Qovuq (siydik pufagi)
Qovuq (vesica urinaria) toq a'zo bo‘lib, siydik to‘plovchi rezervuar vazifasini bajaradi. Uning sig‘imi o'rtacha 500—700 ml. Qovuqning qorin oldingi devoriga qaragan yuqori qismi — uchi (apex vesicae) kengayib, tanasiga (corpus vesicae) o‘tadi. Tanasi orqaga va pastga qovuq tubiga (fundus vesicae) davom etadi. Qovuqning pastki qismi quyg‘ichsimon torayib siydik chiqaruv nayiga o‘tadi. Uning bu qismi qovuq bo‘yni (cervix vesicae) deyiladi. Qovuq kichik chanoq bo’shlig‘ida qov simfizi orqasida joylashgan bo‘lib, oldingi devori undan yog‘ kletchatkasi vositasida ajrab turadi. Qovuqning orqa devori erkaklarda to’g’ri ichakka, urug‘ pufakchalariga, tubi esa prostata beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori bachadon bo‘yniga va qinga, tubi esa siydik-tanosil diafragmasiga tegib turadi. Qovuq devorining qalinligi 12—15 mm, to‘lgan vaqtda tortilib yupqalashadi (2—3 mm). Qovuq devori to‘rt qavatdan iborat:
Yangi tug'ilgan chaqaloq qovug‘i hajmi 50—80 sm3,balog'at yoshida 500—700 sm3 boladi. Uning shakli 1,5—2 yoshda noksimon, 5 yoshda olxo‘ri shaklida bo’lsa, 10 yoshda tuxum, o‘smirlarda esa kattalarnikiga o'xshash sharsimon shaklni oladi. Qovuq shaklining bunday o‘zgarishi uning mushak qavati turli yosh davrlarida har xil o’sishiga bog’liq.
6.Siydik hosil bo’lish mehanizmi
Buyrakda siydik hosil bo‘lishi ikki davr (faza)ga bo’linadi. Birinchi davr - filtratsiya davri deyilib, u birlamchi siydik hosil bo‘lishidan iborat. Bunda Malpigi tugunchalarining arteriya kapillyarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, Shumlyanskiy kapsulasi bo’lishlig’iga o'tadi. Bu jarayoning o‘tishi kapillyarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past boMishiga bog‘liq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin bo‘lib, unda faqat oqsil bo'lmaydi. Chunki u kapillyar qon tomirlarining devoridan filtrlanib o‘tmaydi.
Kapsuladagi birlamchi siydik kalvasimon kanalchalarga o’tadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalarning hammasi, suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5-99% i vena tomirlariga qayta so‘riladi. Bunga reabsorbtsiya jarayoni deyilib, bu siydik hosil bo'lishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida moddalar almshinuvi natijasida to‘qimalarda hosil bo ‘lgan qoldiq mochevina, kreatinin kabi chiqindi moddalar, ma’lum miqdorda tuzlar va suv bo’ladi. Katta odamda bir kecha-kunduzda o ‘rtacha 100 1. birlamchi siydik filtrlanib, uning 98,5-99 1. Kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so‘riladi, qolgan 1-1,5 1 ikkilamchi siydik sifatida tashqariga ajratiladi. Buyrak qon bilan mo‘l-ko‘l ta’minlangan organdir. Odamning atigi 300 g keladigan buyrakla ritomirlaridan 24 soatda 800-900 1. Qon ya’ni oyoqdan qancha qon o‘tsa, buyrak tomirlardan ham shuncha qon o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |