Maruza-6
Ovqat hazm qilish va ovqatlanishning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi
Reja
1.O’g’iz bo’shlig’i, meda va ichakda ovqat hazm bo’lishining xusiyatlari
2.Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari
3.Bola o’sishi va rivojlanishida suv, mineral tuz va vitaminlarning ahamiyati
4.Ayiruv jarayonlarining ahamiyati
5.Buyraklar tuzilishi va ularni yosh xususiyatlari
6.Siydik hosil bo’lish mehanizmi
1.O’g’iz bo’shlig’i, meda va ichakda ovqat hazm bo’lishining xusiyatlari
Odam hayot faoliyatini saqlash, mehnat qilish, o’sish va rivojlanish uchun ovqat istemol qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida ovqat moddalari mexanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi va qonga so’riladi. Odamning ovqat hazm qilish kanali 8-10 m uzunlikda boiib, devori ichki shilliq, o’rta muskul va tashqi seroz qavatlardan iborat. Muskul qavati ichki aylana va tashqi uzunasiga ketgan muskul tolalaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og’iz bo’shlig’i, undagi organlar, halqum, qizilo’ngach, me’da, ichaklar, jigar, me’da osti bezlari kiradi. Ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo’ladi. Oqsil, yog’, uglevodlar yuqori molekulali birikmalar bo’lib, plastik va energetik ahamiyatga ega. Oqsillar turli xil aminokislotalardan tashkil topgan bo’lib, nobud bo’lgan hujayralar о’rnini tiklash, yangi hujayralar hosil bo’lishi, odam hujayralarida maxsus oqsillar sintezlanishi uchun zarur. Vitaminlar ham plastic ahamiyatga ega. Organizmda yangi hujayralar hosil bo’lishi uchun yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar va suv ham kerak. Bundan tashqari, oqsillar, yog’lar, uglevodlar energetik ahamiyatga ega bo’lib, ular hujayralarda parchalanganda ma’lum miqdorda energiya hosil bo’ladi.
Ovqatning og’iz bo’shlig’ida hazm bo’lishi
Og’iz bo’shlig’i og‘iz dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan iborat bo’lib, bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik ravishda maydalanadi, so’lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so’lak yordamida qisman parchalanadi, ovqat luqmasi so'lak bilan aralashadi. Og’iz bo’shlig’i ko’p qavatli shilliq, yassi epiteliy bilan qoplangan.
Og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavat mexanik, kimyoviy moddalar, harorat 0,3-0,4% organik moddalar va tuzlardan iborat. Me’da shirasi kislotalilik xususiyatiga ega bo‘lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota bor pH-2,5 ga teng. Pepsin, lipaza oshqozon shirasining asosiy fermentlaridan hisoblanib, pepsin oqsillarni albumin, peptonlarga, amilaza esa emulsiyalangan yog‘larni parchalaydi.
Turli ovqat moddalariga turli miqdorda me’da shirasi ajraladi. Me’da shirasining ajralishi nerv va nerv-gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Nerv yo‘li bilan boshqarilish shartsiz va shartli reflekslar asosida amalga oshadi. Ovqat og‘izga tushganidan so‘ng, og‘izdagi retseptorlar ta’sirlanib, ta ’sir markazga intiluvchi nervlar orqali uzunchoq miyaga, u yerdan me’da bezlariga borib, me’dadan shartsiz refleks asosida shira ajrala boshlaydi.
Me’da shirasi nerv-gumoral yo‘l bilan ajralganda, ovqat tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi va qon orqali me’da bezlariga tushib, bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ovqatlangandan 20-30 daqiqadan so‘ng me’da to‘lqinsimon qisqara boshlaydi, ovqat me’da shirasi bilan aralashadi. Katta odamda ovqat 3-4 soatdan so‘ng me’dadan o ‘nikki barmoq ichakka o‘tadi. Sut va sutli ovqatlar me’dadan ingichka ichakka tez o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |