Maruza-6 Ovqat hazm qilish va ovqatlanishning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja


Buyraklar tuzilishi va ularni yosh xususiyatlari



Download 23,65 Kb.
bet5/7
Sana21.07.2022
Hajmi23,65 Kb.
#831686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

5.Buyraklar tuzilishi va ularni yosh xususiyatlari

Buyrak (nephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10—12 sm, kengligi 5—6 sm, og’irligi 120—200 g bo’ladi. U to'q qizil rangli bo’lib, oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq bo’lib, yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hilus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga (sinus renalis) o‘tib ketadi.


Buyrak bel sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joy­lashgan. Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o'ngiga nisbatan yuqoriroq turadi.
Buyrakni kesib korganimizda u ikki xil moddadan: tashqi 0,4—0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq va 2—2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning po‘stloq moddasi (cortex renalis) qizgish rangda ko‘rinadi. Buyrakning mag'iz qismi (medulla renalis) 10-15 ta buyrak piramidalaridan (pyramides renalis) iborat.
Buyrakning tarkibiy-vazifaviy birligi nefrondir (nephron). Har bir buyrakda 1 mln ga yaqin nefron bor.
Bitta nefron naychasining uzunligi 20—50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefronlarning umumiy uzunligi 100 km ga yaqindir. Nefronning 80% ga yaqini po‘stloq qavatda joylashgan. 20% i nefronning koptokchasi — mag‘iz moddaga yondoshgan bo’lib, ularning to’g’ri naychalari va qovuzlog‘i magiz moddada joylashadi. Bularni yukstamedullar nefronlar deb ataladi.
Buyrak tashqi tomondan uch qavat parda: fibroz, yog’ moddadan iborat va biriktiruvchi to‘qimali parda bilan o’ralgan. Fibroz parda (capsula fibrosa) buyrak toqimasidan oson ajraladi. Fibroz parda ustidan yaxshi rivojlangan yog‘ moddadan iborat parda (capsula adiposa) qoplagan bo‘lib, buyrak darvozasi orqali uning bo‘shlig‘iga kiradi. Bu parda buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan bo’lib, o‘ziga xos yog’ yostiqcha-buyrak orqa yog‘ tanasini (corpus adiposum pararenale) hosil qiladi. Yog‘dan iborat pardani ustidan qoplagan buyrak fassiyasi (fascia renalis) qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisoblanadi. U buyrakning tashqi chekkasida ikki varaqqa ajralib buyrakni oldingi va orqa tamonidan o‘rab oladi
Siydik yo‘li
Siydik yo’li (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o‘tkazib beruvchi naysimon a’zo bo’lib, uzunligi 30—35 sm, kengligi o‘rtacha 8 mm. Uning bo'shlig’ni kengligi 3—4 mm. Siydik yo‘li qorinpardaning orqasida turadi. Unda uch: qorin, chanoq va qovuq devori ichidagi qismi tafovut qilinadi.
Siydik yo‘linig qorin qismi (pars abdominalis) katta bel mushagining oldingi yuzasida yotadi.
Siydik yo‘lining chanoq qismi (pars pelvina) o'ng tomonda o‘ng ichki yonbosh arteriyasi va venasining oldidan o'tsa, chap tomondan umumiy yonbosh arteriya va venasining oldidan o‘tadi.
Siydik yo‘lining qovuq devori ichidagi qismi (pars Intramuralis) qovuq devorini qiya teshib o‘tadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq siydik yo‘li uzunligi 5—7 sm bo‘lib, buralma yo‘nalishga ega. 8 yoshlarda siydik yo‘lining tuzilishi kattalamikiga o‘xshash bo‘ladi.

Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish