Ma’ruza №13. Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayoni. Reja


Vallarni turli ishlab chiqarishlarda tayyorlash va qo'llaniluvchi texnologik jihozlar



Download 1,45 Mb.
bet6/12
Sana29.11.2022
Hajmi1,45 Mb.
#874271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13. Маъруза - МТА.

Vallarni turli ishlab chiqarishlarda tayyorlash va qo'llaniluvchi texnologik jihozlar

Pog’onali vallar turli seriyada va strukturaviy sxemada ishlab chiqarilishiga qaramasdan umumiy ishlov berish texnologik marshruti har qanday ishlab chiqarish turi uchun bir hilda bo'lib qolaveradi. Seriyalab ishlab chiqarishda maxsus stanoklar mavjud bo'lmaganida vallarning baza yuzalariga ishlov berish tokarlik stanogida ikki o'rnatuvda bajariladi. Birinchi o'rnatuvda valning yon yuzasiga (toretsiga) keskich bilan ishlov berilib shu toretsga ketingi babkaga o'rnatilgan markazlovchi parma yordamida markaziy teshik ochiladi, ikkinchi o'rnatuvda shu bajarilgan jarayonni valning ikkinchi toretsi uchun ham takrorlanadi.


Bunday operatsiya ikki o'rnatuvda bajarilganligi sababli bazalar birligi yoki doimiyligi tamoillariga rioya qilinmaydi. Natijada markaziy teshik o'qlari bir-biriga nisbatan siljib qoladi. Buning natijasida keyingi operatsiyalarni markazlarga o'rnatib bajarishlarda notekis qo'shimlar qirqib tashlanadi va bu, o'z navbatida, turli shakl xatoliklarini kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari dastgoh shpindeli markaziy teshigi konusining kata diametri D, dopuski ТD=0,2…0,5 mm oraligida tayyorlangan bo'ladi, bu esa o'z navbatida markaziy teshik chuqurligini o'zgarishiga olib keladi. ∆ℓ=TD/2tg3b, ya'ni ∆ℓ=0,17…0,43 mm. Shunday qilib tayanch yon yuzani baza sifatida ishlatilmasdan, faqat markaziy teshiklar baza qilib olinsa, ushlanuvchi uzunlik o'lchamlar yuqorida ko'rsatilgan ∆ℓ qo'shimcha xatoliklar bilan tayyorlanadi.
Yirik seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda baza yuzalarni tayyorlash uchun MR-71, MR-74 frezalash-markazlash yarim avtomatlar va A981, A982 avtomatlar qo'llaniladi. Val tanavorlari yuqoridagi stanoklar prizmalariga o'rnatilib o'rtasidan siquvchi element bilan mahkamlanadi. Birinchi (1) holatda toretsli frezalar yordamida valning ikki toretsi bir vaqtda frezalanadi, ikkinchi (2) xolatda ikkita toretsida markaziy teshiklari bir vaqtda parmalanadi (4.2 rasm).
Val markaziy tashiklarining bir o'qliligini ta'minlash uchun o'zaro markazlashuvchi prizmalik moslamalarni qo'llash markazlashning minimal xatoligini ta'minlaydi. Oxirgi vaqtlarda yirik seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda freza bilan ta'minlangan bir holatli stanoklar qo'llanilmoqda. Keskichning bunday konstruktsiyasi markaziy teshik (ℓ o'lcham) bir hildaligini, ya'ni uzunlik o'lchamlarini muntazamligini ta'minlaydi.
Seriyalab ishlab chiqarishda vallarga ishlov berish, yarim avtomatik tsiklda ishlovchi 16K20F3, 16K20T1,02, 1716PF30 va boshqa modelli RDB stanoklarida bajariladi. Bu stanoklar gorizontal o'q atrofida buriluvchi 6-8 holatli asboblar kallagi yoki magazin bilan ta'minlangan bo'lib, murakkab pog’anali hamda egri chiziqli profilga ega bo'lgan va hatto rezbalarga ishlov berishda keng qo'llaniladi.
Pog’anali vallarni mayda seriyasi RDB va o'zi sozlanuvchi adaptiv tizimli tokarlik stanoglarida muvaffaqiyatli ishlanmoqda. Ba'zi bir tipdagi tokarlik stanoklari revolver kallaglar bilan ta'minlanmoqda. Pog’anali valga shunday stanogda ishlov berish misoli 4.3-rasmda ko'rsatilgan. Bunda ko'rsatilgan sxema bo'yicha oltita keskichli 1...6 revolver kallagini ishlov berishdagi harakatini osonlik bilan kuzatish mumkin.
RDB stanoklari ІT10 va yuqori aniqlikni ta'minlaydi.
RDB stanoklaridagi ishlov berish vaqti qo'l bilan boshqariluvchi stanoklarga qaraganda 1,5…2 barobar qisqaradi (yordamchi vaqt qisqarishi va kesish rejimlarini intensifikatsiya qilish hisobiga).
Seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda pog’onali vallarni tayyorlash uchun ko'pincha ko'pkeskichli kallagli gidrokopirllovchi stanoklar qo'llaniladi. Ko'pkeskichli kallagli dastgohlarning unumdorligi odatdagi tokarlik ishlov berishga qaraganda texnologik o'tuvlarni birlashtirish va avtomatik sozlash hisobiga ortadi.
Operatsiyalarni loyihalashda, keskichlarni qanday qilib joylashtirsa qulay bo'lishi va unumdorligi ortishi to'g’risida fikr yuritiladi. 4.4-rasmda ko'rsatilgan valni yo'nish sxemasida har qaysi pog’ona alohida keskich bilan ishlanadi; supportni bo'ylama yurishini valning eng uzun pog’onasi bo'yicha aniqlanadi, ya'ni ishlov beruvchi birinchi keskich 1 bo'yicha, 2 va 3 keskichlar esa yordamchi yurishni o'taydilar. Stanokni valning eng kalta pog’onasi ℓ3 bo'yicha sozlansa (4.4-rasm, b) support yo'li ℓ3 pog’ona uzunligiga teng bo'ladi.
Bu holda boshqa uzunroq bo'lgan pog’onalarga ishlov berish uchun bir-nechtadan keskich o'rnatishga to'g’ri keladi, ya'ni keskichlar soni pog’onalar nisbatlari ℓ1/ℓ3 va ℓ2/ ℓ3-larga bog’liq. Ikkinchi usul birinchisiga nisbatan unimliroqdir, biroq uning kamchiligi har qaysi keskichning sozlashdagi har xil xatoliklarga ega bo'lishi sababli ishlov beriluvchi sirtlarda o'yilgan yoki chiqqan joylar xosil bo'lishi hisoblanadi. Bundan tashqari o'rnatilgan ko'pkeskichli kallakdagi keskichlar har birining eyilishi intensivligi bir xil emasligi tekis bo'lmagan sirtlar xosil bo'lishiga olib keladi. Keskichlar etalon detal bo'yicha yoki almashinuvchi bloklar qo'llab, stanokdan tashqarida sozlanadi.
Agarda pog’onali val chiviq shaklidagi prokatdan tayyorlansa kichik diametrli pog’onasini kata chuqurlikda kesishga to'g’ri keladi. Bunday hollarda qo'shimlarni bo'lishtirish usulidan foydalaniladi. Bunga 4.4-rasmda keltirilgan ishlov berish sxemasi misol bo'ladi, ya'ni 1, 2 va 3 keskichlar bilan Z1, Z2 va Z3 qo'shimlarni olib tashlash. Bu erda support hamma pog’analarning uzunligi ℓ masofani bosib o'tadi. Umuman, ko'pkeskichli ishlov berishlarda ІT10, ІT11 kvalitet aniqliklarni ta'minlash mumkin.
Pog’onali vallarga ishlov berish uchun birshpindelli gidronusxalash stanoklari keng qo'llaniladi. Pog’anali valga yarimavtomat gidronusxalash stanogida ishlov berish sxemasi 4.5-rasmda ko'rsatilgan. Bu sxema bo'yicha birinchi bo'ylama harakatlanuvchi supportga o'rnatilgan keskich 1, 2 nusxa bo'yicha ishlov beradi, ko'ndalang supportga o'rnatilgan keskich 3 esa ariqchalar ochadi, ba'zi bir hollarda pog’onalar yon yuzalarini (toretslarini) ham kesib tushirishi mumkin.
Gidronusxalash stanoglarida ishlov berish ko'p keskichli kallakli stanoglarda ishlov berishga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega, hususan; sozlash vaqti 30…35 min. oraligida bo'lib, ko'pkeskichli kallakli stanoglarni sozlashga qaraganda 2, 3 marotaba kamdir. Toza yo'nishda ІT9 kvalitet aniqlikni ta'minlaydi, ko'pkeskichli kallagli stanokda ishlov berishda esa ІT11 kvalitet aniqlikni ta'minlar edi; tizimni elastik deformatsiyasi ta'sirining kamligi kam rol o'ynaydi, chunki bo'ylama yo'nalishda ishlov berishda faqat birgina keskich qatnashadi; ishlov berilgan yuza sifatining yuqoriligiga sabab (bir keskichning yuzada o'yiq shakl xatoliklarga yo'l qo'ymasligi), ishlov berish yuqori kesish tezligida olib borilishidadir.
Tokarlik gidronusxalash yarimavtomatlarda vallarga qora va toza ishlovlar beriladi. Bu stanoklar seriyali ishlab chiqarishlarda ko'proq qo'llaniladi, chunki oddiy dastgohlarga qaraganda unimdorligi 2 va undan ko'proq marotaba yuqori bo'ladi.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda ko'pshpindelli ko'pkeskichli yarimavtomatlar keng qo'llaniladi. Uzunligi 150…200 mm.gacha bo'lgan mayda vallar uchun tokarlik avtomatlar qo'llaniladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda vallarga ishlov berish frezalash-markazlash va tanavorlarni avtomatik yuklovchi va transportlovchi portal konstruktsiyali robotlarga ega bir-nechta gidronusxalash stanoklardan tashkil topgan avtomatik liniyalarda olib boriladi, mehnat unumdorligi boshqa ishlov berish sxemalariga qaraganda bir-necha marotaba yuqori bo'ladi.
Shlitsali vallarga ishlov berish o'ziga xos xususiyatga ega, ularning ba'zi bir konstruktiv shakllari 4.6-rasmda ko'rsatilgan.
Vallarning shlitsali sirtlari chervyakli frezalar yordamida shlitsa-frezalash yoki tishkesar stanoklarda obkatkalash (bosim bilan aylantirish) usulida olinadi. Valning diametri 80 mm dan kattaroq bo'lsa shlitsalar ikki ishchi yurishda frezalanadi. Tashqi sirt bo'yicha markazlashuvchi toblanuvchi vallarda shlitsalarni ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: tashqi sirtni jilvirlash; shlitsalarni frezalash; termik ishlov berish; tashqi jilvirlvsh; shlitsalarni yon yuzalarini jilvirlashlar shlitsa-jilvirlovchi yarimavtomatlarda birgalikda ikkita jilvir toshni bir vaqtda ishga solib bajariladi. Xudi shuningdek toblanmaydigan vallar shlitsalariga ishlov berish ikki operatsiyadan iborat: tashqi tsilindrik sirtni jilvirlash va shlitsalarni frezalash.

4.1- jadval. Aniq shlitsali vallarni tayyorlash uchun texnik talablar


4.1- jadval


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish