Rezbalar kertish
Vallardagi ichki rezbalar mashina metchiklari bilan parmalash, revolver va rezba kertuvchi stanoklarda bajariladi. Ishlab chiqarish turiga bog’liq holda tashqi rezbalar keskichlar, grebyonkalar va plashkalarda bajariladi. Tashqi rezbalar shuningdek frezalash, vixroviy usulida va bosim ostida nakatkalash usulida olinadi. Yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda tashqi rezbalar rezbali keskichlarni yoki grebyonkalarni qo'llab tokarlik-vintqirqar stanoklarida tayyorlanadi, bunda 6-8 darajali aniqlik ta'minlanadi. 4 darajali rezbalar esa aniqligi yuqori bo'lgan pretsizion stanoklarda bajariladi.
Rezbalarni plashkalar yordamida rezba ochuvchi kallaglarda revolver, tokarlik va bo'ltqirqar stanoklarda, shuningdek tokarlik-revolver avtomatlarda bajariladi.
Mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishlarda 7-daraja aniqlikdan yuqori bo'lmagan rezbalarni plashkalar yordamida kertiladi. Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda rezbalar plashkalarga qaraganda mehnat unumini 2…4 marta oshiruvchi va rezbalar aniqligini 6 darajagacha oshiruvchi rezba kertuvchi kallaglarda bajariladi.
Kalta o'tkir burchakli rezbalarni ochishda grebyonkasimon gruppoviy frezali rezba-frezalovchi stanoklarda frezalash usuli keng tarqalgan, binobarin freza o'qi rezba ochiluvchi detal o'qiga parallel o'rnatiladi. Frezalashda, frezani aylanishidan va detalni sekin aylanishidan tashqari, frezani kallagini detalni bir marta aylanishiga mos keluvchi rezba qadamiga o'q bo'ylab ko'chishini ta'minlash zarur.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda rezbalar nakatkalash usulida ochilib 6-darajali aniqlik ta'minlanadi va rezba kertish kallagiga qaraganda unumliroq bo'ladi.
Agar valga termik ishlov berilmasa, unda rezbali bo'yinlarga yakuniy jilvirlash operatsiyalari bajarilgandan keyin kertiladi, bu esa o'z navbatida vallarni boshqa holatlarga o'tkazish jarayonida boshqa predmetlarga urilib, rezbali sirtlar jaroxatlanishidan saqlaydi. Toblanuvchi bo'yinlaridagi rezbalar termik ishlov berishga qadar kertiladi. Termik ishlanuvchi vallarning mayda rezbalari, rezba jilvirlovchi stanoglarda rezba-jilvirlovchi abraziv toshlar yordamida kertiladi.
Shuningdek ommaviy ishlab chiqarishda vallarda rezbalar kertish qattiq qotishmali keskich asboblar bilan avtomatik tsiklda ishlovchi RDB stanoklar va avtomatlarda bajariladi. Rezbaga ishlov berish aniqligi dopusk maydonini 6h ga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |