Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet12/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Komediyalar. Ruhshunoslarning guvohlik berishlaricha, «har bir insonning biomaydonida uning bu zaminga nega kelganligini bildiruvchi ma’lumot yashirindir. Bu go’yo inson yerdagi hayoti mobaynida amalga oshirishi kerak bo’lgan bir dasturdir. Aksaritimiz bu moddiy dunyoning taloto’pida ana shu dasturimizni unutib qo’yamiz»1. Unutmaslik uchun esa kishi katta ma’nodagi ma’naviyatga ega bo’lmog’i kerak. Ma’naviyatning zamini esa bilim. CHunki inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to’g’ri sola va taraqqiyotga erishtira olmaydi. Komil Avazning Hayitmat Rasul bilan birgalikda yozgan «O’g’iltoy» musiqali grotesk komediyasida xudi shu masala badiiy aks ettirilgan. U bir oila misolida umumlashtirilgan. Birinchisi, bu mualliflarning asarlarini grotesk komediya deb ataganlari birmuncha o’zini oqlagan. Ma’lumki, mubolag’aning zamirida ma’lum haqiqat va mazmun yotadi. Buni xalq ertaklarida, dostonlarida kuzatish mumkin. Katta korxona rahbari Korrizo Xeshboevichning o’g’li O’g’iltoy o’rta maktabni oltin medalga bitiradi. Bundan er-xotin, ya’ni Korrizo bilan Zarinaxon g’oyat shod. Korrizo
O’g’lim bo’lar zo’r odam,
Menman undan xotirjam, - desaZarrinaxon
Kelajakda baxtiyor
Qilar bizni sho’x erkam, -deb kuylaydi. Bunday bo’lishi tabiiy hol. CHunki o’g’li oltin medalga bitirgan har qanday ota-ona suyunadi, kelajakda zo’r odam bo’lishni orzu qiladi. Ota o’qitamiz, katta odam bo’lasiz, - deganiga o’g’il «Keyin-chi?» - deb savol beradi, unga javoban onasi Zarrinaxon «Keyin dadangizga o’xshagan amaldor bo’lasiz» - deydi. o’g’il bo’lsa amaldordan qassobni afzal ko’radi. Ota o’g’lining gapiga qarshi «Amaldor bu – amaldor, qassob, bu –qassob. Amaldor buyuradi, qassoblar bajaradi. Qassob yugurdak bo’ladi», - deganiga O’g’iltoy qotib-qotib kulib, «Yugurdakmish! Mana, qassob Ali aka, ikki qavatli dang’illama uyi bor, o’ziyam 150 kilo atrofida, hech yugurmaydiyam, mersidesda yuradi, aytgani-aytgan, degani-degan» - deb hayotiy gapini aytadi. Shu tariqa komediyadagi oddiy oilaviy masala asta-sekin ijtimoiylik tusini ola boshlaydi. Chunki O’g’iltoyning gapida jon bor.
Keyingi voqealarda qahramonlarning tutgan ishlari o’zlarining nazdida jiddiy tuyulgani bilan tomoshabinlar unga sarkazm bilan qaraydi. Negaki otaning va uning atrofidagi odamlarning tutgan ishlari jamiyatning axloqiy me’yorlariga ziddir.Asardagi qo’shiq va o’yinlar hamda qahramonlarning gap-so’zlari, xatti-harakatlari kishida kulgi uyg’otadi. Lekin, afsuski, ularning toshi yengil. Ular ijtimoiy muammo va hayotiy mantiq bilan to’yintirilganga komediyaning tarbiyaviy ahamiyati yanada ortardi.Bu haqiqat Jumaniyoz Jabborovning «Jon qo’shnilar» («Neksiya» nomi Bilan ham sahnaga qo’yilgan) ikki pardali komediyasining leytmotivining tashkil qiladi. Biroq asar bu bilan cheklanib qolmagan. Unda ayollar ruhiyati, tabiati, ko’p qavatli uylardagi holat, erkaklarning hayotga munosabati, yoshlar tuyg’ulari, muhabbati kabi masalalar ham komediyaning umumiy g’oyasiga singdirib yuborilganki, bular uning falsafiy fikrlash ko’lamdorligini oshirgan.
Sahnaga birin-ketin qo’shnilar – Xadicha, Norbuvi, Mohira, Oydin, Nilufar chiqib kelar ekan, ularning bir-biriga munosabatida g’oyat inoqliklari namoyon bo’lish bilan birga, gap-so’zlarida bugungi hayot manzaralarining ifodasi bilan birgalikda, komediya qahramonlari va uning umumiy holati ayon bo’ladi. Ayollarning suhbati bir kun oldin bo’lgan to’y ustida ketadi.Jurnalist To’xtasin, avtokorxona boshlig’i Safar, nafaqaxo’r Bozorlar bir-biriga muomalasida, hazil-mutoibalar zamira yotgan kunlik turmush va inson hayotida uchraydigan illatlarni (noinoqlik, pastkashlik, ko’p qavatli uylardagi noqulayliklar) ochib tashlashidan kulasiz-u, lekin birdan jiddiy tortasiz. Negaki undagi fikrlarning ko’pi o’zingizgategishli bo’lib chiqadi. Jumaniyoz Jabborovning «Ziyofat» komediyasiganazar solganimizda bu holni ko’rmaymiz. Boshlanishidan ko’p narsa kutilgan, hayotiy voqelik asosiga qurilgan asar, ikkinchi pardada voqealar o’z mantiq kuchiga ega emasligi, u yasalgani aniq bo’lib qoladi. Komediya syujetiga murojaat qilaylik.
«O’jarlar» komediyasida qo’yilgan masalaning ko’lamdorligi, qahramonlari xatti-harakati, gap-so’zi yoshi va saviyasiga, voqea tizimi zamonga mosligi Bilan diqqatga sazovordir. Komediya qahramonlarining deyarli barchasi yangi imorat qurilishida ishlayotgan yoshlar, ya’ni Ozoda, Qalandar, Tojivoy, Faxriddin, Quvondiq, Keldiyorlar. Ularning barchasi sog’lom, bilagida kuch yog’ilib turgan, o’z maqsadlariga ega, eng muhimi o’zi yashayotgan jamiyatning taraqqiyotiga, ya’ni «Ko’plarning baxtiga o’zlikni jamlab, shu ulug’ binoga bir g’isht qo’ysak bas» (G’.G’ulom), - deb yurgan kelajak mevalari.
Umuman olganda, mustaqillikdan so’ng ko’plab komediyalar yozildi. Lekin ularning ko’pi ko’rib chiqqanimizdek, qo’yilgan masalaning toshi yengilligidan o’zini oqlamaydi. SHuningdek, yosh dramaturg, xususan, Erkin Xushvaqtov o’z komediyalarini milliy urf-odatlarni nihoyatda bo’rttirib ko’rsatish, ular ustidan Kulish evaziga qurgan. Bu holni uning «CHimildiq», «Qalliq o’yini» komediyalarida ko’rishimiz mumkin. Vaholanki, urf-odatlar o’z-o’zidan yuzaga kelmaydi. Uning zamirida hayotiy falsafa va milliy qadriyatlar yotadi. Bu borada V.Belinskiy shunday deydi: «Urf-odatlar xalqning qiyofasidir... Eng rasvo, bo’g’zigacha gunohga botgan, hamma muqaddas narsalarni haqoratlaydigan odam ham urf-odatlar ustidan ichida kulsa-da, ularga bo’ysunadi»1. E.Xushvaqtov esa to’qima voqealar asosida sirtdan kuladi-ki, unga qo’shilib bo’lmaydi.
Ko’p yillardan beri dramaturgiya nazariyasi va amaliyoti yuzasidan qalam tebratib, o’nlab kitob yozgan keksa, taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor X.Abdusamatov E.Xushvaqtovning asarlarini tahlil qilar ekan yozadi: «Ming afsuski, E.Xushvaqtovning ayrim asarlarini ko’rib, hayron bo’lib, ranjiydi kishi. Nima uchun? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, muallif folьklor-etnografiya niqobi ostida, hayot haqiqatidan, jamiyatning dolzarb muammolaridan chekingan, shunday qilib mantiqiy buzgan, badiiylikka shikast yetkazgan. Go’yo badiiy fantaziyasini ishga solganday bo’lib, o’zi hohlagan didiga mos tushgan narsalarni asarlariga olib kirgan. «Chimildiq» va «Qalliq o’yini» dramalarida aks etgan voqea va hodisalarning deyarli hammasi to’qimalardan iborat»2.
Hayotdagi taloto’mlarni va insoniy tanazzullarning asosiy chuqur anglagan Robindranat Tagor o’z shogirdlariga qarata shunday degan edi: «Ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar tabiatdagi narsalarni yaxshilashi, sayqalishi mumkin, lekin insonni hech narsa qila olmaydi. U narsa kishiga ruhiy kamolatga erishish uchun yo’l ko’rsatib bera olmaydi. CHunki, menimcha, ruhiy kamolat moddiy taraqqiyotga bog’liq narsa bo’lmay, bizning qalblarimizdan joy olgan narsadir. U moddiy jihatdan qoloq xalqlarda ham, taraqqiyotga erishgan xalqlarda ham bir xil bo’ladi. Shunday ekan, qo’limizdan kelgancha ruhiy narsalarni izlamog’imiz kerak. Menimcha bolalarimizga elektr tokining foydalariga qo’shib, ochiq ko’ngillik va rahmdillikning manfaatlarini o’qitmoq darkor. Boshqacha qilib aytganda, ular o’qiyotgan ilmlarga abadiy qoladigan ruhiy sifatlarni ham qo’shib yubormoq darkor. Aks holda ko’zlagan maqsadga erisha olmaymiz»1.
Bu purhikmat so’zga amal qilish har qachongidan ham bugungi kunda ehtiyoj seziladi. CHunki mustaqillikda barcha narsaga erkinlik berilishi, shuningdek, o’tish davridagi buhron tufayli aksari odam ma’naviyatdan uzoqlashib, moddiy boylikka rag’bat bildirishdi. Oqibatda imon va e’tiqodda susayish boshlandi. Buni vaqtida sezgan xukumatimiz ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirdi. So’zsiz bu narsa adabiyotda ham o’z ifodasini topdi. Odil Yoqubovning «Bir koshona sirlari» dramasi shu jumladandir. Drama ikki parda, to’rt ko’rinishga ega. U muqaddimadan boshlanadi. Unda shunday manzaraning guvohi bo’lamiz, ya’ni tabiat qo’ynida – go’zal o’tloqda to’rt-beshta yigit davrasida drama ishtirokchisi Dilora kayf holda turli nag’malar qilib o’ynayotgani, yigitlardan biri bizga ham qarang deganiga qarata, «Dilyaxonning bir ishvasi ming dollar turadi. Kuchingiz yetadimi yigitcha!» - deb o’yinni davom ettirishiga javoban yigit cho’ntagidan bir dasta pul olib sochganiga Dilorani yengil o’pishga muyassar bo’lgani va u Eri Sarvarga «Yig’ishtirib oling, hammasi yuztalik ekan dollari» degan xitobiga Eri tomonidan yuziga shapaloq urilish voqeasining guvohi bo’lamiz. Bu holat asarning umumiy yo’nalishini, konfliktini, voqealar tizimi va ko’lamini belgilagan.Birinchi pardaning birinchi ko’rinishida hamma narsaning asosi boylik, u barcha narsani belgilaydi, nimani istasa shunga imkon beradi degan fikrda bo’lgan, shundan ko’ngil ko’chasiga keng erk bergan Sarvar, uning onasi Mehriniso, Gulnoza, Bo’rsiq kabi obrazlar Bilan tanishamiz. Ularning tabiati tiynati haqida dramaturg tafsilot bermaydi, ularni qanday inson ekanligini xatti-harakatida ko’rsatadi.Nihoyatda halim, serharakat Mehriniso aya ahvolini bilgani chiqqan qo’shnisi vrach Gulnoza, uning ahvolini so’raganda, u shunday javob beradi: «E-e... yaxshi uyqu qayoqda deysan, do’xtir qizim. O’g’lim bilan kelinim o’rtasidan ola mushuk o’tibdiki, halovat yo’q uyimizdi. Bolajonim farzandlarini jonidan yaxshi ko’radi, sog’inadi, kelinim tushmagur, ularni opqochgani-opqochgan. O’g’lim o’z yog’ida o’zi qovuriladi. Onaizor, buni ko’rib men qovurilaman. Kelin yengiltak bo’lsa qiyin ekan». Bu fikrdan va muqaddimadagi xatti-harakatdan kelini Diloradan kishini ko’ngli qoladi va Sarvarning tutgan ishini ichdan oqlaydi. Ayniqsa, ayaning «Bolajonim ichmas edi, ichadigan bo’ldi» degan so’zidan keyin. Bu fikrni kech turgan Sarvarga yigitlaridan biri «Nonushta tayyor, ko’ngillari nima istaydi, xo’jayin?» deganiga «Jigarkabob. SHampan» deyishi tasdiqlaydi, hatto kishida achinish uyg’otadi. Sarvarni Bo’rsiqqa qarata: «Ishga olmasimdan turib, yo’ldan urding meni. Men unaqa pora-mora Bilan ish qiladigan ipirindi-sipirindi tadbirkor emasman» deyishi unga nisbatan bir qadar hurmat uyg’otadi. Lekin uni qanday qilib shunday koshona uyga, daromadga ega bo’lganiga qiziqish ortadi. Bu sirni ochish esa Bo’rsiq zimmasiga yuklatiladi. U tobora faollashib boradi. Bo’rsiq shunday deydi: «Nima qilasiz shu Xotin Bilan ajrashib? Axir insof Bilan aytganda sizniyam, meniyam odam qilgan shu Xotin-ku? Kim Edik bizlar? Men o’zingiz aytgan bir ipirindi pattachi edim, bozorkom qildi. Siz tachka haydab yurgan bir yigitcha edingiz. Rost juda kelishgan, ketvorgan yigit edingiz. SHu Xotin sabab, millioner bo’ldingiz. Lekin uyam qanaqa juvon edi? Butun shahar uning super-market do’koniga mol olgani emas, xusni-jamolini tamosha qilgani kelardi. Hozir ham ko’chada yursa, ne-ne erkaklar qayrilib qaraydi».
Ikkinchi parda insoniy fojia, burch, insoniylik masalasiga bag’ishlangan. Bu narsa Darveshali va Gulnoza obrazi orqali yoritilgan. Birinchidan, ularning yoshlari orasida farq juda kata, ikkinchidan o’rtada farzand yo’q. Gulnoza bo’lsa o’zining aytishi bo’yicha Darveshaliga sevib turmushga chiqqan. Lekin mushohada qilinsa, Gulnoza Darveshalining o’zini emas, uning shuhratini, obro’yini yaxshi ko’rgani ayon bo’ladi. Dramada insoniylikning ma’naviy va ijtimoiy hayotda tutgan o’rni juda yaxshi ochib berilgan. Sarvar Darveshalining o’ziga ko’rsatilgan insoniyligidan qattiq ta’sirlanadi va tamom boshqa odamga aylanadi. Ya’ni qalbida insoniylikni birinchi mezoni bo’lgan imon kurtagi ko’karib gullaydi. Bular odamiylik mevasini – diyonat, insof, saxiylik, axloqiylik tugadi. Oqibatda xayrli ishlarga qo’l uradi: maxala maschitiga bir million so’m pul ajratadi. Dramaning nomlanishi ham polifonik xususiyatga ega. Ya’ni «Bir koshona sirlari» bu faqat Sarvar koshonasi ichida ro’y bergan voqealarni anglatmaydi, koshona Dune ma’nosida bo’lib, u yerda faqat xursandchilik, ko’ngilxushlik xukm surmaydi, balki insoniy dard-alam, iztiroblarga, aldamchilik-u hiyonatga, topishdan ko’ra yo’qotishlar ko’p, shuningdek, Darveshali, Gulnoza, Diloraga o’xshagan hayoti fojiaga to’la, Sarvarga o’xshagan adashganlar bilan birga, Bo’rsiq kabi fosiqlar ham istiqomat qiladi.
Biz 30-va 50-yillardagi qatag’onlikning ziyolilar boshiga solgan fojiadan xabardormiz, tasavvurga egamiz. Bu haqida ko’p yozilgan, badiiy asarlarda yoritilgan. Lekin shunga qaramay, aniq shaxslar uni qanday ko’targanligini, qanday munosabatda bo’lganligi, qalblari qanday iztirob chekkanligi, tuyg’ulari toptalganligini, qanday shaxslar bo’lganligi, tabiatlari hamda yaqinlarining boshiga tushgan ko’rguliklarni xira tasavvur va his qilardik. o’zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning «Adibning umri» dramasi bu bo’shliqni to’ldiradi. Drama holatdan boshlanadi. Unda biz nafaqat drama qatnashchilari, balki ularning tabiati Bilan ham tanishamiz, shuningdek, ularning ulug’ligi nimada ekanligini ham his qilamiz. Holat shunday tasvirlanadi:
«Oybekning bog’i. Cho’lpon, Saidnosir Mirjalilov supada o’ltiribdilar. Ular qopdan kitob olib bir-bir varaqlab ko’rayaptilar. Oybek samovarning atrofida – choy qaynatish Bilan ovora. Abdulla Qodiriy gulzorning chetidagi bir gul tepasida, unga tikilgancha turibdi. Kitobdan bosh ko’targan Cho’lpon. «Saidnosir aka, uyingizga kitob sig’may qoldimi, Oybekning uyiga qoplab ko’tarib kelibsiz» deganiga u «Bozordan xarid qildim. Oybekning uyi tinch. Men esa kecha qamoqdan kelgan odamman. Bir gap bo’lsa, kitoblar OMON qolsin deyman-»1 deydi. Bu suhbatda ko’p narsa o’z ifodasini topgan. Ya’ni Saidnosir (Zarifa opaning otasi)ning holatidan o’sha taloto’mlar ko’z oldimizga kelsa, o’zlarini emas, kitoblarni omon qolishi haqida qayg’urishlari ularni naqadar ziyoli shaxs ekanligini ko’rsatadi.Ikkinchi ko’rinishda Oybek va uning oilasi boshiga tushgan savdo aks etadi. Adabiyot va san’at ahli Oybekning jismoniy majruh, ya’ni gapirolmay qolganligidan xabardor. Lekin uning mohiyatini hamma ham biladi deb bo’lmaydi. Dramada Minьchakov (aslida Milchakov) kabilarning yo’ldan urishlari tufayli «Navoiy» romanining qoralanishi oqibatida adibga mutasil o’tkazilgan tazyiqlar sababli shu ahvolga tushganligi ham yorqin ochib berilgan. Bu Zohir obrazi orqali beriladi. U yosh tadqiqotchi. Oybekning «Navoiy» romani yuzasidan ilmiy ishga qo’l urgan. Minchakov va Otaro’zi kabilarning aldovi va qo’rqituvi bilan romanning millatchilik ruhidagi asar deb qoralab chiqadi. Keyinchalik vijdoni qiynaladi, vijdon unga tinchlik bermaydi. Oybekning majruh bo’lishiga o’zining hissasi borligini bilgani holda adib oldiga bosh urib keladi. Chunki Oybekning jo’mardligini, yuksak ong egasi bo’lganidan uning fojiasini to’g’ri anglashini qalban his qiladi.
Izzat Sultonning «Yangi odamlar» («Yoshlik», 2003 yil, 2-son) dramasida Yangi odamlar deganda mustaqillikning mahsuli bo’lgan tadbirkorlar obrazini, ya’ni Azamat va Saidjonlarni nazarda tutmagan. Balki hayotga, turmush ikir-chikirlariga yangicha qarash, qadimdan xukm surib kelgan an’analarga yopishib olmaslik, o’z taqdirini o’zi belgilashga moyillik, yangi tafakkur kontseptsiyasiga egalikni ham nazarda tutgan.«Oydin kecha asirligi» (Guliston, 2000 yil, 2-3-sonlar) haqida bunday Deya olmaymiz. Chunki bunda olimlik bilan ijodkorlik uyg’unlikka ega. Asar katta falsafa va teran ruhiyat asosiga qurilgan.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish