MA’RUZA №1
Mavzu: Shaharsozlikning tabiiy - iklimiy xususiyatlari. Geomorfologik, geologik, gidrologik va gidrogeologik sharoitlar. O’zbekistonda aholi joylashuvi va shaharlarni rejalashtirish xususiyatlari.
Ma’ruza rejasi:
Geomorfologik, geologik, gidrologik va gidrogeologik sharoitlar.
O’zbekistonda aholi joylashuvi va shaharlarni rejalashtirish xususiyatlari.
Respublikamizning tabiiy – iqlimiy xususiyatlari.
TAYANCH SO’ZLAR:
Aholi joylashuvi - ma’lum bir hududda shaharlar joylarining joylashuvi.
Bosh reja — obyekt rejasining asosiy chizmasi bo’lib, loyihachining fikrlarini ifodalaydi va ishchi loyiha uchun asos hisoblaniladi.
Geologik tuzilishi - hududning neotektonik faolligi va seysmikasi, stratigralik va litologik komplekslarning borligi, ularning tuzilishi, yoyilish qonuniyatlari va quvvati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tahlil uchun tektonik, geomorfologik, geologik va boshqa geologiya fondidagi materiallardan foydalaniladi.
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish muammolari hamda aholi turmush tarzi bilan aloqador bo’lgan turar joylarni yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.
Shaharsozlik-bu ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyenik, texnik qurilish, transport va arxitektura-badiiy masalalarni birgalikda xal qiluvchi shahar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va qurish nazariyasi va amaliyotidir. Shaharsozlik- aholi yashash joylari va aholini joylashtirish tizimining urbanizasiyalashgan muhiti shakllanishida kompleks va ko’p tomonlama ishlab chiquvchi jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatining obyektiga rejaviy hududlar va aholi punktlari, turar joy tumanlari va sanoat, dam olish hududlari va shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari kiradi.
Shahar - bu bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan turli xil korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq ovqatlar iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar- bu qudratli muhandislik xo’jaligi. Bu yuzlab km suv o’tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta’minlash, qozonxonalar, oqova suvlarni tozalash inshootlari. Shahar- bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot o’chog’idir.
Bizning planetamizda birinchi shahar qaerda, qachon paydo bo’lganligi to’g’risida aniq ma’lumotlar yo’q. Lekin tarixiy arxeologik qazilmalarga tayanib birinchi yaqin sharqda Mesopotamiyada, Shumer davlatida eramizdan avval 4 mingchi yil oxirida, Egiptda va Nil daryosi vodiysi quyilish oxirida Hindstonda shaharlar paydo bo’lgan. O’rta Osiyoda Buyuk ipak yo’li bo’ylab, atrofida Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxora va Xorazm shaharlari eng qadimgi shaharlar sirasiga kiradi.
Shahar – bu bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan ko’p turli korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq-ovqatlar iste’mol qiladi. Minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar – bu qudratli muhandislik xo’jaligi. Bu son-sanoqsiz bino va inshootlar, yuzlab kilometr suv o’tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta’minlash, o’choqxonalar, oqava suvlarini tozalash inshootlari, yo’l tranport inshootlari kabi muhandislik inshootlaridan demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |