Vallarni jilvirlash
Vallarning o'tqaziluvchi bo'yinlari ikki marta jilvirlanadi: tanavorlarni dastgohmarkazlariga o'rnatilgan holda dastlabki va yakuniy kesib kirish yoki ko'ndalang usullarda jilvirlash. Dastlabki jilvirlash usuli ІT8, ІT9 kvalitet aniqlikni va Ra=0,4…6,3 mkm sirt tozaligini ta'minlaydi. Termik ishlovdan keyin yakuniy jilvirlvsh ІT6, ІT7 kvalitet aniqlikni va Ra=0,2…3,2 mkm sirt tozaligini ta'minlaydi.
Ko'p hollarda vallarni silliqlash bo'ylama jilvirlash usilida bajariladi. Bu jilvir toshlarning ishlash jarayonida eyilishlarining bir tekis bo'lishi, ularning o'z-o'zidan charxlanishi, issiqlik chiqishining minimalligi va sirtlarning yaxshi sifatliligi xususiyatlari bilan xarakterlidir. Birlashtirilga jilvirlash uchun hamma jilvirlanuvchi yuzalarni eni keng jilvirtosh bilan bir vaqtda ishlov beriladi (4.8-rasm). Bunday holatlarda vallarning elkalari va yon yuzalariga ham ishlov berish mumkin. Vallarga birlashtirilgan ishlov berish avtomatik tsiklda olib boriladi va yuqori unumdorlikni ta'minlaydi.
Jilvirlangan yuzalarning shakl aniqliklari sezilarli darajada baza yuzalarning sifati bilan aniqlanadi, shuning uchun yakuniy jilvirlashdan avval maxsus stanoklarda konussimon abraziv tosh bilan ularni to'g’rilashadi.
Alohida hollarda yuqori aniqlikdagi vallarga ishlov berishda yupqa jilvirlash usuli qo'llaniladi, qachonki Ra=0,025…0,1 mkm g’adir-budurlik to'g’risida so'z borar ekan olib tashlanuvchi qo'shim miqdori 0,05..0,1 mm. atrofida bo'ladi. Bu operatsiya yuqori aniqlikka ega bo'lgan stanoklarda, stanok birlamchi tayyorgarlik ko'rgan jilvirtosh va sovitish-moylash suyuqlik bilan bajariladi. Vallarning bo'yinlari markazsiz jilvirlash stanoklarida bo'ylama va kesib kirish usullarida jilvirlanadi. Ishlanuvchi val tanavori 1 jilvirlovchi jilvirtosh 4 va boshqaruvchi tosh 2 oralig’ida tayanch pichoq 3-ga o'rnatiladi (4.9-rasm, v).
Tanavorning aylanishi, tanavor va boshqaruvchi tosh oralig’ida ishqalanish kuchi hisobiga sodir bo'ladi, bo'ylama surish esa boshqaruvchi tosh o'qini ma'lum burchakka burish hisobiga erishiladi. Markazsiz jilvirlovchi stanoklar texnologik tizimining bikirligi doira jilvirlovchi dastgohlar bikirligiga nisbatan 1,5…2 marta yuqoridir. Bu usul 60 m/s kesish tezligida ishlov berish imkonini beradi. Ishlov berish aniqligi ІT5, ІT6 kvalitetga mos keladi. Markazsiz jilvirlash usuli bilan tekis-silliq vallar yoki chegaralangan o'lchamlarga ega bo'lgan pog’onali, uncha kata bo'lmagan vallarga ishlov beriladi.
Gidrouzatmalar uchun shtoklar tayyorlashda, ularga yakuniy ishlov berish amali sifatida jo'valanadi (obkatka qilinadi). Plastik deformatsiyalanishi natijasida ishlangan yuza sifati ortadi, sirtqi qatlami zichlashadi, eyilishga va zanglashga turqunligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |