Ma’ruza №13. Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayoni. Reja



Download 1,45 Mb.
bet3/12
Sana29.11.2022
Hajmi1,45 Mb.
#874271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13. Маъруза - МТА.

Umumiy holat

Vallar aylantiruvchi momentlarni uzatish va o'ziga turli detallar va mexanizmlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi. Vallar konstruktsiyasi jihatidan tekis, pog’onali, chambarakli (flanetsli), tishli g’ildirakli, tirsakli, quloqli va boshqa konstruktiv shakllarga ega (4.1-rasmga qarang).


Bulardan tirsakli va quloqli vallar murakkab shakldagi vallarga kiradi va mexanik ishlov berish tenologiyasi ham boshqa vallar texnologiyasidan murakkabligi bilan farq qiladi. Vallarni loyihalashda asosiy xususiyati bo'lib ularning bikirligi xizmat qiladi. Agar valning uzunligi L ni diametri D ga nisbati 12 (L/D≤12) dan kichik bo'lsa val bikr va katta (L/D≥12) bo'lsa bikir emas hisoblanadi. Valning o'zi aylanuvchi tanalar sinfiga kiradi. Val tipidagi detallar uchun asosiy texnologik masalalar quyidagilardan iborat: aylanuvchi tashqi sirtlarni talab etilgan darajadagi aniqlikda olish; g’ovak vallarda tashqi sirtlari kontsentrik bo'lgan chuqur markaziy teshik olish; shponka ariqchalar shlitsalarni val o'qiga parallel qilib olish; tashqi yuzalar yoki ichki aniq silindrik teshiklar bilan bir o'qli bo'lgan rezbalar olish.
Bu texnologik masalalarning echimi vallarning shakliga, o'lchamlariga va ularni chiqarish soniga bog’liq. Vallarni chiqarish dasturi esa o'z navbatida ishlab chiqarish turi bilan uzviy bog’lanishga ega, chunki biz agar vallarni chiqarish sonini va muddatini bilsak, operatsiyalar bog’lanish koeffitsienti orqali ishlab chiqarish turini aniqlaymiz.
Boshqa detallar yoki boshqa detallar teshiklariga o'tqaziluvchi bo'yinlarining diametral o'lchamlari IT7, IT6 , kamroq IT5, boshqa bo'yinlari IT10, IT11 kvalitet aniqliklarda bajariladi. Val pog’onalarining uzunliklari uchun dopusklar 0,1…0,4 mm oralig’ida pretsizion-aniq detallar uchun esa 0,01...0,05 mm oralig’ida tayinlanadi.
Shakl dopusklari–doiraviylikdan, silindrlikdan va to'g’ri chiziqlikdan og’ishi – odatdagidik bajariluvchi diametral o'lcham dopuski Тi -ning qismini tashkil etadi (aylanuvchi tanalar uchun bu ulish, masalan, Тi ni 0,3 qismigacha). Joylashish dopuski – shponkali ariqchalarni yoki shlitsali yuzalarni o'qqa nisbatan paralleligining og’ishi – 1 mm uzunlik uchun 0,1 mkmdan oshmaydi, podshipniklar tiraluvchi tayanch elkalari uchun perpendikulyarlikdan og’ishi vallar va ochilgan chambarakli yuzalar <0,1 mkm aniqlikda, sirtlarning o'zaro bir o'qliligi 0,01 …0,03 mm oraligida bajariladi.
Shlitsali yuzalar qadamlarining teng emasligi, ularni o'qqa nisbatan siljib qolishi 0,02 mm-dan kata bo'lmasligi kerak. O'tqaziluvchi bo'yinlarini baza yuzalarga nisbatan ruxsat etilgan tepishi 0,01…0,03 mmdan oshmasligi kerak, o'tqazilmaydigan bo'yinlari esa 0,05…0,10 mm.dan. O'tqaziluvchi bo'yinlarining sirt g’adir-budurligi Ra=0,08…0,63 mkm, o'tqazilmaydigani esa Ra=3,2…10 mkm.ga teng bo'ladi.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish