari, yozgan asarlari tufaylidir. Ahmad Al-Farg’oniy, to’liq ismi Abdul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kassir al Farg’oniy (797-865) ham shu kabi shaxsdir. O’zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz Jabborovning «Ahmad Al-Farg’oniy» nomli she’riy dramasida shu allomaning hayotiy faoliyati, o’y-fikri, tuyg’ulari yoritilgan. Asar butunlay hayolot mahsuli bo’lishiga qaramay, Farg’oniyning shahsiyati, yashab o’tgan davri, olimlari, xukmdorlari haqida yaxshigina taassurot uyg’otadi. CHunki tasvirlagan voqealari tarixiy ildizga ega. SHoir bir og’iz tarixiy faktdan xayoloti orqali katta tarixiy voqelik yarata olgan. Bu uchun kishi ko’p tarixiy manbalardan xabardor bo’lmog’i kerak. Drama syujeti yo’nalishi shoirning xabardorligidan dalolat beradi.Drama Ahmad al-Farg’oniyning yurtini sog’inib, oldiga qo’ygan maqsadlari ham amalga oshmaganidan nadomat chekib, o’z Farg’onasiga qaytishga ahd qilgan ondan boshlanadi. U o’ylanib, bir qarorga kelgach, shunday deydi:Bu ishda qo’l kelmas omadu baror,
Yurtga ketajakman, shu qat’iy qaror!
Hayitmat Rasulning «Piri koinot» dramasi ham Farg’oniy faoliyatiga bag’ishlangan. Mazkur drama falsafiy xarakterga egaligi, voqealar va obrazlar ko’lami kengligi, ular bir-biri Bilan mantiqiy bog’lanib dramaturg g’oyasini yaxlitlashtirgani hamda olimning jahonda mashhurligi «Baytul hikma»da kata mavqei o’z ifodasini topganligi Bilan ustunlikka ega. Dramada Farg’oniyning faoliyati xususida deyarli to’la tasavvurga ega qiladi. CHunki dramaturg ustalik bilan ularni detallarda ko’rsata olgan.
Farg’oniy voqealar davomida ham olim, ham inson sifatida yuksalib borishadi. U halifa al-Ma’munga Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunasini namoyon qilgach, halifa tomonidan munosib taqdirlanib, oltin toj kiydiriladi. Ahmad Farg’oniyning muvaffaqiyatidan uni ko’rolmaydigan ilmi zaif olimlar unga qarshi fitnani avj oldiradilar. Uni ko’chirmachilikda ayblashadi, ya’ni yozgan kitoblari Aflotun, Aristotelь, Muso Al-Xorazmiydan ko’chirilgan deyishadi. Bu vaziyatda ham u tushkunlikka tushmay, yangi kitob, yangi kashfiyot ustida ish olib boradi.
Ahmad Farg’oniyni misrlik shoira Firdavsga bo’lgan qalb intilishi, ikkala ma’naviy yetuk, lekin dini boshqa shaxslarning bir-biriga ko’ngil qo’yib, taqdirlarning bog’lashlari tasviri katta falsafiy ma’noga ega. Bu hol o’sha davr uchun g’ayritabiiy hodisa edi. SHundan bu haqida mutaassib shayhul-islomga olimni jazolashini so’rab murojaat qiladi. Unga o’lim jazosini tayinlaganlik farmonini olib kelganda boshqa bir dahshatli voqea ustunidan chiqadi, ya’ni Ahmad Farg’oniyga qaratilgan tig’ga uning sevimli shogirdi Dilmurod ro’para bo’lgandi. Bu lavhada ham katta ma’no yotadi. Dilmurod ustozining dushmanlari uni ko’chirmachilikda ayblashganda, bu tuhmatni rost bilib, ustozga og’ir gap qilgandi, bir muddat undan uzoqlashgandi. Dilmurodni fojiasini qilgan qilmishiga Olloh tomonidan yuborilgan qismat deb tushunmoq kerak.
Xalifa al-Ma’mun bu hodisadan g’oyat tashvishga tushib, buni Kim qilganligini surishtirib turganda mutaassib kelib farmon haqida aytadi. o’lim so’zini eshitgan olimning seviklisi jon holatda mendan voz keching deganda, u rad etadi. Xalifa shoira Firdavsga «Siz diningizdan kechib, musulmon bo’ling» - deganda «U o’zi dinidan kechgan, odam o’z e’tiqodidan kechgan, o’z qiyofasini yo’qotgan, xalqiga xiyonat qilgan shaxsga aylanadi. Men unday bo’lmoqchi emasmen», - deb javob beradi. Xalifa bundan g’oyat ruhlanib, o’lim jazosini yurtdan badarg’a qilish bilan almashtirishni, buni shayhul-islomga yetkazishini aytadi. SHunda Ahmad al-Farg’oniy oxirgi kashfiyotini halifaga ko’rsatadi. U zamin ko’rinishi, ya’ni yer shari edi. Bu bilan dramaturg «Er yuzida yashaydigan barcha xalqlarning yashaydigan makoni bita – kurrai zamin. SHundan bir-biriga dushman bo’lib emas, do’st bo’lib yashamoq kerak. Yashash makoni shuni taqozo qiladi» degan muhim g’oyani ilgari suradi. SHuningdek, dramada Farg’oniy sa’y-harakati, gap-so’zi orqali kishi ongiga «Johillik mag’lub, ezgulik hamisha g’olib» degan fikrni singdirishi ham muhimdir. Drama shu xususiyati bilan san’at va insoniyat ma’naviy olamida kata o’rin tutadi.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish