Vallar uchun bazalar tanlash
Vallarning tanavorlariga mexanik ishlov berishda texnologik baza sifatida markaziy teshiklari ishlatiladi, buning natijasida valning barcha qolgan sirtlariga ishlov berish imkoni yaratiladi.
Chiziqli o'lchamlarga bo'lgan qat'iy talablar old suzuvchi markaz qo'llashni taqozo etadi va bu esa tanavorni toretsi bilan bazalash imkoniyatini beradi. Natijada val old markazlovchi teshigi dopuskining chiziqli o'lchamlarga bo'lgan bazalash xatoligining ta'siri yo'qoladi. Ba'zi bir hollarda valning chap tomoni uch quloqli patronda mahkamlanib, o'ng tomoni aylanuvchi markaz bilan tirab, so'ngra valning o'ng tomoni sirtlariga imkon qadar ishlov beriladi. huddi shu ishlovni valni chap tomoni uchun ham takrorlash mumkin. Bu erda val chap tomonidan tashqi tsilindrik sirti va toretsi bo'yicha bazalansa, o'ng tomoni esa markaziy teshik faskasi sirti bo'yicha bazalanadi. Bikir bo'lmagan vallarni markazlarga o'rnatib bazalashda bikirligini oshiruvchi qo'shimcha tayanchlardan foydalaniladi. Bu tayanchlar qo'zg’almas va qo'zg’aluvchan bo'lib lyunet deb yuritiladi. qo'zg’almas lyunetlar vallarning o'rtasiga yoki o'ng chetiga o'rnatilishi mumkin. Ko'zg’aluvchan lyunetlar bevosita keskich asbobga qarama-qarshi tomoniga keskichtutqichga yoki supportga o'rnatiladi va valga ishlov berish jarayonida keskich bilan birgalikda qo'zg’oladi (masalan; yuruvchi vintlarga va yuruvchi vallarga ishlov berishlarda).
Vallarni markazlarga o'rnatib mexanik ishlov berish texnologik marshruti
Bu marshrut quyidagi operatsiyalarni o'z ichiga oladi:
-baza yuzalar yaratishni;
-qora tashqi yo'nishni;
-toza yo'nishni;
-bo'yinlarini qora jilvirlashni;
-shlitsalarini frezalashni;
-shpon ariqchalarni frezalashni;
-teshiklarni parmalashni;
-rezbalarni kertishni;
-termik ishlov berishni;
-markaziy teshiklarni tozalashni;
-shlitsalarni jilvirlashni;
-bo'yinlarini yakuniy jilvirlashni;
-bo'yinlarini mikrofinishlashni;
-o'lchamlarni nazorat qilishlarni.
Berilgan aniqlikni ta'minlash uchun texnologik marshrutda bazalar doimiyligi tamoiliga rioya qilish zarur, amalda hamma javobgar yuzalarga ishlov berishda: o'tqaziluvchi bo'yinlariga, elkalarini yon yuzalariga, shlitsa va shpon ariqchalarni yon yuzalariga; buning natijasida valning bo'yinlari va ichki sirtlarining bir o'qliligi ta'minlanadi. Ishlov berish aniqligi har bir o'tuvdan keyin oshib boradi, o'tuvlar soni esa har bir elementar yuzalar uchun dastlabki tanavor aniqligiga va detal texnik talablariga bog’liq bo'ladi.
Yuqorida eslatganimizdek bikir bo'lmagan vallarga ishlov berish sxemasida qo'shimcha tayanch baza qo'llaniladi. Bunday vaziyatlarda valning o'rtasiga ishlov berilib, lyunet o'rnatiladigan qo'shimcha bo'yin tayyorlanadi. Bironta bikir bo'lmagan vallarga ishlov berishda texnik talablariga binoan texnologik jarayonga to'g’rilash amali kiritiladi.
Operatsiyalarni bajarish jarayonida kesish kuchini kamaytirishga harakat qilinadi. Bunga, kesish chuqurligini, surish miqdorini kamaytirish va keskichning bosh planidagi burchagini o'zgartirish hisobiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |