Ma’ruza №12 qo'shma gap va uning turlari



Download 54,88 Kb.
bet1/24
Sana07.03.2022
Hajmi54,88 Kb.
#485790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
QO\'SHMA GAP





Ma’ruza № 12

QO'SHMA GAP VA UNING TURLARI

SODDA VA QO'SHMA GAPLAR


Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi ekanligidan xabaringiz bor. Gapning kesimlik belgisi kesimlik ma’nolarini [zamon, shaxs-son, tasdiq, inkor, modal (mayl)lik] ifodalovchi kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Kesimlik ma’nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlik gap sanaladi. Masalan, Borma+sa(y)+di+m. Ko’m-ko’k dala. Bu gaplarning birinchisida kesimlik ma’nolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor ma’nosi –ma shakli orqali, modal (mayl) ma’no –sa(y) shakli orqali, zamon ma’nosi –di shakli orqali, shaxs ma’nosi esa –m shakli orqali ifodalanmoqda. Ikkinchi gapda ham shu kesimlik ma’nolarining hammasi: tasdiq, aniqlik (modal ma’no), hozirgi zamon, III shaxs ma’nolari anglashiladi, lekin ular moddiy ko’rsatkichlarga ega emas. Nol ko’rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana shu ma’nolar mavjudligi uchun ham u sintaktik birlik gap sanaladi.



1. Jaloliddin Manguberdi mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G'arbda dong taratdi. (B.Ahmedov) 2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. (R.Inog'omov)


Bilib oling. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo'lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o'zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo'lgan butunlik qo'shma gap sanaladi.
Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo'shma gaplarga ajratishga asos bo'ladi.


Juda muhim. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog’lovchilar, yuklamalar, olmoshlar,ohang) yordamida bog’lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabat deganda esa qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi.

Har qanday sodda gap o’zaro bog’lanib, qo’shma gapni hosil qilavermaydi. Faqat o’zaro mazmuniy muvofiq bo’lgan gaplargina bir-biri bilan bog’lanib,qo’shma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yog’di va gullar ochildi; Bahor keldi, paxta terimi boshlandi deb bo’lmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi.


Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar alohida qo’llangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qo’llangan sodda gaplar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega bo’ladi, ammo qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini o’zida namoyon etsa ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qo’shma gapning oxirida namoyon bo’ladi. Shuning uchun qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida-alohida gaplar emas, balki bir umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi. Masalan: Suv keldi – nur keldi.
1-mashq. Matnni o'qing. Avval sodda gaplarni, so'ng qo'shma gaplarni ko'chiring. Ularning o'zaro farqini ayting.
Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so'zining o'zagi ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir so'zini qo'llab bo'lmaydi. Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin, Amir Temur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri ustunlik qilgan bo'lsa, Ulug'bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi. ("Vatan tuyg'usi" kitobidan)
2-mashq. Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi hikmatli so'zlarni sodda va qo'shma gaplarga ajratib ko'chiring.
Tilingni o'z ixtiyoringda asra, so'zingni ehtiyot bilan so'zla. Vaqtida aytiladigan so'zni asrama, aytmas so'z tevaragiga yo'lama. Tiling bilan dilingni bir tut. So'zni tilingda pishitmaguncha, tilga olma. Nimaiki ko'nglingda bo'lsa, tilga kelturma. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt. Dushman oz deb g'ofil bo'lmaslik kerak, chunki ko'p o'tinni ozgina o't kuydiradi.

3-mashq. Gaplarni ko'chiring. Sodda va qo'shma gaplar o'rtasidagi farqni izohlang.



Download 54,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish