Texnika variativligi sportchining musobaqa sharoitlariga bog‘liq holda harakatlanish amallarini tezkor korreksiyalash (tuzatmalar kiritish) qobiliyati bilan aniqlanadi. Tajriba sportchilar tomonidan harakatlarning vaqtga bog‘liq, dinamik va fazoviy tavsiflarini musobaqaning har qanday sharoitida ham saqlab qolishga intilishi muvaffaqiyatga olib kelmasligini ko‘rsatadi. Masalan, siklik sport turlarida masofa oxirigacha harakatlanish tavsiflari barqarorligini saqlab qolishga intilish tezlikni sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi. Shu bilan birga, sport texnikasining o‘sib boruvchi charchog‘ini vujudga keltiradigan kompensatorli o‘zgarishlari sportchilarga tezlikni saqlab turish yoki hattoki finishda biroz oshirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |