Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet5/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Tayanch iboralari: istiqlol she`riyati, “Sohibqiron” dramasi, Vatan timsoli.


Savol va topshiriqlar:
1. Istiqlol she`riyataning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering.
2. Zamonaviy she`riyatda ijod qilayotgan shoirlardan kimlarni bilasiz?
3. A.Oripov va M.Yusuf she`rlaridan yod oling.
Adabiyotlar ro`yxati:

  1. Sh.Rahmon. "Saylanma". NMK-97.

  2. Jahon adabiyoti. 1- son -1998 yil, 136 - bet.

  3. Haqiqat bayrog’i. T. Adabiyot va san`at nashriyoti. 1986y.

  4. Hozirgi adabiy jarayon. Ma`ro`zalar matni. T., 2000y. Dos. A.Rasulov

  5. D.Quronov. “Adabiyotshunoslikka kirish”, Andijon “Hayot”, 2002 y

  6. O.Sharafiddinov. “Ijodni anglash baxti”, T., “Sharq”, 2004 y

  7. B.Sarimsoqov. “Badiiylik asoslari va mezonlari”, T., 2004 y

  8. S.Sarimsoqov. “Adabiyot turlari haqida mulohazalar”, T., “O’zbek tili va adabiyoti”, 1993 y, №5.

  9. H.Karimov.Badiiy adabiyotda obraz va obrazlilik. T.,“O’zbekiston”,1984 y.

  10. A.Oripov. Tanlangan asarlar Adabiyot va san`at nashriyoti T., 2000 y.

  11. D.Begimqulov. Ezgulikka chorlovchi she`riyat. Muloqot jurnali, 1998, 3 s.

  12. M.Yusuf. Osmonimga olib ketaman. “Yozuvchi” nashriyoti,T., 1998 y.

  13. E.Vohidov «Muhabbatnoma» T., Adabiyot va san`at nashriyoti. 1986 yil.



4-Mavzu:Modern yo`nalishdagi she’riyat.Yakka misra, fard, bayt, uchlik haqida.2 soat.
Reja:

  1. Modernizm haqida tushuncha.

  2. Modernizmni adabiyotga kirib kelishi va shakllanishi.

  3. Ekzistentsializm oqimining xususiyati.

  4. Modernizmga nisbatan qarash.

  5. Rauf Parfii she’rlarining o’ziga xosligi.

  6. Modern she’rning xususiyatlari.

Har qanday yangilikning asosi tafakkur, hayotni idrok etish iqtidori va davrdir. Bu narsa o’z-o’zidan yuzaga kelmaydi, balki bilim va saviya zaminida hosil bo’ladi. Kishining bilimi oshgan sari u hayotga o’zgacha ko’z bilan qaray boshlaydi, uni o’zgacha idrok etadi. Nimaki eskining inkori o’rniga kelsa u yangilikdir. Modernizm jarayoni ham shundaydir. XIX asrning o’rtalariga kelib, ayrim ilg’or fikrli Yevropa ijodkorlari voqelikni tasvirlash, unga «taqlid» qilishdan CHekina boshladilar. Ularning nazdida bu narsa ijodkorlar imkoniyatini ko’p jihatdan cheklab qo’yadi. Bu borada Norverg adibi va munaqqidi Eslen Xovardsxolm shunday yozadi: «Bugun biz shunday san’at bilan ro’parama-ro’para kelib turibmizki, bu san’at haqiqatga o’xshashlik talabini inkor etadi; bu san’at voqelikni boshqacha tarzda qabul qilishga intiladi. Boshqacha biron yaxshiroq so’z topolmaganlari uchun zamonaviy san’atni «modern san’at» deb atamoqdalar»1.
Normann Meyler «Pikassoning yoshligi» asarida modernizmning tug’ilishi haqida shunday deydi: «Ikki asr oralig’ida ilgari hatto tasavvur qilib bo’lmaydigan kashfiyotlar qilindi. Markoning simsiz aloqa bilan bog’lash singari kashfiyotlari odamlarni shoshirib qo’ydi. Mana shu singari g’aroyibotlarning estetik ahamiyati ham bor: modomiki axborotni bir manzildan boshqa bir manzilga simsiz ham uzatish mumkin ekan, insonning ruhiy holati ham elektr quvvatiga bog’liq bo’la oladi, u bilan o’zaro aloqaga kirisha oladi ham. Bu esa shoirlar va ijodkorlarni befarq qoldirmaydi. CHunki ular texnologik inqilobning faqat texnika bilan cheklanib qolmaydigan yalp ommaga vaqtinchalik noma’lum mazmun-mohiyatini botinan idrok qila bilgan edilar. Biron-bir masofani faqat ot yordamgina emas, boshqa vositalar yordamida ko’magida, boz ustiga aql bovar qilmas tezlikda bosib o’tish mumkin ekan, ijod maydoniga ham boshqacha andozalar bilan yondashmoq kerak degan tushuncha-aqidalar paydo bo’ldi. Ana o’sha yillari Freyd o’ziga xos tushlar ta’birini keng jamoatchilikka havola qilgandi. Bu esa ko’plab ijodkorlarni hayotga yangicha nigoh bilan qarashga unday boshladi. Insonning botiniy olamiga ilk yo’lak ochilgandi. Azaliy tushunchalar, an’analar chilparchin bo’lib ketgandi». SHunday qilib, jamiyatdagi texnikaviy taraqqiyot, badiiy ijod jarayonida ham o’zgarish yasashga zamin yaratdi. «XIX asrning haqiqatining shartli va cheklanganligini anglab yetgan XX asrning ijodkorlari dunyoi borliqni bevosita emas, balki bavosita, ya’ni aqlan emas, aksincha qalban idrok eta boshladilar. Natijada, voqelik – ob’ektning rang-barang botiniy olami jilva qilib, ko’zlarni qamashtira boshladi» (Aleksand Genis). Demak, modernizmning ob’ekti real voqelik emas, sub’ekt, ya’ni ijodkorning tasavvuridagi voqelikning talqinidir. Lekin uni lug’aviy ma’nosiga ko’ra (Modernizm frantsuzcha Moderne – eng zamonaviy) butunlay yangi narsa desak ham to’g’ri emas. XX asr boshlarida G’arbiy Yevropada adabiyot va san’atda yuzaga kela boshlagan impressionizm, futurizm, ekspressionizm, unanimizm kabi oqimlar uning xamirturishini tashkil qiladi. Manna syurrealizm oqimining xususiyatiga, uning maqsadi nimaga asoslanishiga e’tibor beraylik: «Uning maqsadi og’zaki, yozma yo istagan boshqa bir yo’l bilan fikrning real amal qilishini ifodalashdir. Syurrealizm muayyan assotiativ shakllarning oliy realligiga ishonishga asoslanadi. Syurrealizmga qadar bu shakllarga beparvo qarab kelishgan. Syurrealizm xayolotning qudratiga, fikrning beg’araz o’yiniga, ishonchiga tayanadi. U boshqa har qanday psixik mexanizmlarni uzil-kesil barbod qilib, hayotning asosiy muammolarini hal qilishda ularning o’rnini egallashga intiladi»1.
Agar modern yo’nalishidagi ijod namunalariga e’tibor qilsak, ularda syurrealizm xususiyatlarini anglash qiyin emas. Andre Bretonь syurrealistlarning ijodi xususiyatiga ko’ra klassifikatsiya tasnif qiladi. Bu tasnifda syurrealizm xususiyati yorqinroq ochiladi va idrok qilinadi. U Sviftni asarida istehzo kuchligiga ko’ra syurrealist desa, Sadni sadizm borasida syurrealist sanaydi. Konstanni siyosatda, Rabbni esa o’lim manzarasini berish va uning mohiyatining ochishiga ko’ra syurrealist sanasa, Edgar Poni bo’lsa, asarlarning qiziqtiruvchilik kuchiga ko’ra syurrealist hisoblaydi va hakozo. Demak, syurrealistlar aqlga suyanadi, uning qudrati bilan ish ko’radi. CHunki aql kuchigina odam va olam mohiyatini to’g’ri anglashga imkon beradi. Modernizmnnig yo’nalishi va maqsadi ham shunday.
Hayotda har qanday yangilik qarshilikka uchraydi. Bunday bo’lishning ikki sababi bor. Birinchi sababi, o’rgangan an’anadan voz kecholmaslik va uni tushunib yetmaslik va mohiyatini anglamaslik oqibatida inkor qilinadi. Ekzistentsializm oqimi ham qattiq qarshilikka uchragan. Ekzistentsiyachilikni umidsizlik kvietchiligiga (ezgulikka ham, yovuzlikka ham Xudoning irodasidan, taqdiri azaldan deb qarashni targ’ib etgan va faollikdan chekinishga, ijtimoiy aloqalarni nihoyatda kamaytirish vositasida axloqiy poklikni saqlab qolishga chaqirgan ta’limot. XVII asrdan shakllana boshlagan) berilishga chaqiradi. Insonning tubanligi – qabihligi, johilligi, shilqimligini ko’rsatish borasida inson tabiatdagi yorug’lik tomonlaridan yuz o’girishda ayblashgan. Demak, ekzistentsiyalar asosiy diqqatni inson hayotini yomon tomonga qaratadi deb e’tiroz bildirishgan. Vaholanki bu oqimning yo’nalishi bunday emas. Mana bu borada XX asrning yirik frantsuz adibi, faylasufi, ekzistentsiyachilik ta’limotining asoschilaridan biri Polь Sartr deydi: «Har qanday holatda ham, biz, ekzistentsiyachilik deganda, eng avvalo insonga hayot kechirish imkonini beradigan va bundan tashqari, har qanday haqiqat hamda har qanday faoliyat ma’lum muhit va insoniy sub’ektivlikni taqozo etishini ta’kidlaydigan ta’limotni tushunamiz»1. Yana ekzistentsiyachilar «inson o’z ehtiroslari uchun javobgar», «hayotda o’zini-o’zi yaratadigan muhabbatdan bo’lak muhabbat yo’q; muhabbatda o’zini namoyon qiladigan muhabbatdan boshqa «bo’lishi mumkin» bo’lgan hech qanday muhabbat yo’q», «inson o’z hayoti bilan yashaydi, u o’z qiyofasini yaratadi, u qiyofadan tashqarida esa hech narsa yo’q» degan ta’limotni ilgari surishlari uchun tanqid qilish emas, hayotbaxshligini ta’kidlash lozim. Ekzistentsializm ta’limotining hayotbaxshligi Yana shundaki, insonning qilgan ishiga qarab baholaydi, u o’z taqdirini o’zi belgilaydi, harakatgina insonning yashash uchun imkon beradi degan falsafiy haqiqatni o’z asarlari voqealari zaminiga singdirishadi. Demak, modernizmni shakllanishida katta rolь o’ynagan oqimlarning zamirida hayotbaxsh ta’limot mavjud ekan, oqimlarni uyg’unlashgan ko’rinishi bo’lgan modern ruhidagi asarlar zamirida ham odam va olam mohiyatini teran anglashda qo’l keladigan muhim fikr va niyat borligi shubhasiz. Hozirgi kunda modern ruhidagi asarlarga nisbatan ikki qarash mavjud. Ya’ni modernizm oqimini qo’llabgina emas, uni bugungi o’zbek adabiyotida yetakchi tamoyil bo’ishni istovchi (U.Normatov, B.Ro’zimuhammad, U.Hamdam va modern ruhida ijod qiluvchi adiblar) va «modernizm g’arb hodisasi sifatida o’zbek ma’naviy muhitida nash’unoma topa olmaydi... SHarqona islomiy ma’naviyat, o’zbek ma’naviyati bunga yo’l qo’ymaydi» - degan iddao bilan (Suvon Meli, B.Sarimsoqov va boshqalar. Bularning soni ko’p. ular rasman yozma ravishda biror matbuotda chiqishmagan bo’lsada, og’zaki bu oqimni inkor qilishadi), keskin qarshi turuvchilar. Bizningcha ikala qarashdagilar ham haq emaslar. Birinchi guruhda bugungi kun adabiyotida kishini o’ylashga, fikrlashga majbur qiladigan, plyurealizmga ega birdan-bir oqim bu modernizm deb an’anaviy she’riyatga bepisandlik bilan qarashlari ila xaq bo’lishmasa, ikkinchi guruhdagilar esa oqim bilan uning mahsuli bo’lgan she’riyatga qarashni aralashtirib yuborishgan. Lekin ikkinchi guruhning oqimiga qarshi chiqishlarida jon bor. CHunki ko’p modern she’rlardagi tashbehlar o’ta beo’xshov, nafosatdan holi, fikrlar chalkash, boshqotirma shakldaki, albatta bunday she’rlar kishi ruhiga singmaydi, tuyg’uga begona bo’lib qolaveradi. Ruhga begona narsada esa joziba bo’lmaydi. Lekin she’rning bu tarzda bo’lishiga oqim aybdor emas, balki shoirlarning oqimning o’ziga xosligini, maqsad mohiyatini anglab yetmaganligining oqibatidir. CHunki bu oqimda millat ruhidan, turmush tarzidan, tabiatidan chekinmay olam-olam ma’noga ega, go’zalligi bilan zavqlantiradigan she’r yozsa bo’ladi. Bunga yapon, Koreya shorilarining she’rlari yaqqol misoldir.
Modern she’rining xususiyati haqida Erling Kristi shunday yozadi: «Poeziya voqelikka taqlid qilish emas yoki u voqelikning tafsiri ham emas, poeziya o’z-o’zicha voqelikdir, voqelik bo’lganda ham amaldagi voqelikdan ortiqroq daraja voqelikdir. Unda jo’nlik pardasi bir chekkaga surib quyib, bizning ongimizning «voqelik» bilan muloqatga kirishmog’iga yordam beradigan «himoya mexanizmi»ning xatti-harakatini namoyish qilishga intilish tajassum topgandir. Yaxshi asar – kitobxon shuurida portlaydigan bir bo’lak siqiq voqelikdir». Bu so’zlar faqat poeziya uchun emas, jamiki modernizm uchun qonun kuchiga ega»1.
Bundan ko’rinyaptiki, bu oqimni butunlay rad etish joiz emas. Uning bugunda yetakchi oqim bo’lishi tashviqot va targ’ibotga emas, ijodning samarasiga bog’liq. Bugungi kunda modern she’rlar kishi qalbini zabt etolmasligiga, ruhiga singmasligiga yuqorida aytganimizdek oqim aybdor emas, ijod mahsuli, ya’ni she’r aybdor. «Ya’ni «o’z-o’ziga voqelik» bo’lgan milliy ruhga ega she’rning yuzaga kelmasligidandir.
Ma’lumki, badiiy ijodning birinchi quroli so’zdir. Ijodkor o’zi idrok etgan voqelik, olamni, kishiga aytmoqchi bo’lgan fikrini ilgari surmoqchi bo’lgan g’oyasini so’z orqali yetkazadi. so’z va iboralarni, tashbehlarni o’rinli qullash, ayniqsa, she’r uchun zarur va shartdir. Bu borada Aristotelь shunday yozadi: «Men ko’p qo’llaniladigan hamma so’zlardan boshqasini; noyob so’zlar, metafora, cho’zilgan va boshqa so’zlarni g’alati deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni shunday asosda tuzsa, yo topishmoq, yo varvarizm kelib chiqadi. ko’chma so’zlar, metaforalardan tashkil topsa, - topishmoq, noyob so’zlardan tashkil topsa, - varvarizm yuzaga keladi»2.
Bu fikrni haqiqat ekanligini modernizm ruhidagi she’riyatda ko’rishimiz mumkin. Modernizm mohiyatini tushunib, qalban idrok etib, ijod qilgan Rauf Parfii, bu borada qalam tebratayotgan Faxriyor, Bahrom Ro’zimuhammadlardir. Ma’lumki, moddiy borliqning aniq tasviri ta’sirchanlikni oshirish bilan birga, lirik qahramonning eng nozik tuyg’ulari va ichki kechinmalarini ham yorqin ifodalashga xizmat qiladi. Rauf Parfii she’rlarida shu hol ko’rinadi. «Yo’lovchi» turkumiga kirgan she’rlaridan birida shunday yozadi:
Ko’zimning g’orida parchinlagan Ko’k,
Bulutlar, to’lqinlar, hiddat sochilgan.
Sening chiroyingda gard yo’q, g’ubor yo’q,
Aldangan gullarning bag’ri ochilgan.
Sen-da sochilgansan, ochilib gulim,
Sen balki men uchun yasharsan endi.
Sen yolg’izsan, bu dunyoda, sevgilim,
CHeksiz chidamimning sinchlari sindi.
CHo’nqaygan cho’qqidan so’rayman seni,
Qarigan bahordan seni so’rayman.
Topgil, deyman Mening Buyuk Sevgimni,
Er tishlab so’rayman, so’ng bor ko’ray mann,
CHaqinlar jimlikka chaqar jismingni,
ko’kning sinig’iga seni o’rayman.
ko’rinyaptiki, sonetdagi so’zlar jozibasi kishini maftun qiladi. Lekin ular zamirida yashiringan fikrni, ya’ni niyatini kishi tezda ilg’ay olmaydi. Uni anglash uchun holatni ko’z oldiga keltirish lozim. Ma’lumki, ko’zning chuqurida (g’orida) ko’z soqqasi – gavhar joylashgan. Unda tiniq osmon, ya’ni butun borliq jilolanadi. Tiniq narsada gard, g’ubor bo’lmaydi. Dunyo, olam ham kishi ko’ziga shunday ko’rinadi. Lekin yashagan sari u (dunyo) haqiqiy qiyofasini ko’rsatadi, namoyon qiladi. SHoir sof deb o’ylagan narsa ro’y bo’lib chiqadi. Hayotning – zamonning turfa nayranglaridan cho’qqilar ham cho’nqaygan, bahor ham qarigan. Lekin shoir soflikka, komillikka intiladi. Komillikning birinchi asosi chin sevgiga muyassar bo’lishdir: «Yo’lovchi» she’rida shunday satrlarni o’qiymiz:
So’zning gulxanida ruhim isindi,
Ul yulduz, oylarning so’zin o’qirdim...
Alamzor qo’ynida ezilgan bir barg.
So’nggi Unut so’zin daryosi oqar.
Sirtdan yondashganda «So’zning ham gulxani bo’ladimi?» degan savol tug’ilishi mumkin. Lekin ong oqimini ishga solib, mushohada yuritilsa mohiyat oydinlashadi. Xalqda bejizga «Bug’doy noning bo’lmasa ham, bug’doy so’zing bo’lsin» deyilmaydi. CHunki hayotda so’zga teng keladigan ta’sirli va «To’yimli» narsa yo’q. Insonning isyoni, itoati, muteligi, shijoati ham so’z tufaylidir. Axir qaxatchilik, ocharchilik, urush davrlarida, qish-qirovda onalar har jihatdan yupun bolalarni so’z tafti bilan bag’rilarini isitgan, qorinlarini to’ydirgan. Demak, shoirning so’zning gulxanida ruhining isishi tabiiy hol. Ruhi isigan, ya’ni tetiklashgan, dalillashgan ruh atrofdagi narsalarning mohiyatini anglaydi. Ikkinchi misradagi yulduz, oylar planeta emas, ma’naviyat osmonidagi yulduzlar, oylardir. SHoir o’shalarning so’zin o’qiydi, idrok etadi. SHundan ruhi qiynaladi. «Ezilgan bir barg» to’g’ri ma’nodagi barg emas, u shoirning yuragidir. Totalitar tuzum imonsizlari doimo o’tmishingni, o’zligingni unut deb xitob qilgan. SHoirning ruhi g’azabga keladi, ichki tug’yonlari tomirlarida daryo bo’lib oqadi.
Modern she’r kutilmagan tashbehlari bilan ajrab turadi.
Umidlarning kulini sepdim,
Men boshimga, oqarar sochim.
Qolaverdim, qayonlar ketding,
Sen mendagi o’zingdan qochib? – deb yozadi Faxriyor. Umidlarning ushalishiga hijron izn bermaydi. Hijronda qalb otashga aylanadi. Otashda umid varaqlari kuyadi. Kuygan sari ega otash alangalaydi:
Ko’ngilda umidlar isyoni
Hajring darvozasin tepadi,
Armon umidlarning qoniga
Visoling xokini sepadi.
Yurak – umidlarning mozori,
Uni hech kim ziyorat etmas,
Dildan unutilmoq ozori
Muhabbatning misoli ketmas («Suygi ne degani ko’ngil oldida».)
Bu alangada kuygan umidlar mozor tusini oladi. Uni hech Kim ziyorat qilmaydi. CHunki u ko’rinmaydi, u botiniy qalb mozoridir. «Visoling xokini sepadi» deyish mantiqli. Hijron olovlantirsa, visol so’ndiradi. Tabiiyki, so’ngan narsadan kul qoladi.Modern she’rining Yana bir xususiyati, unda so’z an’anaviy she’rlardan o’zgacha quriladi, shoir pozitsiyasi aniq bo’lmaydi, ma’lum bir xulosaviy yakun yasalmaydi. Aksariyat holda tinish belgilar ham qo’yilmaydi. CHunki fikr ong oqimi monand tinimsiz miyada oqadi, kishiga tinchlik bermaydi. Bahrom Ro’zimuhammadning she’rlari shunday. «Jarayon» nomli she’rida shunda y yozadi:
Ruhimda yashaydi bir vahshiy odam
Kuzatib yotadi fe’l-atvorimni
Qancha sipo ko’rinsam shuncha darg’azab
Agar kishi ong oqimini fikrlashga yo’naltirilsa, «vahshiy odam» kimligini anglaydi, idrok etadi. U iblis – shayton. Ma’lumki, shayton ezgulikdan bezovta bo’lsa, yomon a’mollardan gul-gul yonadi:Betoqat bo’ladi gohida
Gul hidlasam yoki she’r yozsam
Bexosdan irillagan uchuk singari
Ichsam sakrab ketar quvonganidan
SHunday o’kirarki bu qichqiriq
Fosh etadi meni va uni.
Ha, barcha yomonliklarning ildizi ichkilik. Ichgan odamning harakati esa shaytoniydir. SHayton qutqusiga berilgan odamdan, do’stlarning ixlosi qaytadi (do’stlari fikridan qaytar ohista, Men borgan davraga yaqinlashmaslar). Inson insoniyligicha qolishi uchun ruhidagi shaytonga nisbatan isyon ko’tarish kerak. SHundagina bu «vahshiy kishi» junbushdan to’xtaydi, tinchiydi:
Ammo bu qichqiriq yangragan zahot
cho’g’dek og’ir bir harsang toshni
elkamdan tushirgandek bo’laman bir zum.
so’ng esa jiddiylik qalqar yuzimga
elkamga chiqadi o’sha hamda
pinakka ketadi shu vahshiy kishi.
Miyaning chatnatgudek fikrlashga majbur etish modern ruhidagi she’rning eng muhim xususiyatidir. Buning isbotini Yana Bahrom Ro’zimuhammad she’ridan topamiz:Daraxt kovagining mehmoni qo’rquv
Ilonning ishqi tushdi ninachiga
Tanovul qilaman g’ussa bo’tqasin.
Ma’lumki, daraxtning kavagi hamisha ilon, boyo’g’lilarning makoni sanaladi. SHundan kovakka yaqinlashish qo’rquvligidir. Ilon ninachini yaxshi ko’rib qolgani yo’q, uni yeyishga ishtiyoqmand. Daraxt bu yerda dunyo ma’nosida. Dunyoda esa kuchsizning ustidan hamisha kuchli hukmron. SHoir bu bilan murosa qilolmaydi, shundan g’ussaga botadi.
Modern she’rida keyingi parcha avvalgi parchaning ma’nosini to’ldirib bormaydi. Har parcha mustaqil, tugallangan ma’noga ega bo’ladi:
Axir rangin kamalak bor-ku
Nega zerikadi tovus katakda
Samo tashqarida qolib ketmas hech
Go’zallikka ega bo’lgan xilqat hech qachon bee’tibor qolib ketmaydi, albatta o’zini namoyon qiladi. CHunkim go’zallikning zamirida ezgulik mavjuddir. Ezgulik esa hamisha g’olibdir. Tovus bu yerda go’zallik timsoli:
yulduzlar bor undan narida
baxaybat ko’z yoshi bor zo’ldirdek
u onasi yomg’irning, qorning
Bilamizki, ko’z yoshi chuqur dard, iztirobdan yuzaga keladi. Aristotelning ta’limotiga ko’ra, dard, iztirob kishi qalbini poklaydi. SHe’rning dardi ijtimoiy dard bo’lgani uchun juda katta, u yorilsa yomg’ir, qor bo’lib yog’iladi. Demak, bu ko’z yoshi nafaqat insonni, balki olamni ham poklaydi. Keyingi parchalar zamirida yanada muhim ma’no yotadi:
SHu yaqin atrofda yashar Azroil
Og’zini chayarkan Oyning suviga
Tishini ishqalar kamalak bilan
Qachonki daraxt shoxlari aro
to’satdan taralsa binafsharang nur
dunyodan o’taman o’sha chog’da men
Odam jisman abadiy yashamaydi, u ma’nan, ya’ni ezgu a’mollari bilan ruhan abadiy yashashi mumkin. SHundan ajal farishtasi – Azroilni odamlarga yaqin yashashi tabiiy hol. Lekin pok odam oldiga u tezda kelmaydi. CHunki farishta bo’lgani uchun o’zi ham pok yuradi. U ko’kdan poklanib tushadi (Og’zini chayarkan Oyning suviga, Tishini ishqalar kamalak bilan). SHoir o’limdan qo’rqmaydi, sababi ko’ngli tinch. Chunki yaxshi a’mollari bilan ezgu, yasharish ko’katlarini undirgan (binafsharang nur – bahorga ishora. Binafsha bahor elchisi). Bu bilan hayotning ikki saodatini ta’minlaydi. Oxiratda uning ruhi bezovta bo’lmaydi.Bundan ko’rinyaptiki, modern she’riyat har doim ham tushkunlik kayfiyatini targ’ib qilmaydi. Hatto uni tasavvuf she’riyatiga yaqinligi bor. CHunki ko’rib o’tganimizdek, modern she’riyat ham hayotni va odamlarni yomon illatlardan forig’ bo’lishga undaydi. Bunday xususiyatni Abduvali Qutbiddin, Davron Rajab, Boltaboy Bekmatov, Ikrom Iskandar, Go’zal Begim, Olim Nabizoda she’rlaridan topish mumkin. Lekin beo’xshov o’xshatishlar, biror haftadan keyin shoirning o’zi nima demoqchi ekanligini o’zi ham anglatib berolmaydigan ijodni modern namunasi deb berilish hollari uchraydiki, bular modern yo’nalishidagi she’riyatdan kishini ixlosini qaytarishi tabiiy holdir. Bu borada o’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning quyidagicha fikriga to’la qo’shilamiz: «Husan Karvonlining qo’yidagi she’riga ko’z tashlaylik:
Men va sen, sen va u, u va men – garang,
Lohasmiz, bekasmiz, beshamol, bedil.
Hamma bir-birini yomon ko’radi,
Nafratlar pishadi, issiqda xil-xil»1.
Bu satrlarda tushkunlik ruhi hukmron. «Men», «Sen», «U» uch tomonda ham mehru oqibat yo’q, ma’naviyat yo’q, ularning o’rnini absurd bir nafrat egallagan, shuning uchun hamma bir-birini yomon ko’radi, hamma garang va lohas. Bu holdan chiqish yo’lini har kim o’zi bilgancha ko’rsatadi. Masalan, Nazar Eshonqulning «Yoshlik» jurnalida Chop etilgan badiasida shunday she’riy fikr bildirilgan:
Menga do’st kerakmas, dushmanga boshqa,
Muhabbat kerakmas «Nafratdan boshqa» («Yoshlik», 2003 yil, 3-son, 7-bet).
Demak, Karvonlining she’rida «xil-xil» pishgan nafratlarni badia muallifi kerak deb hisoblaydi. Hatto «Muhabbat kerakmas «Nafratdan boshqa»» degan so’zlar bilan nafratni muhabbatdan ham zarurroq sanaydi. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: «Odam o’ziga do’st ko’zi bilan qarashi fikrning turg’unligiga olib boradi. Dushman ko’zi bilan qarasa-chi? Muhabbat qo’yilgan narsalarga nafrat ko’zi bilan qarasa-chi?
Menimcha, bu savollarda absurd fikr olg’a surilyapti. CHunki normal odam o’ziga dushman ko’zi bilan qarayolmaydi»2. Modern she’riyatida tashbehlarni noo’rin ishlatilishi, estetik zavq berish o’rniga ko’ngilga noxush botadigan, hatto kishini cho’chitadigan misralarni misol keltirib, bunday holni kuyinib tanqid qilgan iste’dodli adabiyotshunos Ergash Ochilovning bu fikrlarini biz o’rinli deb bilamiz. Aytaylik, atoqli shoirimiz R.Parpi bir she’rida: «CHaynagim keladi ko’zlarimni og’zimga solib» degan edi. B.Ro’zimuhammad:
o’z qonimni ichkim keladi juda
maydalagim kelar suyaklarimni, - deydi. Sh.Hasan o’zini o’zi «eb qo’yadi»:o’z yog’imda o’zni qovurib,
so’ng o’zimni etdim tanovul.
M.Ahmedova «Yurak yuki» nomli she’rida barcha qovurg’a va umurtqalarini sindirib, ularni «oshiq-moshig’i bilan oppoq bo’yniga osib» olganligi va bundan sevinib, qiyqira boshlagani haqida yozadi.Bunday tashbehlardan badaningizda ilon o’rmalagandek bo’ladi.
Olimning azaldan adabiyotda kishiga go’zallik, ezgulik timsoli hisoblangan poetik obrazlar – quyosh, oy, yulduz, kamalak, bulut kabilar beo’xshov, xunuk, ijobiy sifatlardan ko’ra, salbiylikni anglatadigan sifatlar berilishini tanqid qilgan fikrlariga biz ham yuz foiz qo’shilamiz. E.Ochilov yozadi: «A.Qutbiddin «oy quyosh yo’lida sasidi» deb yozsa, A.Mahkam «Oy pes bo’lib ketdi falakdan», «Oyning tavonlari», «Oy xirillab oladi nafas» deyishi ham o’rinli emas.
B.Ro’zimuhammad quyoshning tilini sug’urib olsa («yulib olar quyoshning tilin»), V.Fayzullo uni itga qoptiradi («it qopgan Xurshid»), S.Ashur esa birato’la «so’yib qo’ya qolaylik» («so’yilgan Xurshid»), bu tashbehlarning birortasi poetik go’zallik da’vo qilolmaydi1.
Kishilarni modern she’riyatidan bezdirishga olib keladigan bu holatlardan qancha tez qutulsa, shuncha tez, biz yuqorida ta’kidlagan ijobiy xususiyatlar e’tibor topadi. Bir so’z bilan aytsak, bu oqim she’riyatini inkor qilishga emas, tushunishga intilish kerak. Chunki zamirida yovuzlik emas, ezgulik yotadi.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish