Reja Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha Grammatik va leksik ma’no munosabati. Grammatik ma’noni tiplari



Download 1,08 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#685193
Bog'liq
grammatik mano


2022
Toshkent
Grammatik ma’no va leksik ma’no
Reja
1. Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha
2. Grammatik va leksik ma’no munosabati.
3. Grammatik ma’noni tiplari
4. GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida
Modern Presentation
Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:
a) grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;
b) bevosita (!) nutqni shakllantirishi;
v) umumlashma va abstraktligi.
Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha
Grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin..
Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi.
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Masalan, [bola] leksemasining lug‘aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, sub’ektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.
Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Masalan, hozirgina keltirilgan [WPm – kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllangan atov birligi] sintaktik qolipining grammatik ma’nosi ko‘zga tashlanib turgan til birliklari zamiriga yashiringan.
Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega
Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so‘zlar uchun umumiy. Lug‘aviy ma’no (semema) har bir leksemada o‘ziga xos va yakka, xususiy bo‘lsa, grammatik ma’no bir tipdagi juda ko‘p leksema uchun umumiy. Yoki [WPm – kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi] sintaktik qolipining o‘ng tomoni uning grammatik ma’nosi bo‘lib, u chap, ya’ni shakliy tomoni bilan birgalikda o‘zbek tilidagi barcha nutqiy gap uchun umumiy.
Grammatik ma’noning abstraktligi
a) lug‘aviy ma’no («odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxs yoki voyaga yetgan kishining farzandi, avlodi»);
Grammatik va leksik ma’no munosabati.
b) turdosh ot, ko‘plik son, bosh kelishik, ega vazifasida. Bu so‘z leksik va grammatik ma’noni o‘zida mujassamlashtirgan.
Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydilar gapini olaylik. Aytilganidek, mustaqil so‘z o‘zida bir vaqtda leksika va grammatikani birlashtiradi. (Bolalar) so‘zida ikki xil ma’no anglashilib turadi:
So‘z grammatik birlik sifatida morfologik ma’no tizimiga ega. Shunga ko‘ra, grammatik ma’noni quyidagi tipga bo‘lish mumkin:
a) ma’lum bir turkumga kiruvchi so‘zning ular qaysi morfologik shaklda bo‘lishidan qat’i nazar barchasi uchun birday tegishli bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, otlarda predmetlik, sifatlarda belgilik, fe’llarda jarayonlilik );
b) bir turkumdagi biror guruhning qanday grammatik shaklda bo‘lishidan qat’i nazar barcha so‘zlariga xos bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, ozaytirma daraja sifatning faqat rang bildiruvchi turlariga xos);
v) biror turkumdagi ma’lum bir so‘zning ma’lum bir shakldagi turigagina xos bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, o‘zlik olmoshiga kelishik qo‘shimchasi faqat egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi, olmoshning boshqa turlarida bunday hol kuzatilmaydi, yoki [-yap] qo‘shimchali aniq hozirgi zamon shakli III shaxsda [–di] shakli bilangina voqelana oladi).
GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida.
Grammatik shaklning fahmiy his qilinadigan alohida ma’nosi xususiy grammatik ma’no (qisq. XGM) deyiladi. Masalan, egalik qo‘shimchalari umuman «keyingi so‘zni oldingi so‘zga bog‘lash» mohiyatiga ega. Bu umumiy grammatik ma’no (qisq.UGM) bo‘lib, u nutqiy birlik bo‘lgan Halimning kitobi birikuvida «(kitob) so‘zini (Halim) so‘ziga bog‘lash», daftarning varag‘i birikuvida esa «(varaq) so‘zini (daftar) so‘ziga bog‘lash» tarzida xususiylashgan. Bu – XGM.
GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida.
Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» ma’nosi esa UGM va XGM orasida turganligi hamda ularni bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lganligi uchun OGM maqomida. OGMning mavqei nisbiy. Masalan, kelishik kategoriyasining UGMsi e’tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum kelishigi va uning quyi ma’nolari haqida ketsa, mazkur OGM UGM sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan XGMsi e’tibordan soqit qilinib, so‘z kelishik kategoriyasi va tushum kelishigi munosabati xususida ketsa, bunda OGM ushbu UGMga nisbatan XGM sifatida ham qaralishi ham mumkin.
Demak, borliq hodisalari umumiylik – maxsuslik – xususiylik (alohidalik) munosabatida bo‘lganligi kabi grammatik ma’no ham «umumiy grammatik ma’no – oraliq grammatik ma’no – xususiy grammatik ma’no» ko‘rinishiga ega.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish