3.Elektromagnit tormozli qurilmalar.
Harakatlanuvchi zvenolarni to`xtatish (tormozlash) uchun to`xtatuvchi moment va kuchni yuzaga keltiruvchi manba sifatida elektrmagnit maydonni ishlatadigan elektrmagnitli tormoz qurilmalar ishlatiladi. elektrmagnit maydoni harakatlanayotgan elementga bevosita ta`sir etadi (elektromagnit, induktsion va gisterezis tormozlar) yoki kukunsimon quruq yoki suyuq to`ldiruvchi orqali bilvosita ta`sir etadi (kukunli elektromagnit va ferromagnit suyuqlikli tormozlar).
Induktsiyali va gisterezis tipidagi elektromagnit tormozlovchi qurilmalar ishlash printsipi va tuzilishi rotor yoki statori qo`zg’almas bo`lgan elektr dvigatellarga o`xshaydi. Tormozning harakatlanuvchi va qo`zg’almas qismlarinig o`zaro ta`siri boshqaruv g’altaki (qo`zg’alish) tomonidan yaratiladigan elektromagnit maydon orqali amalga oshiriladi.
Kukunli va suyuq to`ldirgichlarli elektromagnit tormozlovchi qurilmalar ishlash printsipi va tuzilishi bilan friktsion tormozlar va drosselli rostlanadigan gidravlik tormozlovchi qurilmalarga o`xshaydi.
Friktsion tipdagi kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi quruq yoki moyda muallaq ferromagnit kukunning magnit maydonida o`zining qovushqoqligi oshirishi hamda magnit tizim yuzasiga mustahkam yopishish xususiyatiga asoslangan.
Ishchi yuzalarning nisbatan siljishi natijasida magnitlangan kukun zarrachalarining o`zaro ishqalanishi sababli qarshilik paydo bo`ladi. Markazda joylashgan zarrachalar ko`proq siljishga uchraydi. Zarrachalarning yopishga yuzasiga nisbatan siljishi kuzatilmasligi sabab ishchi sathlar siyqalaymaydi. Magnit paydon bo`lmagan paytda, kukun va muallaq zarrachalarning qarshiligi pasayadi va tormoz elementlari bir-biriga bog’liq bo`lmaydi.
Kremniyorganik yoki mineral moylarda joylashtirilgan ferromagnit kukunlar magnit maydonida o`zining qovushqoqligini o`zgartiradi, va shu sababli u drossellenganda o`zgaruvchan gidravlik qarshilik xususiyati paydo bo`ladi.
Kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi va tuzilishini ko`rib chiqamiz (13.6-rasm). Uning korpusi 1, serdechniki 2 va qopqog’i 4 po`latdan yasalgan. Yupqadevorli kam inertsiyali po`lat rotori 9 podshipniklarga 6 qotirilgan chiqish valiga 9 ulangan. Serdechnikka qo`zg’alish cho`lg’ami 3 o`ralgan. Korpus va serdechnik oralig’idagi rotor joylashgan bo`shliq ferromagnit kukun bilan to`ldirilgan. Podshipniklar ichiga kukun kirib qolishini oldini olish uchun tiqin sifatida kremniyorganik suyuqligi bilan to`yintirilgan fetr xalqasi 7 va doimiy xalqa magniti 8 ishlatilgan. MMning harakatlanuvchi elementlari bilan tormoz shesternya 5 yordamida bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |