Kredit Munosabatlari
Kirish.
Asosiy qism:
1.Kreditning mohiyati, zarurligi va vazifalari.
2.Kredit mehanizmi va kredit resurslar bozori.
3.Foiz, uning stavkasi va uning darajasiga ta`sir etuvchi omillar.
4.Kreditning turlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Kredit va kredit munosabatlari haqida gapirish uchun avvalo kredit nima? kredit nima uchun kerak? kreditning dolzarbligi, kredit nima uchun ishlab chiqarish richagi hisoblanadi? Kabi savollarga qisqacha kurs ishimizning kirish qismida , Kreditning mohiyati, zarurligi va vazifalari, kredit mehanizmi va kredit resurslar bozori, foiz, uning stavkasi va uning darajasiga ta`sir etuvchi omillar, kreditning turlari haqida kurs ishining rejalarida mavzu bo’ycha tushunchalarimizni esa xulosa qismida yoritib o’tamiz.
Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi. Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bular kreditning dolzarbligini, qay darajada zarurligini, kengroq ma’noda aytadigon bo’lsak kreditning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyat va jaroyanlarda tutgan o’rnini, buni yuzaga kelayotgan jarayonlar natijalarini statistik kuzatishlar, olingan ma’lumotlar natijalari asosida mantiqan bilgan holda ijtimoiy va iqtisodiy hayotga, reallikga qay darajada moslashtirish kerakligini bilish qiyin emas.
Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit nima uchun kerk degan savolga javob olishimiz uchun esa avvalo kredit vazifalarini bilib olishimiz, bu orqali ushbu savolga to’laroq tushunchaga ega bo’lishimiz mumkin.
KREDIT iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. KREDIT yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.
KREDIT munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda KREDIT siyosati olib boriladi. KREDIT siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan Kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning KREDIT siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan Kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmoqda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. KREDIT tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari hisoblanadi.
Markaziy bank
Markaziy bank („banklarning banki“) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.
Tijorat banki
Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi - bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |