Ma’ruza №13.
Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayoni.
Reja:
1. Dastgox, moslama, kesuvchi va o’lchash asboblarini tanlash.
2. Kesish xolatini belgilash.
3. Ko’p keskichli ishlov berishda kesish xolati elementlarini aniqlash.
Tayanch iboralar
Texnika, ishlab chiqarish jarayoni, texnologiya, texnologik jarayon, mashina, mashina tasnifi, buyum–mahsulot, asosiy, yordamchi va qo’shimcha buyumlar, qism, detal, tanavor, yig’ma birlik, agregat, resurs, puxtalik, umrboqiylik, amal, ishlab chiqarish, bog’lanish koeffitsienti, ommaviy, seriyali, yakka ishlab chiqarishlar, o’rnatish, texnologik o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, me’yorlash, donabay vaqt, asasiy vaqt, amaliy (operativ) vaqt, yordamchi vaqt, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, kalkulatsiya vaqti.
Aylanma jism shakliga ega bo`lgan detallarni uch sinfga bo`lish mumkin: vallar, vtulkalar va disklar.
«Vallar» sinfiga vallar, valiklar, o`qlar, barmoqlar, tsapfalar va shunga o`xshash detallar kiradi. Bunday detallar silindrik, bag`zida konussimon va bir necha toretsli sirtlarning tashqi aylanma sirtlaridan xosil bo`ladi.
«Vtulkalar» sinfiga vtulkalar, vkladishlar, gilzalar va shunga o`xshashlar kiradi. Bunday detallar tashqi va ichki silindrik sirtlari mavjudligi bilan harakterlanadi.
«Disk» sinfiga disklar, shkivlar, maxoviklar, halqalar, flanetslar va shunga o`xshashlar, yag`ni ularning diametri uzunligidan bir necha barobar katta va demak, torets sirti katta bo`ladi.
Ko`pincha vallar prokatdan tayyorlanadi. Bu sinfga kiradigan boshqa detallar pokovka, shtampovka va ayrim xollarda quyma usulida olinadi. Prokat materiallar kichik va katta (150-200 mm) diametrli vallar tayyorlashda qo`llaniladi.
Silliq vallarning tayyorlamalari uchun tayyor val diametriga yaqin diametrli chiviq olinadi, yag`ni mexanik ishlov berish uchun minimal ruxsat etilgan qo`yim koldirgan holda.
Pog`onali shakldagi vallar uchun, ayniksa ommaviy ishlab chiqarishda tayyorlamalar shtamplash yo`li bilan olingani maqsadga muvofiq bo`ladi, yag`ni qirindi kamroq xosil bo`ladi.
Val va aylanma jism bo`lgan boshqa detallar tayyorlamalarini yo`nishning quyidagi ko`rinishlari mavjud: xomaki yo`nish, toza yo`nish, toza aniq va yupqa yo`nish.
Xomaki yo`nishda (yoki shilishda) – o`lcham aniqligi 10–12 kvalitetda, yuza tozaligi esa 4 sinfga etkazilishi mumkin;
Toza yo`nishda – o`lcham aniqligi 9–11 kvalitetda, yuza tozaligi esa 7 sinfga etkazilishi mumkin;
Yupqa yo`nishda – o`lcham aniqligi 5–7 kvalitetda, yuza tozaligi esa 10 sinfga etkazilishi mumkin;
Yuqorida ko`rsatilgan detallarni turli dastgohlarda: tokarlik–vint qirqish, tokarlik-revolg`verli, ko`pkeskichli, tokarlik-karuselli, bir va ko`p shpindelli tokarlik yarim - avtomat va avtomatlarda ishlov beriladi.
Keltirilgan dastgohlarda quyidagi operasiyalarni bajarish mumkin:
tashqi silindrik, konussimon va shakldor yuzalarni yo`nish;
silindrik va konussimon ichki yuzalarni yo`nib kengaytirish;
yon yuzalarni yo`nish;
kanavkalarni va faskalarni qirqish;
tashqi va ichki rezbalarni qirqish;
parmalash;
zenkerlash;
razvertkalash;
zenkovkalash;
markazlash;
qirqib tushirish;
rifleniya nakatlash
Tokarlik guruxidagi dastgohlarda ishlov berishda detal markazga o`rnatiladi yoki patronga va planshaybaga maxkamlanadi. Kalta silindrik detallar, pokovkalar, shtampovkalar va quymalar 3 quloqli patronlarga maxkamlanadi va ayrim hollarda 4 quloqli patronlar qo`llanilishi mumkin. Yirik o`lchamli detallar, asosan, 4 quloqli patronlarga mahkamlanadi.
Bikirligi past bo`lgan vallarni (ya`ni diametrining uzunligiga nisbati 12 bo`lgan) tokarlik dastgohlarida ishlov berishda lyunetlardan foydalaniladi. Lyunetlar ikki xil qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas bo`lishi mumkin. Qo`zg`almas lyunet dastgoh staninasiga, qo`zg`aluvchan lyunet esa karetkasiga o`rnatiladi. Qo`zg`aluvchan lyunet bevosita keskich bilan izma-iz boradi va ishlov berilgan yuza lyunetning quloqlariga tayanib boradi. Agar ishlov berilayotgan yuzaning boshqa yuzaga nisbatan o`qdoshligini ta`minlash talab etilsa, lyunet keskichdan oldinda (ilgari ishlov berilgan yuzaga) joylashgan yuzaga o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |